«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 133 ekanman o‘sha bolalikdagi go‘zallik nashidasi, alloma ijodkorlardan olgan o‘gitlar, ulardan ko‘rgan mehr va muruvvatlar, aniqsa Xolbek Yodgorov, Ma’ruf Nazarov, Laziz Qayumov, Farida Usmonova kabi jurnalistlardan olgan ibratlarim, To‘g‘on Ernazarov, Anvar Shomaqsudov, Saydi Umarovlardan olgan saboqlarim menga hamqadam bo‘ldi. Hayot yo‘limning chirog‘i bo‘ldi. Shundanmikan odamlar orasida ko‘p bo‘ldim. Mehnat safarlarida yurib yoshlar hayotlarini o‘rgandim. Tahririyatga kelgan arznomalarni tekshirishga borib o‘nlab joylarda hal qilib qaytdim. Marg‘ilonda rus qizni ishdan sababsiz xaydashganda joyga borib o‘rganib qayta ishga joylashtirib qaytgandim. U еrdagi qadamjo haqida 1968-yili “Muqaddas kabutarlar” sarlavhali ocherk yozgandim. Xorazmlik to‘rt nafar maktab bitiruvchisini ota-onasi turmushga bermoqchi bo‘lishganda, yozgan shikoyatlariga asosan borib o‘rganib to‘rttalasini Xiva tibbiyot texnikumiga joylashtirib qaytganim esimda. “Bulbulcha” ansambili tarixi ham faoliyatimdan o‘rin olgan. Yosh oilalarni, qo‘ni-qo‘shnilarni yarashtirish borasida ham tahririyat topshirig‘iga binoan ko‘p ishlar qilingan. Ehtimol shu savobli ishlar evaziga hayot meni siyladi. Yana qo‘limda birga xizmat qilgan Amirqul Karim, Umida Abduazimova, Qo‘chqor Norqobil, Sirojiddin Raupov va yana qancha yoshlarga ma’lum darajada ish o‘rgatdim. Bu ham savob desa bo‘lgulik, hullas hayotim kitobini varaqlasam yorqin sahifalar bisyor. 1985-yili “O‘zbekistonda xizma ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo‘ldim. O‘shanda erta tongda maktabimiz direktor Xakimjon Xoshimovning birinchi bo‘lib tabriklagani unvonni qadrini yana yuz bor oshirgandi nazarimda. Shukrki o‘g‘il-qizlarni uylantirish, uzatish pallasiga ham еtib keldik. Quda andalikning ham o‘ziga yarasha gashti, zavqi va mas’uliyati bor. Ota-ona uchun esa farzand baxtini ko‘rishdek yuksak mukofot yo‘q. Afsus uni oldindan belgilab bo‘lmaydi. Buni hayot deydilar. Adashadi, qoqiladi. Bunday paytda ota-ona ayniqsa, onalar iztirob chekadi. Farzandning yo‘lini topib ketishi aniq, shunday bo‘lsa-da onalar yostig‘i xo‘l bo‘ladi, halovati yo‘qoladi. Nafaqat halovat sog‘ligini yo‘qatayotgani ko‘ziga ko‘rinmaydi. Axir u ona-da! Yana shu narsa quvonarliki buning hammasini yaratgan egam ko‘rib turadi. Har bir qadamingiz, sabr-bardoshingiz, oqqan ko‘z yoshingiz uchun mukofotlaydi. Shukrki ana shu mukofot tufayli baxtiyor, farovon yashayapmiz. Nabiralar qatorga kirishdi. Abiralar safi kengaymoqda, ijod olamida ozmi-ko‘pmi kitoblar chiqardim. Bolalikdan qalbim tubida turgan niyat bor edi. Katta G‘afur akam dutor chalib qo‘shiq aytganlarida, ayniqsa “ushshoq”ni nazarimda bog‘imizdagi olcha, gilosu, shaftoli o‘riklar ham shoxlarini egib tinglagandek bo‘lardi. Ko‘cha eshikdan Zamira buvi, Xumayro opoqi, Qumri opa, Mahbuba kennoyilar kirib kelib, tinglashari. Afsus, akam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling