“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
127
A.A.Xuseynova,
Buxoro davlat uneversiteti professori,
falsafa fanlari doktori
J.J.Shodiyev,
BuxMTI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti,
falsafa fanlari doktori (PhD)
MILLIY QADRIYATLAR VA BARQAROR AVLODLARARO
MUNOSABATLAR – KELAJAK AVLOD TAYANCHI
Annotatsiya. Mazkur maqolada keksa avlod vakillarining yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni
hadislar, ajdodlarimizning so‘zlari misolida keltirligan. Shuningdek, yosh avlodni tarbiyashlashda
milliy qadriyatlarning ta‘siri, ularning kelajak avlodni voyaga yetkazishdagi roli tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: keksa, yosh avlod, qadriyat, hadis, farzand, tarbiya, Rudakiy, Yangi O‘zbekiston.
Аннотация. В данной статье на примерах хадисов и слов наших предков приводится роль
представителей старшего поколения в воспитании молодежи. Также анализируется влияние
национальных ценностей в воспитании подрастающего поколения, их роль в подведении
подрастающего поколения к взрослой жизни.
Ключевые слова: пожилые люди, молодое поколение, ценность, хадис, ребенок, воспитание,
Рудаки, Новый Узбекистан.
Annotation. In this article, on the examples of hadiths and the words of our ancestors, the
role of representatives of the older generation in the education of young people is revealed. It also
analyzes the influence of national values in the upbringing of the younger generation, their role in
bringing the younger generation to adulthood.
Key words: elderly people, young generation, value, hadith, child, education, Rudaki, New
Uzbekistan.
Yangi O‘zbekiston. Ushbu ibora tilimizga yaqindagina kirib
kelganiga qaramay,
millionlab yurtdoshlarimiz ongu shuuriga singishga ulgurdi. Uni har kim o‘zicha
tushunib, talqin qilishi ham tabiiy. Men uchun yangi O‘zbekiston milliy taraqqiyotning
shonli manzili, bizdan kelgusi avlodlarga qolajak ulkan merosdir.
Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e’zozga loyiq. Keksalarni
ardoqlash,
izzat-hurmat qilish, ko‘makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo‘yish
qon-qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa, o‘tganlarni xotirlash, aziz otaxon-u
onaxonlarning duosini olmoqlik saodati o‘zgacha.