«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 121 hayoliy davlati aholisining soni bo‘yicha tez orada Indoneziyadan o‘tib ketishini ham taxmin qilish mumkin bo‘lar edi. Bu raqamlar migratsiyaning yanada globallashib, ko‘lami ortib borayotganligidan dalolat berib turibdi. Ko‘lamning keskin ortib borishi esa migratsiyaning zamonaviy tendensiyalari shakllanishi olib keldi. Ikkinchi tomondan esa tibbiyotning taraqqiyoti insonlarning turli kasalliklarga davo topishi, inson umrining uzayishiga olib kelmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2050-yilga kelib keksa avlodning 80 foizi past yoki o‘rta darajada iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda yashashadi. 2015-yildan 2050-yilga qadar dunyo bo‘yicha 60 yosh va undan katta yoshdagi aholining ulushi 12 foizdan 22 foizgacha еtadi 44 . Bu esa mazkur davlatlarning ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimlari uchun qo‘shimcha bosim bo‘lishi kutilmoqda. Azal-azaldan aholining umumiy sonida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ulushi 60 yoshdan katta aholiga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan bo‘lsada, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkichlar o‘rin almashdi. Umuman olganda keksalar sonining ortib borishiga quyidagi omillarni sabab sifatida ko‘rsatishimiz mumkin: – insonlarning hayotida farovonlikning oshishi; – oziq-ovqatlarning sifat o‘zgarishi va yaxshilanishi; – sanitariya-gigiyena sharoitlarining yaxshilanishi; – tibbiy yordam sifatining oshishi 45 ; – nisbatan global tinchlik qaror topishi va boshqalar. Aholi migratsiyasi va keksalik fenomenlarining dialektik ta’sirlashuvini turli rakursda kuzatish mumkin. Masalan, ba’zi davlatlardan keksa yoshdagi insonlarning migratsiyasi ularning hayotidagi o‘zgarishlari, nafaqaga chiqish, o‘zi uchun qulay yashash joyiga o‘tish ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Ba’zi mamlakatlar esa keksa avlodning migratsiyasini rag‘batlantirishga harakat qiladi. Bunday fenomenal jarayonni Isroil tajribasida ko‘rishimiz mumkin. Isroil butun dunyodagi yahudiylarni o‘z hududiga chorlashi barobarida keksa yoshdagi immigrant yahudiylar uchun ham shart-sharoitlar yaratishga harakat qiladi. Jumladan, Isroilga qaytgan keksa repatriantlar uchun “Absorbsiya savati” deb nomlangan imtiyozlar paketi taqdim etilib, uning tarkibida turli maqsadlar uchun subsidiyalar joylashtiriladi. Qolaversa, 1989-yil 1-sentabrdan keyin qaytgan keksa immigrantlarga kvartira ijarasi uchun yordam berish ham yo‘lga qo‘yilgan 46 . Bu orqali Isroil o‘zining ijtimoiy siyosatini namoyon qilib, har bir yahudiy, yoshidan qat’iy nazar Isroilga qaytsa, davlat himoyasida bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. 44 https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/ageing-and-health#:~:text=At%20this%20time%20 the%20share,2050%20to%20reach%20426%20million . 45 Балабанова Г. Г. Старение населения как следствие демографического перехода //Актуальные проблемы экономического развития. – 2020. – С. 53-58. 46 Руководство для пожилых граждан Израиля права, льготы и информация. 2015. – С. 54. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling