Stansiyalari


Uchastka stansiyasi va unga tutashgan uchastkalarning texnik foydalanish tasnifi


Download 194.97 Kb.
bet2/14
Sana14.03.2023
Hajmi194.97 Kb.
#1268167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
UER Muhiddin

1 Uchastka stansiyasi va unga tutashgan uchastkalarning texnik foydalanish tasnifi

    1. N” uchastka stansiyasi va unga tutashgan uchastkalarning texnik foydalanish tasnifi

“N” stansiyasi ko‘ndalang turdagi uzel uchastka stansiyasi xisoblanadi. Stansiyadagi strelka o‘tkazgichlari va signallarni boshqarish elektr markazlashtirilgan.


Uzeldagi uchastka stansiyamizga avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan uchta yo‘nalish kelib tutashgan.
“N-D”, “N-I” yo‘nalishlari ikki yo‘lli bo‘lib, “N-E” yo‘nalishi esa bir yo‘lli xisoblanadi. “T” uchastka stansiyasiga kelib tutashgan temir yo‘l liniyalarining sxematik ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan.


J E juft
---*----* <----
\
A B V G D \N I К L М О
==*===*===*===*===*===*===*===*===*===*===
toq
--->

1-Rasm “N” uchastka stansiyasiga kelib tutashgan temir yo‘l liniyalarining sxematik ko‘rinishi


Uchastka stansiyasining asosiy vazifasi tranzit poyezdlariga xizmat ko‘rsatish, lokomotiv hamda lokomotiv brigadalarini almashtirish, uchastka, o‘tib ketuvchi hamda terma poyezdlar tarkiblarini saralash va tuzish, harakat tarkiblariga texnik xizmat ko‘zrsatish bo‘yicha jarayonlarni bajarish hamda yo‘lovchi, tijorat va yuk amallarini bajarishdan iborat.
Yuqorida keltirilgan amallarni bajarishi uchun uchastka stansiyasida uchta qabul qilib jo‘natish parklari, saralash parki, saralash qurilmalari hamda lokomotiv va vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchunqurilmalar mavjud. Shu bilan birga yo‘lovchi va yuk amallarini bajarish uchun SMB va aloqa vositalari hamda xizmat – texnik xonalar va binolar mavjud.
“I” qabul qilib jo‘natish parkida 4 ta yo‘l bo‘lib bu yo‘llar asosan “I” yo‘nalishdan keluvchi juft raqamli tranzit yuk poyezdlarini qabul qilib jo‘natishga mo‘ljallangan.
“D, E” qabul qilib jo‘natish parki 7 yo‘ldan tashkil topgan bo‘lib, bu yo‘llarning 4 tasi asosan “D” hamda “E” toq yo‘nalishlardan keluvchi tranzit poyezdlarni qabul qilib jo‘natishga mo‘ljallangan bо‘lsa, 3 ta yо‘l esa, barcha yо‘nalishlardan saralashga keluvchi yuk poyezdlarini qabul qilish va stansiyada tuzilgan yuk poyezdlarini jо‘natishga mо‘ljallangan.
“I” hamda “D, E” parklari orasidagi yo‘llar oralig‘ida 8 yurish yo‘li mavjud bo‘lib bu yo‘l asosan poyezdlar tarkibidan uzilgan lokomotivlarni lokomotiv deposiga borishi va u erdan poyezdlarga ulanish uchun kelishiga mo‘ljallangan.
Saralash parkimiz 10 ta yo‘ldan iborat bo‘lib, ushbu yo‘llarda uchastka, terma hamda o‘tib ketuvchi poyezdlarni saralash va tuzish amallari bajariladi. Bundan tashqari ushbu yo‘llarda yuk hovlisi hamda korxona shoxobcha yo‘llariga beriladigan mahalliy vagonlarni yig‘ish jarayoni ham amalga oshiriladi.
Uchastka stansiyasida saralashga kelgan tarkiblarni tarqatish va tuzish amallari stansiyaning toq tomonida joylashtirilgan tortuv yo‘li orqali amalga oshiriladi. Ushbu tortuv yo‘li saralash parki tomon 0 minglik nishablikka ega. Mahalliy vagonlarni taxlash jarayoni stansiyaning juft bo‘g‘izi tomonida joylashtirilgan ikkinchi tortuv yo‘li orqali amalga oshiriladi. Stansiyadagi manyovr harakatlari stansiyaning TE-1 rusumli manyovr teplovozi orqali amalga oshiriladi. Manyovr dispetcherining stansiya navbatchisi, lokomotiv mashinisti va poyezd tuzuvchilari brigadalari bilan muloqotlarni o‘tkazishlari uchun stansiyada ikki tomonlama stansiya radioaloqasi mavjud.
Stansiyaning mahalliy vagonlari bilan yuk amallari stansiyaning yuk hovlisida hamda shoxobcha yo‘llarida amalga oshiriladi. Ushbu yuk ob’yektlari saralash parkiga yaqin masofada joylashtirilgan. Bu esa o‘z navbatida saralash parkidan yuk amallari bajariladigan vagonlarni yuk ob’yektlariga berish va ularni u erdan olish amallarini bajarishlarida qulay xisoblanadi va boshqa poyezd marshrutlariga noqulayliklar keltirmaydi.
Stansiyada lokomotiv deposi mavjud bo‘lib, bu erda poyezd hamda manyovr lokomotivlarining ta’mirlash va ekipirovkalash amallari bajariladi. Lokomotiv deposi saralash va qabul qilib jo‘natish parklariga nisbatan ketma-ket joylashtirilgan. Lokomotiv xo‘jaligi rejalashtirilayotganda lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish oqimi, lokomotivlarni bir vaqtning o‘zida asosiy depoga berish va u erdan poyezdlarga ulash uchun olib kelish amallari, boshqa marshrutlarni kesib o‘tmasdan harakatlanishi ko‘zda tutilgan.
Qabul qilib jo‘natish parklariga yaqin joyda vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash punkti joylashtirilgan.
Vagon xo‘jaligi lokomotiv xo‘jaligidan uzoq bo‘lmagan masofada joylashtirilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ustaxonalar, kompressor xonalari, elektr va suv ta’minoti xo‘jaliklarining ishini birlashtirishga imkon yaratadi.
Uzoq masofaga qatnovchi, mahalliy aloqadagi va shaxar atrof liniyalarida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlari va yo‘lovchilari uchun bosh yo‘llar yaqinida joylashtirilgan yo‘lovchilar binosi, yo‘lovchi platformasi mavjud.
Uchastka stansiyasi sutkada 14 poyezdni saralaydi va 15 poyezd tuzadi. Qayta ishlanmaydigan tranzit poyezdlari 23 tani tashkil qiladi. Barcha yo‘nalishlardan 23 tranzit poyezdlarini o‘tkazadi. Stansiyadagi mahalliy ish xajmi 15 ta vagonni yuklash va 19 ta vagonni tushirish amallariga to‘g‘ri keladi.

Download 194.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling