«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- – pensiyalarni moliyalashtirish
- – sogʻliqni saqlash
- – mehnat bozori
– iqtisodiy oʻsish va farovonlik: aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki
mahsulotning oʻsishi mehnatga layoqatli fuqarolar ulushining qisqarishi bilan va buning natijasida umumiy ishlab chiqarish va investitsiyalar hajmining pasayishi hisobiga sekinlashadi; – pensiyalarni moliyalashtirish: keksalar ulushining oshishi pensiyaga byudjet xarajatlarini oshirishni yoki soliqlarni oshirishni talab qiladi; foiz stavkalari “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 116 pasayganligi sababli pensiya jamgʻarmasi tizimlari ham samarasiz boʻlib bormoqda, bu ham aholining qarishi bilan bogʻliq - keksalar biror iqtisodiy sohaga sarmoya kiritishga kamroq moyil boʻladilar; – sogʻliqni saqlash: uzoq umr, shuningdek, yuqori kasallanish va nogironlikni anglatadi; nafaqat hayot, balki sogʻlom hayot davomiyligini oshirish uchun tibbiyotga investitsiyalar kiritish kerak boʻladi; – ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash: moliyalashtirishning etishmasligi tufayli qashshoqlik faqatgina keksalarga ta’sir etmaydi; hozir yosh boʻlganlar ham kattaroq tengsizliklarga va keyinchalik qashshoqlik xavfiga duch kelishi mumkin, chunki ularning kutilayotgan pensiyagacha umr koʻrish davomiyligi uzoqroqdir; – mehnat bozori: oʻrtacha umr koʻrish davomiyligini oshirish va pensiya yoshini oshirish keksa odamlarning bandligini oshiradi, bu keksalar uchun malaka oshirish dasturlarini va ularning sogʻligʻiga mos keladigan ish oʻrinlarini yaratish yoki moslashtirishni talab qiladi. Aholining qarishi nafaqat xavf-xatarlarni, balki keksalar ehtiyojlarini qondiradigan va salomatlikni saqlaydigan, shuningdek, ishchi kuchi еtishmasligi muammosini hal qiladigan texnologiyalarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, deb yozadi IHHT. Siyosiy sharoitlar innovatsiyalar va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlaydigan mamlakatlar “kumush iqtisod”dan foyda olish uchun eng yaxshi holatda boʻladi. 2015-yilda dunyoda keksalarning eng yuqori ulushiga ega Yaponiyada 20-64 yoshdagi 100 kishiga 65 va undan katta yoshdagilardan deyarli 50 kishi toʻgʻri keldi; qirq yil ichida koʻpchilik Yevropa mamlakatlarida, shuningdek, Rossiya, Braziliyada bir xil va undan ham koʻproq boʻladi. Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti boʻyicha oʻrtacha har 100 mehnatga layoqatli aholiga 65 yoshdan oshgan deyarli 60 kishi toʻgʻri keladi. G20 davlatlarining aksariyatida 2060-yilga kelib mehnatga layoqatli yoshdagi har 100 kishiga 65 yoshdan oshganlar soni kamida ikki baravar, 80 yoshdan oshganlar soni esa 3 barobar ortadi. Aholining qarishi oʻnlab yillar davomida mehnat samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bu taʻsir uchta asosiy kanal orqali namoyon boʻladi: keksalarning koʻnikmalari, ayniqsa, raqamlashtirish davrida tezda eskirmoqda; keksa odamlar odatda kam samarali va tadbirkor; keksalar ulushining oʻsishi isteʻmol usullarini, masalan, shaxsiy parvarish kabi oddiyroq (va unumdorligi past) xizmatlarga oʻzgartirmoqda. Biroq, bularning barchasi, agar davom etayotgan oʻzgarishlarga toʻgʻri javob beridsa, muammo emas. Salomatlikni yaxshilash qarishning samaradorlikka taʻsirini bartaraf etishi mumkin, qariyalarning tajribasi va bilimlari koʻproq muntazam operatsiyalarda unumdorlikning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling