«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarishning makroiqtisodiy jarayonlarga taʻsiri.
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 114
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 113 1-jadval O‘zbekiston Respublikasi aholisining yosh tarkibi bo‘yicha taqsimlanishi Ko‘rsat- kichlar Yillar 2018 2019 2020 2021 2022 Jami 32 656 660 33 255 538 33 905 242 34 558 891 35 271 296 0-4 3 464 843 3 551 727 3 646 961 3 756 106 3 932 322 5-9 3 178 295 3 202 432 3 257 918 3 341 346 3 432 468 10-14 2 700 965 2 845 758 2 965 397 3 078 367 3 153 693 15-19 2 593 034 2 557 146 2 558 977 2 569 705 2 616 235 20-24 3 097 952 2 985 366 2 890 718 2 758 841 2 644 952 25-29 3 182 833 3 203 107 3 212 525 3 218 218 3 156 976 30-34 2 892 770 2 987 338 3 037 479 3 081 371 3 130 619 35-39 2 310 372 2 395 355 2 492 190 2 617 689 2 747 566 40-44 1 997 532 2 034 563 2 097 705 2 151 240 2 205 007 45-49 1 776 544 1 820 234 1 871 234 1 910 995 1 949 075 50-54 1 581 980 1 593 966 1 595 991 1 622 297 1 671 457 55-59 1 451 398 1 486 620 1 515 650 1 528 091 1 527 503 60-64 978 738 1 067 433 1 148 734 1 226 095 1 298 018 65-69 617 471 670 718 726 291 762 473 820 718 70-74 274 774 310 630 359 506 468 735 503 149 75-79 274 046 249 254 216 230 246 064 247 365 80-84 148 550 156 913 172 456 148 712 161 159 85+ 134 563 136 978 139 280 72 546 73 014 Qarishning makroiqtisodiy jarayonlarga taʻsiri. Aholining qarishining mamlakatlar iqtisodiy oʻsishiga taʻsirining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib koʻrsatish mumkin. Mehnatga layoqatli aholi salmogʻining kamayishi va keksalar salmogʻining ortishi - demografik tuzilishning o‘zgarishi oqibatida ishchi kuchiga taklifning qisqarishi bo‘ladi; bu esa mehnat unumdorligining pasayishiga va mehnatga layoqatli aholiga demografik yuklmaning oshishiga olib keladi. Aholida keksa odamlarning ulushi oshgani sayin jami jamgʻarmalar kamayishi mumkin, bu esa investitsiyalar uchun mablagʻlarni va demak, iqtisodiy oʻsish “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 114 surʻatlarini kamaytiradi. Buning sababi, keksa odamlar mehnatga layoqatli yoshdagi odamlarga qaraganda jamgʻarishga kamroq moyildirlar. Bunda isteʻmol, isteʻmol xarajatlarining qisqarishi modelining o‘zgarishi bo‘lib o‘tadi, bu esa tovar va xizmatlar narxlari va inflyatsiya surʻatlariga taʻsir qiladi. XVF hisob- kitoblariga koʻra 39 , aholining qarishi yalpi talabning pasayishi deflyatsion bosim (tovarlar va xizmatlar narxlarining umumiy darajasining pasayishi) bilan birga keladi; shu bilan birga, pul-kredit siyosati samarasiz boʻladi. Pensiya tizimi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya xarajatlari ortib bormoqda, bu esa sugʻurta bazasini hisoblash bazasining qisqarishi bilan birga mamlakat byudjetiga sezilarli yuklamani keltirib chiqaradi, shu jumladan, bu vaqt bo‘yicha byudjet uzilishini shakllantirgan holda davlat qarzini YaIM ga nisbatining va byudjet beqarorligini oshishiga olib keladi. IHTT hisob-kitoblariga koʻra 40 , aholining qarishi siyosatida oʻzgarishlar boʻlmasa, davlat qarzini keyingi 30 yil ichida rivojlangan mamlakatlarda YaIMning oʻrtacha 180% ga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa YaIMning 130% ga oshirishi mumkin. Hozirgi vaqtda aholining qarishi nafaqat iqtisodiy oqibatlarga olib keladigan demografik jarayon, balki turli sohalarda, jumladan, isteʻmol, turmush tarzi va turmush sifati, turmush darajasi, taʻlim, iqtisodiy rivojlanish kabi sohalarda ham yangi imkoniyatlar ochadigan murakkab ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlash joizdir. Hukumatning zakovatli siyosati bilan oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish, yaʻni odamlarning iqtisodiy faolligini oshirish iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha vositasiga aylanishi mumkin. Pensiya yoshidan keyin mehnatni davom ettirishni ragʻbatlantirish uchun keksalarni o‘qitish va qayta tayyorlashni ragʻbatlantirish va ular uchun mehnat bozorida bandlik uchun sharoit yaratish muhim ahamiyatga egadir. Keksa yoshdagi ishchilarni yollagan va ushbu xodimlarni oʻqitgan va qayta tayyorlaydigan ish beruvchilarga davlat tomonidan soliq imtiyozlari va subsidiyalar berish, shuningdek ish beruvchilar tomonidan moslashuvchan ish jadvallarini, shu jumladan toʻliq boʻlmagan ish kunini yaratishni oʻz ichiga olishi mumkin. Bu chora-tadbirlarning barchasi pirovard natijada mehnat unumdorligini ragʻbatlantirish imkoniyatiga ega boʻlib, ularning oʻsishi iqtisodiy oʻsish surʻatlarining oshishini taʻminlaydi. 2019-yil yanvar oyida Yaponiyada boʻlib oʻtgan G20 simpoziumi doirasida aholining qarishiga javob sifatida pensiya yoshini avtomatik ravishda oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish bilan moslashtirish 39 https://www.imf.org/en/Publications/WP/Issues/2019/09/20/More-Gray-More-Volatile-Aging-and-Optimal- Monetary-Policy-48532 40 https://www.oecd-ilibrary.org/economics/fiscal-challenges-and-inclusive-growth-in-ageing |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling