“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
135
Nabiralar bo‘ldi umrimga bezak
Besamar o‘tmabdi hayotim demak.
Abiralar ko‘rish bu omad desak,
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.
Yurtim yuksalmoqda zamona ko‘rkam,
Dunyoga tanildi ko‘hna yosh o‘lkam,
Porloq kelajakka, qadamlar shahdam,
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.
Bu dunyo aylanar misli charhpalak
Vaqtni to‘xtatolmay jonimiz halak,
Abiralar to‘yin ko‘rmoqlik tilak,
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.
Inshooloh tilagim bo‘lgay ijobat,
Egam o‘zing bersang bunga ijozat,
Yurgayman bu yo‘lda qilib ibodat
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
136
Mahmudxodjayeva Umida Muminovna,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
VOYAGA YETGAN BOLALARNING O‘Z OTA-ONALARIGA NISBATAN
MAJBURIYATLARINI AMALGA OSHIRISHNI HUQUQIY TARTIBGA
SOLISH MASALALARI
Annotatsiya. Maqolada oila qonunchiligiga ko‘ra voyaga еtgan bolalarning ota-onalari oldidagi
majburiyatlari, uning ahamiyati va bugungi kundagi ahvoli ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilib, taklif
va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tayanch tushunchalar: ota-ona, bola, shaxsiy-nomulkiy huquq, majburiyat, g‘amxo‘rlik.
Аннотация. В статье научно-теоретически анализируются обязанности
совершеннолетних детей перед родителями по семейному законодательству, его значение и
современное состояние, разработаны предложения и рекомендаций.
Do'stlaringiz bilan baham: |