Stansiyalari
Download 194.97 Kb.
|
UER Muhiddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami mahalliy vagonlar Izbыtok (+) Nedostatok
- Yo‘l raqami Yo‘llarning ixtisoslashtirilganligi
- Yо‘l raqami Yо‘llarning ixtisoslashtirilganligi Vagonlar soni
- 3 Stansiya jarayonlari texnologiyasi
Izoh: (+) – ortiqcha bo‘sh vagonlar; (-) – etishmagan bo‘sh vagonlar; Bo‘sh vagonlar topshiriqda berilishi bo‘yicha “D” stansiyasiga yo‘naltirilgan 2.2 jadval Stansiyaning poyezd ishlari
Uchastka stansiyasining vagon oqimlari diagrammasini ishlab chiqish uchun 2.4 jadval tuzib olinadi. 2.4 jadval Vagonlar oqimi xisob jadvali
Izox: qayta ishlanmaydigan tranzit vagonlar; qayta ishlanadigan tranzit vagonlar; mahalliy vagonlar. 2.3 jadval Poyezdlar tuzish rejasi yо‘nalishlari bо‘yicha vagon oqimlarini hisoblash
2.2 “N” uchastka stansiyasi park va yo‘llarini ixtisoslashuvi Uchastka stansiyasining park va yo‘llarini to‘g‘ri ixtisoslashtirilganligi yo‘l qurilmalaridan samarali foydalanish, minimal darajagacha manyovr hamda poyezd harakatlaridagi xalaqit beruvchi harakatlarni qisqarishini va shu bilan birga manyovr rayonlari o‘rtasida manyovr lokomotivlarini bir tekis taqsimlanishiga imkon yaratadi. Uchastka stansiyalarida yo‘llarni yo‘lovchi poyezdlari, yuk poyezdlarini qabul qilish va jo‘natish (aloxida toq va juft raqamli poyezdlar uchun), poyezd tarkibidan uzilgan lokomotivlarni depoga borishi va u yerdan poyezd tarkibiga ulanishi (yurish yo‘llari) va shu bilan birga poyezdlarni tarqatish va tuzish amallari uchun (saralash, tortuv yo‘llari) uchun aloxida yo‘llar ajratiladi. “I” qabul qilib jo‘natish parkining 4-7 yo‘llari “N-I” yo‘nalishdan keluvchi juft raqamli tranzit poyezdlarini qabul qilib jo‘natish uchun xizmat qiladi. “D, E” qabul qilib jo‘natish parkining 9-13 yo‘llari “N-D” va “N-E” yo‘nalishlardan keluvchi toq raqamli tranzit poyezdlarini qabul qilib jo‘natish uchun xizmat qiladi. “D, E” qabul qilib jo‘natish parkining 14-16 yo‘llari barcha yo‘nalishlardan qayta ishlovga kelgan tranzit poyezdlarni qabul qilish va stansiyada tuzilgan barcha yo‘nalish poyezdlarini jo‘natish uchun xizmat qiladi. Stansiyaning 8-yo‘li esa poyezdlar tarkibidan uzilgan lokomotivlarni depoga borishi va u yerdan poyezdlar tarkiblariga ulanishi uchun kelishiga xizmat qiladi. Saralash parkining yo‘llari qayta ishlanadigan tranzit poyezdlarning vagonlarini poyezdlar tuzish rejasi bo‘yicha belgilangan tartibda yig‘ish jarayonlari uchun xizmat qiladi. Stansiya tomonidan xar bir yo‘nalish uchun tuziladigan poyezd tarkiblari uchun aloxida yo‘llar ajratiladi. Terma poyezdlar tarkiblari uchun xar bir yo‘nalish uchun aloxida yo‘llar ajratiladi. Vagon oqimlari nisbatan ko‘p bo‘lgan yo‘nalishlar uchun, ya’ni 200 ta vagondan ortiq bo‘lgan yo‘nalishlar uchun ikkita yo‘l ajratish tavsiya etiladi. Agar saralash parkida zaxira yo‘li mavjud bo‘lsa, u xolda bu yo‘llarni aniq bir yo‘nalish uchun belgilab qo‘yish tavsiya etilmaydi. Yuzaga kelgan stansiyadagi sharoitlardan kelib chiqib ushbu yo‘llarni park ishini rejalashtirish uchun foydalanish mumkin. Bunday yo‘llarni dispetcherlik yo‘llari deb ataladi. Stansiyaning mahalliy ishlarini amalga oshirish uchun aloxida yo‘zllar ajratiladi. Ushbu yo‘llar shunday rejalashtirilishi lozimki, unda yuk ob’yektlariga vagonlarni berish va olish jarayonlari bajarilayotganda stansiyadagi boshqa tarkiblarni tarqatish va tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan manyovr harakatlari to‘xtatilmasin. Bunday yo‘llarning miqdori yuk amallariga kelayotgan vagonlar, ortish tushirish punktlari va shu bilan birga saralash yo‘llari soniga bog‘liq bo‘ladi. Nosoz vagonlar uchun odatda 1-2 ta yo‘l ajratib qo‘yilishi lozim. Ya’ni yo‘llardan biri vagon deposiga beriladigan vagonlar uchun bo‘lsa, ikkinchisi esa vagonlarni joriy ta’mirini bevosita saralash parkining o‘zida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Qabul qilib jo‘natish hamda saralash parklari yo‘llarining ixtisoslashtirilganligi 2.5 – 2.8.jadvallarda keltirilgan. 2.5 jadval “D, E” qabul qilib jo‘natish parki yo‘llarining ixtisoslashtirilganligi
2.6 jadval “I” qabul qilib jo‘natish parki yo‘llarining ixtisoslashtirilganligi
2.7 jadval Saralash parki yо‘llarining ixtisoslashtirilganligi
3 Stansiya jarayonlari texnologiyasi Download 194.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling