“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
26
– kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar
holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga
ko‘maklashish;
– mahallalarda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini
shakllantirish, ommaviy sport musobaqalariga yoshlarni qiziqtirish va keng jalb etishda
faollik ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlardagi ishlari ham maqsadimizga to‘liqligicha
erishishimizga debocha bo‘lmoqda.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
“Nuroniy” jamg‘armasi bilan birgalikda mamlakatda keksalarning turmush darajasi
hamda sifatini oshirish maqsadida amaldagi qonunchilik va xalqaro tajribalarni chuqur
o‘rganib, bugungi kunda uchrayotgan muammolarni tahlil qilgan holda keksa avlod
vakillari, xususan, yakka yolg‘iz keksalar, mehnat faxriylari va pensionerlarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham yuqoridagi islohotlarning mantiqiy davomidir.
Xulosa o‘rnida...
Darvoqe, yuqorida e’tirof etayotgan barcha ishlarimiz ijtimoiy-ma’naviy muhitni
barqarorlashtirish, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa
va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani
bilan ahamiyatga molik.
Bu yil ham “Keksalar haftaligi” ni yuqori saviyada o‘tkazish, keksa avlod
vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirishga doir salomoqli
ishlar reja qilingan. Maqsad esa bitta nuroniylarimizni qadrlash, ular orqali mahallalarda
ijtimoiy ma’naviy-muhit barqarorligini ta’minlab, yoshlarni Vatanga manfaati tegadigan
qilib tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |