Stansiyalari
Stansiya tezkor boshqaruv ishlarining sxemasi
Download 194.97 Kb.
|
UER Muhiddin
1.2 Stansiya tezkor boshqaruv ishlarining sxemasi
Temir yo‘l stansiyalari to‘g‘risidagi qonunga mos ravishda, uchastka stansiyasining xo‘jalik hamda ishlab chiqarish faoliyatiga raxbarlik qilish, sutkalik hamda smenali rejalarni bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish, harakat hamda texnika xavfsizligini ta’minlashga stansiya boshlig‘i mas’ul xisoblanadi. Texnik vositalardan foydalanish stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi va belgilangan tartib bo‘yicha uning o‘rinbosarlari, stansiya muhandisi va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan nazorat qilib boriladi. Stansiya ishining taxlili, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va tadbiq etishmehnatning ilg‘or usullarini tadbiq etish kabi amallar stansiya boshlig‘i yoki uning o‘rinbosarlarining raxbarligi ostida stansiya muhandisi tomonidan amalga oshiriladi. Uchastka stansiyasida manyovr ishlariga bevosita raxbarlik qilish va tezkor rejalashtirish stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi. Agar stansiyada manyovr ishlarining xajmi katta miqdorda bo‘lsa, u xolda manyovr ishlariga raxbarlik manyovr dispetcheri tomonidan amalga oshiriladi. Bunday xolatda stansiya navbatchisi poyezdlarni stansiyaga qabul qilish, jo‘natish hamda to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqaradi. Ushbu uchastka stansiyasida stansiya chegarasida poyezdlarni xavfsiz qabul qilish, jo‘natish va shu bilan birga to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish, poyezd lokomotivlarini depoga yuborish va u erdan olib kelish va shu bilan birga manyovr harakatlarini boshqarishga mas’ul shaxs stansiya navbatchisi xisoblanadi. Ushbu amallarni bajarishga yo‘naltirilgan stansiya navbatchisining barcha ko‘rsatmalari poyezdlarni jo‘natishga tayyorlash, qabul qilish hamda o‘tkazib yuborish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etuvchi xodimlar uchun majburiy xisoblanadi va ular stansiya navbatchisining ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishlari lozim. Stansiyadagi manyovr ishlarini poyezdlar tuzuvchisining bevosita raxbarligi ostida manyovr brigadalari bajaradilar. Manyovr brigadasi tarkibiga quyidagilar kiradi: poyezd tuzuvchisi, uning yordamchisi, signalchilar, strelka postlari navbatchilari, vagonlar harakat tezligini rostlovchilar. Ba’zi stansiyalarda mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan xolda Mintaqaviy temir yo‘l uzeli boshlig‘ining farmoyishiga ko‘ra manyovr ishlarini birgina poyezd tuzuvchisining o‘zi bajarishi mumkin. Quyida uchastka stansiyasining tezkor boshqaruv tizimi namunaviy sxemasi keltirilgan. 1.2 rasm. Uchastka stansiyasi ishining tezkor boshqaruvi sxematik ko‘rinishi. Shartli belgilar: DSS – manyovr dispetcheri. DSP – stansiya navbatchisi DSPP – yo‘llar bo‘yicha navbatchi STS – stansiya texnologik markazi - - - - DSS raxbarligidagi aloqa ------- DSP raxbarligidagi aloqa Smena rejalarini bajarish bo‘yicha ishlardagi tartibni ta’minlash, ishlab chiqarishni ko‘tarishga barcha xodimlar qiziqishlarini orttirish maqsadida stansiyalarda yagona smenalar tashkil etiladi ularga raxbar yetib stansiya navbatchisi (manyovr dispetcheri) xisoblanadi. Smena tarkibiga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdagi poyezd va vagonlargaishlov berish jarayongida ishtirok etuvchi xizmat va bo‘limlar xodimlari kiradilar. Yagona smenalarning tarkibi mos ravishdagi ishlab chiqarish korxonalarining boshliqlari bilan kelishilgan. Stansiya navbatchisi o‘zining ish davrida quyidagilarni ta’minlamog‘i lozim: - YaDM, MTU va “O‘TY” AJ lar bilan birgalikda 4-6 soatli davr bo‘yicha poyezdlarni jo‘natish rejasini tuzib beradilar; - poyezdlarni qabul qilish, jo‘natish, to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish, tarkiblarga ishlov berish, saralash va tuzish bo‘yicha smena rejasini bajarilishi; - poyezd va vagonlarni ishlovdan o‘tkazish bo‘yicha texnologik me’yorlarni bajarilishini, jarayonlar orasidagi intervallarni va vagonlarni stansiyada umumiy turish vaqtlarini maksimal darajada kamaytirish; - tranzit poyezdlarni tezkor ishlovdan o‘tkazish; - mahalliy vagonlarni yuk ob’yektlariga berish va u yerdan olish bo‘yicha yuk ob’yektlarini o‘z vaqtida ishlovdan o‘tkazish, yuk amallarini bajarish; - manyovr rayonlari o‘rtasida ishlarni bir tekis taqsimlash; - tasdiqlangan grafik asosida vagon depolari va vagonlarni joriy ta’mirlash punktlari yo‘llariga ishlov berish va boshqalar. Tezkor ishlarga raxbarlikni birga olib borish uchun uchastka stansiyalarida markaziy boshqaruv punkti tashkil etilgan bo‘lib, unda manyovr dispetcheri, stansiya navbatchisi, stansiya texnolgik markazi va axborot byurosi ish o‘rinlari joylashtirilgan bo‘ladi. Bu kabi postlarni manyovr ishlari xajmi nisbatan katta bo‘lgan xududlarda joylashtirilishi tavsiya etiladi. Download 194.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling