“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
134
juda erta qirq yoshda vafot etdilar. Ulardan dutor chalishni o‘rganib ulgurmadim. Shu
niyat qalbim tubiga cho‘kkan edi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning besh tashabbuslari niyatimni amalga oshirishga
sabab bo‘ldi. Asli qo‘shiq aytish jonu dilim, keyingi ikki-uch yil ichida dutor chalishni
ham o‘rgandim. Dastlab notalarni o‘rganib, so‘ng mashhur sozanda Ilyos Lutfullaevdan
saboq oldim. Besh tashabbusning uchtasini bajarish qo‘limdan kelayotganidan
baxtiyorman. She’rlarim matbuotda ko‘rinib turibdi, kitoblarim chiqyapti, sportga
oshnoman. Piyoda yuraman. Sog‘lik uchun foydali. Dutor chalib qo‘shiq, aytaman,
texnologiyani to‘la egallash borasidaharakat qilayapman.
Besh tashabbusni yoshlar orasida targ‘ib qqilish nuroniy onaxon va otaxonlarga
tushuntirish ishlarida birmuncha faol bo‘lganimdan suyunaman, jumladan Bo‘ka
tumanida o‘tkazilgan qator tadbirlarda qatnashib xalqimiz hayotdan roziligidan
quvondim. Prezidentimiz olib borayotgan ishlar yotti yoshdan еtmish yoshgacha
odamlarga zavq-shavq ulashayotganidan ko‘ngil ravshan tortadi. Buni Navoiy,
Sirdaryo viloyatlariga mehnat safari chog‘ida shohidi bo‘ldim. Shaxarda 40, 110,
38 va boshqa qator maktablarda, Toshkent texnologiya institutida va boshq ko‘pgina
joylarda o‘tkazilgan tadbirlardan ham olam-olam zavq oldim.
O‘tgan yili hayotimda yana katta voqea yuz berdi. 1-darajali mehnat faxriysi
ko‘krak nishoni sohibasi bo‘ldim. Hukumatimiz tomonidan berilgan bu yuksak mukofot
yana qanot bag‘ishladi. Ko‘nglim yayradi, tilim sayradi! Axir bunday dorilamon
zamonlarga shukur qilmay bo‘ladimi?! Shukr Olloh o‘zingga shukr. Nabira kelinlaru,
nabira kuyovlar ko‘rdim. Ko‘rsatganingga shukr. Bundan buyon ham nevara, evaralar
davrasida keksalik gashtini surish bilan birga, ijod mehnat qilib, jamoat ishlarida faol
bo‘lib yashash niyatidaman.
Ko‘rsatilgan g‘amxo‘rliklarga javoban biz nuroniy keksalar ham el-yurt ravnaqi
yo‘lida, yoshlarni munosib tarbiyalashda faollikni qo‘ldan boy bermaylik. Shukrona
qilib yashaylik. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo.
Umr berding Alloh, yashab yuribman,
Toshlar orasidan durlar terib man,
Barchani o‘zimdek yaxshi ko‘ribman,
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.
Aqlimni taniboq men baxt izladim,
Hayotda juda ko‘p maqsad ko‘zladim,
Har qadam, har onda shirin so‘zladim,
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.
Do'stlaringiz bilan baham: |