Stansiyalari


Poyezd hamda vagonlarning kelishi to‘g‘risida ma’lumotlar


Download 194.97 Kb.
bet4/14
Sana14.03.2023
Hajmi194.97 Kb.
#1268167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
UER Muhiddin

1.3 Poyezd hamda vagonlarning kelishi to‘g‘risida ma’lumotlar
Uchastka stansiyasiga taxminiy hamda aniq ma’lumotlar kelib turadi. Oldindan taxminiy ma’lumotlar stansiyaga Yagona dispetcherlik markazidansmena uchun topshiriq bilan bir vaqtda beriladi. Ushbu ma’lumotlarda stansiyaga yaqin 12 soat davomida kelishi lozim bo‘lgan poyezdlarning soni keltirilgan bo‘ladi. Bunda qayta ishlovgakelayotgan poyezdlar aloxida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bundan tashqari mazkur stansiyada yuk amlallari bajarilishi lozim bo‘lgan vagonlar soni ham ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Har 4-6 soatli davrlarda yagona dispetcherlik markazidan o‘zgartirishlar kiritilgan ma’lumotlar kelib turadi. Ushbu o‘zgartirishlar kiritilgan ma’lumotlarda xar bir poyezd to‘g‘risidagi ma’lumotlar ya’ni, uning indeksi, raqami, taxminan kelishi kutilayotgan vaqti, tarkibdagi vagonlarning umumiy soni, og‘irligi hamda uning manzili berilgan bo‘ladi. Qayta ishlovga kelayotgan poyezdlar uchun esa poyezdlar tuzish rejasiga mos ravishda vagonlarning soni va manzillari va shu bilan birga mazkur stansiyada yuki tushirilish lozim bo‘lgan vagonlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan bo‘ladi.
Poyezdlarning stansiyaga kelishi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni stansiya ASOUPdan tarkiblar to‘liq yoki qisman qayta ishlovga kelayotgan poyezdlar orqali so‘rov bo‘yicha barcha poyezdlarga telegramm-natur varaq ko‘rinishida oladi. Telegramm-natur varag‘ida poyezdlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni DU-1 shakldagi natur varaqni tuzish bo‘yicha instruktiv ko‘rsatmalarga mos ravishda to‘ldirilgan bo‘ladi.
Mahalliy vagonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, axborot beruvchi operatorlar tomonidan maxsus kitobga yozib olinadi va stansiya navbatchisiga (manyovr dispetcheriga), yuk qabul qiluvchilarga beriladi va unda yetib kelgan vagonlarning soni va yukning turi ko‘rsatilgan bo‘ladi.o‘z vaqtida hamda sifatli ma’lumotlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish stansiya boshlig‘i zimmasiga yuklatilgan.


2 Stansiya ish hajmining hisobi
2.1 “N” uchastka stansiyasi ishi hajmining hisobi
Yuk ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari, yuk poyezdlari tuzish rejasining manzillari bo‘yicha stansiya vagon oqimlari, stansiyaning rejaviy poyezd ishlari vedomosti asosida xisoblanadigan stansiya poyezd oqimlari va yuk poyezdlari tuzish rejasi bo‘lib ular 2.1., 2.2., 2.3 jadvallarda keltirilgan.
2.1 jadval
Stansiya yuk ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari.


Download 194.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling