«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
138
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart
53
ekanligi majburiyat sifatida beligilab beriladi. 
Mazkur normadan ko‘rinib turibdiki ota-onalarning boqish huquqi ikkita majburiy 
shart bilan bog‘liq: 1) ota-onalar nogironlik, pensiya yoshi yoki kasallik (yoki boshqa 
sabablar) tufayli mehnatga layoqatsizligi; 2) ota-onaning olgan daromadi yoki mol-
mulki yashash uchun yеtarli emasligi.
Milliy qonunchiligimizga muvofiq ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari 
qaramig‘ida ekanligi voyaga еtgan mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida 
g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy yordam ko‘satish majburiyatidan ozod qilmaydi. 
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi. Qonun chiqaruvchi voyaga еtmagan bolaning yashash 
joyi o‘z ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylikda bo‘lgan fuqarolarning 
joyi sifatida belgilab beradi-ku, biroq, nima uchun ota-onaning voyaga еtgan o‘z 
bolalari bilan birga yashash huquqini, bolalarga nisbatan majburiyat sifatida yuklab 
bermagan? Bu albatta ham ahloqiy ham diniy qarashlarga hamda milliy urf-odat 
va qadriyatlarimizda o‘z aksini topganligini alohida aytish mumkin. Mehnatga 
layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarning moddiy ta’minoti bilan birga shaxsiy 
nomulkiy huquqlarini (o‘z bolalari bilan birga yashash, ularni g‘amxo‘rliklariga 
doimiy ega bo‘lish, ma’naviy, ruxiy va jismoniy ko‘mak olish, insoniy qadr qimmat 
va hurmat ehtiromda bo‘lish, faravon muxitda yashash) ham kafolatlab berilishi milliy 
qonunchiligimizdagi dolzarb masalalardan biridir. 
Chunki, sir emaski voyaga еtgan farzandlari mavjud bo‘lib “Sahovat” uylarida 
yashayotgan keksalar jamiyatimizda uchrab turadi. Shu boisdan, har qanday 
majburiyatlarni bajarish uchun sanksiyalarni (oqibatlarni) belgilash kerak, chunki faqat 
shu tarzda jamoat farovonligi saqlanadi va ta’minlanadi. Shaxs o‘z harakatsizligi yoki 
qonunga xilof xatti-harakatlari oqibatlarini anglamaguncha, javobgarlik tuyg‘usiga 
ega bo‘lmaydi
54
. Albatta muallifning bu qarashlarida ota-onalarning shaxsiy nomulkiy 
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan g‘oyalar mujassam bo‘lib, qo‘shimcha sifatida 
aytish joizki voyaga еtgan bolalarning o‘z ota-onalariga nisbatan o‘zaro mas’uliyati 
va birdamligini anglashi eng asosiy zarurat bo‘lib hisoblanadi.
Shelliy Kaganning tahliliga ko‘ra voyaga etgan bolalarning ota-onalari oldidagi 
majburiyatlarining uzoq muddatli g‘amxo‘rlik talablarini belgilaydigan uchta harakat 
tamoyilini ko‘rib chiqadi; ular minimal prinsip, mo‘tadil prinsip va ekstremal 
prinsipdir
55
. Bu albatta g‘arb nuqtayi nazaridan yondashilganligini inobatga olib, 
53
Ўзбекистон Республикаси Оила кодекси. Адолат. – Тошкент, 2022. – Б.47.
54
Perkumienė, Dalia. Legal regulation problemsof children’s obligations to maintain their parents: Case of 
Lithuania. ISSN 2708-0404 (Online), ISSN 2708-0390 (Print). Humanities Studies. 2020. Випуск 6 (83)
55
Shelley Kagan, The Limits of Morality (Oxford: Oxford University Press, 1989).



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling