«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
118
yoʻqligiga juda bogʻliq, Masalan, sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning samarali siyosati 
IHTT mamlakatlarida umumiy (xususiy va davlat) sogʻliqni saqlash xarajatlarining 
taxminan YaIM 0,3 foiz punktga oʻsishini oʻz ichiga olishi mumkin, 2030-yilga borib 
ular YaIMning 10 foizigacha emas, 9,7 foizigacha oshadi (2015-yildagi 8,8 foizdan).
Nodavlat pensiya sugʻurtasi davlat pensiyalari qoplanishi past boʻlgan, 
moliyalashtiriladigan dasturlarda ishtirok etish ixtiyoriy emas, majburiy boʻlgan 
va pensiya jamgʻarmalari uchun soliq imtiyozlari sezilarli boʻlgan mamlakatlarda 
koʻproq rivojlangan. Biroq, xususiy pensiya taʻminoti yuqori boʻlgan mamlakatlarda 
ham, ishchilar, ayniqsa, moliyaviy savodxonligi past boʻlganlar, koʻpincha juda kam 
jamgʻarib, qariganda moliyaviy xavfsizligini xavf ostiga qoʻyadi, deb yozadi IHTT
41

Korporativ va shaxsiy rejalar IHTTga aʻzo mamlakatlarning koʻpchiligida birgalikda 
mavjud. Ular belgilangan badallar dasturlariga boʻlingan, bunda xodimlar belgilangan 
badal toʻlaydilar va shu tariqa barcha tavakkalchiliklarni oʻz zimmalariga oladilar, 
chunki ish beruvchilar kelajakda moliyalashtirishning mumkin boʻlgan taqchilligi uchun 
javobgar emaslar. Niderlandiyada ish beruvchi va xodim oʻrtasida tavakkalchilikni 
taqsimlashni nazarda tutuvchi gibrid pensiya sxemasi masalasi muhokama qilinmoqda. 
Ammo umuman olganda, korporativ va shaxsiy dasturlar belgilangan imtiyozlar 
dasturlarining yuqori xarajati tufayli belgilangan badallar tomon harakatlanmoqda: 
natijada kelajakda koʻproq odamlar moliyaviy tavakkalchilikni oʻz zimmalariga oladilar. 
Bu moliyaviy boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirish va jamgʻarma vositalarini 
ishlab chiqish ehtiyojini oshiradi. Shu bilan birga, jamgʻarib boriladigan pensiya 
dasturlari barqarorligining asosiy omili foiz stavkalari dinamikasi va investitsiyalar 
rentabelligi boʻlib, bu oʻz navbatida, boshqa narsalar qatori, qarish munosabati bilan 
jamgʻarmalar va investitsiyalar dinamikasiga bogʻliq. Demografik oʻzgarishlar real 
foiz stavkalarining uzoq muddatli pasayishiga taʻsir qiluvchi tarkibiy omillardan biri 
hisoblanadi. Oʻz daromadlarining koʻproq qismini isteʻmolga sarflashga moyil boʻlgan 
nafaqaxoʻrlar ulushi ortib borayotganligi sababli, mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar 
oʻzlarining isteʻmolini cheklaydilar va jamgʻarma stavkalarini oshiradilar, chunki 
ular pensiyada oldingi avlodlarga qaraganda koʻproq yil oʻtkazishlarini tushunadilar, 
ammo kamroq moliyaviy imkoniyatlarga ega. 
AQShda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 
va tugʻilish darajasining pasayishi 1980-yildan boshlab real koʻrsatkichning 1,25 
foiz punktiga pasayishiga olib keldi; Yaponiya boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot shunga 
oʻxshash xulosaga keldi . Bundan tashqari, past foiz stavkalari shaxsiy pensiya 
41
survey-2018.pdf>



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling