«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Biz kimga uzoq 
umr bersak, uning vujudini ham zaif qilib qo‘yamiz. Axir aql yurgazmaydilarmi.” 
Ya’ni bunda har kim keksayganida yordamga muhtoj bo‘ladi. (Shuningdek bir qancha 
oyatlarda. Keksalarni hurmat qilish haqida zikr qilinadi).


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
125
Darhaqiqat, odam bolasining umri o‘tib keksaygan sari uning jismi zaiflashib boradi, 
ammo hayot sinovlarida toblangan, boshidan yaxshi va og‘ir sinovlarni o‘tkazgan 
keksa yoshdagi kishilarning borligi barchamizga Allohning bergan ulug‘ ne’matidir. 
Bu haqida janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar. 
“Agar oralaringizda 
munkillagan qarilar, o‘tlab yurgan chorva hayvonlari va emizikli chaqaloqlar 
bo‘lmaganida edi, boshingizga balolar selday oqib kelgan bo‘lardi.” 
Xalqimizda qaysi bir xonadonda ota-ona yoki ulardan birlari hayot bo‘lsa, usha 
oila bag‘ri butin oila deyiladi. Darhaqiqat, keksalarimiz yoshlarning ta’lim tarbiyasi, 
odob-axloqini nazorat qilib, o‘z hayotiy tajribalardan kelib chiqib, pandu nasihat 
qiladilar. Unga rioya qilgan yoshlar hayotda adashmay, jamiyatda o‘z o‘rinlarini 
topishlari oson bo‘ladi.
Alloh taolo bizlarga keksalar tufayli shunchalar ko‘p marhamt ko‘rsatar ekan, 
o‘z navbatida, bizlar ham ularning hurmatlarini joyiga qo‘yishimiz, izzat-ikrom 
ko‘rsatishimiz lozim. Alloh taolo Qur’oni karimda keksalarga hurmat, xususan ota-
ona qariganda ularning xizmatida hozir bo‘lish haqida oyat nozil qilgan. (Isro surasi) 
Rasululloh (s.a.v). ham hadislarining birida: 
“Mo‘ysafid kishini hurmat qilish Alloh 
taoloni ulug‘lash demakdir” deganlar. 
Chunki keksalarga yaxshilik qilishni, ularga hurmat-izzat ko‘rsatishni Alloh 
buyurgan. Allohning amriga itoat etish esa uni ulug‘lashdir. Rasululloh s.a.v. (matn)

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling