v) 5 tomchi 1 % tuxum oqsiliga 20-25 tomchi 96% spirt yoki atseton qo‘shiladi. Eritma
loyqalanadi. Uning ustiga 1 tomchi NaOH ning to‘yingan eritmasidan qo‘shiladi. Bir oz turgach
oqsil cho‘kmaga tushadi.
Oqsillarni cho‘ktirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarning natijalari jadval ko‘rinishda
ifodalanadi.
Oqsillarni
cho‘ktiruvchi
moddalar gruppala
rining nomi
Foydalanilgan
reaktivlar
Cho‘kmaning tabiati
va nomi
Cho‘ktirish
reaktsiyasining
printsipi va
xususiyati
23-tajriba. Biuret reaktsiyasi yordamida oqsil miqdorini aniqlash.
Biuret reaktsiyasi (oqsillarga xos rangli reaktsiyalar betiga qarang)
asosida oqsillarni
miqdoriy jihatdan aniqlash oddiy tajriba bo‘lib, topilishi qiyin bo‘lgan
va qimmat turadigan
reaktivlar talab qilmaydi. Bu usul biologik suyuqliklarda va to‘qima
ekstraktlarida oqsilni
aniqlash uchun qo‘llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: