«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 132 Ayniqsa turli xil rangdagi atirgullarning ifori, dilni yayratardi, jiyda gullaganda esa bog‘ qo‘ynida oshiq-ma’shuqlar sayr qilishardi. Lekin mahallamizda biron kimsa qaytib kelsa (g‘alabad so‘ng vaqt o‘tganda ham) onam rahmatli yana qayg‘uga ko‘milib yig‘lardilar. Onamning yig‘lashini ko‘rib ezilib ketardim. Duxobaga o‘rab qo‘yilgan “qora xat”ni otam bilan onam ko‘tarib, eh-he qancha yurishmadi. Ayniqsa mahallamizdagi katta harbiy Omon aka ancha sarson qilgani esimda, huddi aniqlab, akamni topib beradigandek. Axiyri hujjatlar muhimi “qora xat”ning bir qismi o‘sha odam qo‘lida “yo‘q” bo‘ldi, onam esa akam tishlab ketgan non va do‘ppilarini umrlarining oxirigacha saqladilar. Otam o‘qituvchi va mahalla raisi, onam faol jamoatchi bo‘lganlar, katta-kichik ularni hurmat qilishardi. Shu bois biz farzandlar ham yaxshi o‘qishimiz kerak edi. Bu borada bizlarga nazorat kuchli bo‘lgan. Oilada o‘ziga yarasha moddiy qiyinchiliklar ham yo‘q emasdi. Ayniqsa urush tugagan yillar “zabornыy”ni ko‘tarib kechasi nonga navbatda turishlikni hech birimiz yoqtirmasdik. Lekin navbatma-navbat chiqishni odat qilib olganmiz. 50-70-yillarda Taxtapul chindan ham go‘zallashib ketdi. Katta еr maydonlari odamlarga uchastkaga bo‘lib berildi. Qator uchastkalar, ravon ko‘chalar paydo bo‘ldi. Ammo bog‘dagi tarovat, suv bo‘yidagi majnuntollari, gullar ifori yo‘qola boshladi. O‘sha go‘zallik, o‘sha latofat, o‘sha manzara, bolalik-yoshlik qalbimda hamon saqlanib qolgan. O‘sha zavq va o‘sha go‘zallik tufayli yozuvchilar uyushmasiga ishga kirdim, she’r mashq qildim. TashDUga kechki bo‘limga o‘qishga kirdim, kunduzi Shuxratning “Shinelli yillar”, O.Yoqubovning “Muqaddas”, Hamid G‘ulomning “Toshbolta oshiq”, Mirtemirning “Manas” ning qirg‘izga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (diktovka) tarjimalarini mashinkada ko‘chirib, adabiyotga ixlosim kuchaydi. Uyushmada G‘afur G‘ulom, Oybek, Komil Yashin, Uyg‘un, Shuxrat, Asqad Muxtor, Shayxzoda va yana o‘nlab alloma ijodkorlarni ko‘rib ular suhbatlaridan bahramand bo‘lish menga qanot baxsh etdi. Ayniqsa Muzayyana opa, Saida opa, Zulfiya opa men o‘tiradigan mo‘jaz xonada bir piyola choy ustida suhbatlashib qolishsa mendan baxtiyor odam yo‘q edi. Shu suhbat, shu davralar o‘z navbatida meni hayotga tayyorladi, umrni mazmunli o‘tkazishga dav’at etdi. Halollik, poklikka yurtni sevishga, vatanparvarlikka o‘rgatdi. Keyinchalik “Yosh leninchi” gazetasiga o‘tganimda Abdulazal Vahobov, Muhammadjon Qo‘shoqov, Muxtor Ahmedov, Rustam Shog‘ulomov kabi qalbi keng, mehribon, muruvvatli ustozlarga duch keldim. Hayot meni siyladi, erkaladi, oila qurdim, farzandlarim birin-ketin voyaga еtishdi. O‘qib, o‘rganib, hayotda yo‘llarni topishdi. Ular ham bolalikdan hayot xaritasini chizib, intilib yashashmoqda. Gazetada adabiyot va san’at bo‘limini boshqarar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling