«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Ключевые слова: родители, ребенок, личное-имущественное право, обязательство, 
забота.
Annotation. The article scientifically and theoretically analyzes the obligations of adult children 
to their parents under family law, its significance and current state, proposals and recommendations 
are developed.
Key words: parents, child, personal property right, obligation, care.
Bolalarning o‘z ota-onalari oldidagi majburiyatlarini bajarish deganda ulaga 
g‘amxo‘rlik qilish moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish tushuniladi. 
Farzandlarning bu burchi shaxsiy majburiyat bo‘lib, boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin 
emas va bolalar ota-onalarini o‘zlari moddiy va ma’naviy parvorish kilish kerakligini 
anglatadi. Bu xususida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 66-moddasi voyaga 
еtgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga 
majburdirlar
49
deb belgilab beradi. 
Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbek tilining ixohli lug‘atida “g‘amxo‘rlik” so‘zi 
arabcha so‘zdan olingan bo‘lib qayg‘uga sheriklik qilish, hamdardlik bildirish, kimsa 
uchun qayg‘urish
50
degan ma’nolarni anglatadi.
49
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. –Тошкент: Адолат. 2022. – Б.25.
50
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ўзбекистон Республикаси фанлар Академияси. Алишер навоий 
номидаги тил ва адабиёт институти. –Тошкент, 2021. – Б.437.


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
137
Bu konstitutsion norma voyaga еtgan, ya’ni mehnatga layoqatli bolalar mehnatga 
layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalar o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shartligi oila qonunchiligimizga o‘tkazish orqali oilaviy-
huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy termin sifatida kirib keldi. Biroq 
“g‘amxo‘rlik” so‘zi ota-onaning shaxsiy-nomulkiy huquqlarini o‘zida to‘la aks ettira 
olmasligi, shu bilan birga huquqiy hujjatda mustahkamlangan tushunchalarning bunday 
noaniqligi, kerakli xatti-harakatning aniqlanmasligi ularni sharhlash huquqini keltirib 
chiqaradi.
Shu boisdan oila qonunchiligida garchi ota-onalarning bolalarga nisbatan 
ta’lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lsada biroq, 
voyaga еtgan farzandlarning o‘z ota-onalari oldidagi shaxsiy nomulkiy huquq va 
majburiyatlari haqida normalar mavjud emasligini ko‘rishimiz mumkin. Shu bilan 
birga O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari 
to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son Qonunida ham bolalarga nisbatan biror o‘rinda majburiyat 
yuklatilmaganligini aytish mumkin.
Agarki oilada bolalarga nisbatan faqatgina huquqlarni belgilab bersak, kelajakda 
ular o‘z huquqlarinigina talab qila oldaigan shaxsga aylanishi, zimmasidagi burch va 
majburiyatlarni bajarmaslik holatlariga duch kelishimiz mumkin albatta.
Bu xususida X.B.Abduraxmonova bolalarning majburiyatini tahlil qilish asnosida 
shuni ta’kidlaydi: Ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat huquqiy
balki diniy axloqiy me’yorlar bilan ham tartibga solinadi. Bolaning shu ota-onadan 
tug‘ilganlik fakti, o‘z navbatida, ular o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni vujudga 
keltiradi. Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlarda bolalarning huquqi ota-
onalarning majburiyatini belgilasa, va aksincha, bolalarning majburiyati ota-onaning 
huquqini belgilab beradi
51
. Albatta muallifning fikrini qo‘llab quvvatlagan holda, ota-
onalarning shaxsiy nomulkiy huquqlarining doirasini aniqlash ularni huquqiy tartibga 
solish zarur hisoblanadi.
Bu haqda N.F.Imomov ham shaxsiy nomulkiy munosabatlarga nisbatan huquqiy 
ta’sir mexanizmi masalasi bo‘yicha doktrinal masala qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini 
ta’kidlaydi
52
N.F.Imomovning fikrini qo‘llab-quvvatlagan holda, globallashuv 
jarayonida vujudga kelayotgan yangi shaxsiy nomulkiy huquqlar tizimi konsepsiyasi 
va ularni himoyalash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir.
Oila qonunchiligimizga ko‘ra voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga 
layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalar o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular 
51
Абдурахмонова Х.Б. Халқаро хусусий ҳуқуқда ота-она ва фарзандлар ўртасидаги муносабатларни 
тартибга солиниши: ю.ф.д. ... дисс. – Тошкент, 2021. – Б.30.
52
О.Оқюлов, Ш.Н.Рўзиназаров. Н.Ф.Имамов, Ж.И.Бабаев. Фуқаролик қонунчилигининг ривожланиши 
ва такомиллаштириш истиқболлари (ахборот-таҳлилий материал). – Тошкент: ТДЮУ, 2016 й, 66-бет.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling