«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 139 bolalarning o‘z ota-onalariga nisbatan majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq huquqiy munosabtalarni tartibga solishni taqazo etadi. Bolalarning ota-onalarini boqish majburiyati xorijiy qonunlarda ham umum e’tirof etilgan 56 . masalan, Germaniya (Germaniya Fuqarolik Kodeksining 161-moddasi) va Fransiyada (Fransiya Fuqarolik Kodeksining 205-moddasi) 57 . Latviya qonunchiligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlarni g‘amxo‘rlik bo‘yicha umumiy majburiyatni o‘z ichiga oladi 58 , Estoniyada, bolalar, agar ular yordamga muhtoj bo‘lsa, nafaqat ota- onalarni, balki bobo va buvilarini ham qo‘llab-quvvatlashlari shart. Kanadaning Oila huquqi to‘g‘risidagi qonunining 32 moddasiga ko‘ra, voyaga еtgan bolalar, ota- onalarini moddiy qo‘llab quvvatlari kerak. Biroq, ikkita shart mavjud - ota-ona bolaga g‘amxo‘rlik qilgan yoki uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lishi kerak va qo‘llab-quvvatlash faqat bola taqdim eta oladigan darajada cheklangan. Bu Oila qonunining kamdan-kam muhokama qilinadigan qismidir 59 . AQShning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, hatto voyaga etmagan bola ham muayyan sharoitlarda ota-onasini boqishi shart 60 . Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, eng avvalo, oila a’zolarining o‘zaro huquq va majburiyatlari mutanosibligi oila a’zolarining o‘zaro mas’uliyati va birdamligini anglashi bilan mustahkamlanadi. Ota-onalar va ularning farzandlari o‘rtasidagi munosabatlarning mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlashning muhim omili - bu shaxslar o‘rtasidagi yaqinlik darajasi. Shuni ta’kidlash kerakki, ota-onalari voyaga etgunga qadar yoki undan ko‘proq vaqt davomida moddiy yordam ko‘rsatgan bolalar ota- onalariga zarur yordamni ko‘rsatishlari kerak. Biroq, bolalar ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishlari kerakligi haqidagi qoida qonundan ko‘ra ko‘proq axloqiy deb qaralishi aniq. Biroq, katta yoshdagi bolalar uchun bu mas’uliyatni ta’minlashga davlat organlari tomonidan hozirgi kunga qaraganda ko‘proq e’tibor berilishi lozim. Shu boisdan oila qonunchiligimizga bolalarning ota-onalari oldidagi shaxsiy nomulkiy huquq va majbiriyatlari doirasini aniqlash va bularni belgilab berish qonunchilik nazariyasining oldidadi dolzarb vazifalar bo‘lib qolaveradi. 56 Ambrazevičiūtė, K.,2012. Property Support for Older People in Need of Maintenance: A Civil Law Perspective”, Legal Problems, No. 1 (75) 101. 57 Article 205 of the French Civil Code. Retrieved 18 December, 2020. https://www.legifrance.gouv.fr/ affichCode.do?cidTexte=LEGITEXT000006070721&dateTexte=20170501 58 Maintenance claims - Latvia. Retrieved 18 December, 2020: https://e justice.europa.eu/content_maintenance_ claims-47-lv-lt.do?member=1#toc_1. 59 Marcovitch, I, 2019, What responsibilities do parents and adult children have towards each other? Retrieved 18 December, 2020: https://nelliganlaw.ca/blog/family-law/what-responsibilities-do-parents-and-adult- children-have-towards-each-other/. 60 Maintenance - Parents, Children and Grandparents, Is there a duty on children to support their parents? 2016 https://www.divorcelaws.co.za/family-law-blog/maintenance-parents-children-and-grandparents [aplankyta 2021 03 25]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling