Statik biokimyо


Cho’ktirish reaktsiyalari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Cho’ktirish reaktsiyalari 
 
21- tajriba. Oqsillarni qaynatish yo‘li bilan cho‘ktirish 
 
Oqsillarning eritmalari 70-80
0
gacha qizdirilganda oqsil denaturatsiyaga uchrab 
cho‘kmaga tushadi. Kuchli kislotali va ishqoriy eritmalarda oqsil cho‘kmaga tushmaydi, chunki 
bunday sharoitda oqsil musbat yoki manfiy zaryadlanib qoladi. Bundan tashqari qisman gidroliz 
ham ketishi mumkin. 
 
Kerakli asbob va reaktivlar: tuxum oqsilining 1% eritmasi, distillangan suv, sirka 
kislotaning 1%, 10% eritmalari, natriy xloridning to‘ingan eritmasi, natriy gidroksidning 10% 
eritmasi, probirkalar, shtativ, gaz gorelkasi yoki spirt lampa. 


 
Ishning bajarilishi.
5 ta probirka olib, 10 tomchidan 1 % tuxum oqsilidan tomizib, ikkinchisiga 1 tomchi 1 % 
sirka kislota, uchinchisiga 1 tomchi 10% sirka kislota eritmasi va 1 tomchi natriy xloridning 
to‘yingan eritmasi, beshinchisiga 1 tomchi 10 % NaOH tomizib qaynatiladi. Birinchi, ikkinchi va 
to‘rtinchi probirkalarda neytral kuchsiz kislotali va elektrolitli muhit bo‘lganligi uchun cho‘kma 
hosil bo‘ladi. Uchinchi va beshinchi probirkalarda cho‘kma hosil bo‘lmaydi, zero ularning birida 
oqsil molekulasi musbat, ikkichisiga manfiy zaryadlanib qolgan. Ish natijalari jadval ko‘rinishda 
ifodalanadi.  
Neytral muhit 
Kuchsiz kislotali 
muhit 
Kislotali muhit 
Elektrolit 
Ishqoriy muhit 
Xulosa 
22-tajriba. Oqsillarni mineral va organik kislotalar ta’sirida cho‘ktirish 
Oqsil organik kislotalar (trixlorsirka kislota, sulfosalitsil kislota) va kontsentrlangan 
mineral kislotalar ta’sirida denaturatsiyaga uchraydi, suvsizlanishi va zaryadsizlanishi tufayli 
cho‘kmaga tushadi. Sulfat va xlorid kislotalar uzoq vaqt ta’sir qilsa, oqsil qisman gidrolizga 
uchrab cho‘kma asta-sekin erib ketadi. Nitrat kislotada cho‘kma sekin eriydi. Organik kislotalar 
ta’sirida cho‘ktirish keng qo‘llanilmoqda. Tirxlorsirka kislota miqdoriy analizlarda oqsilsiz filtrat 
olish uchun, sulfosalitsin kislota, nitrat kislota klinik labaratoriyalarda siydik va boshqa biologik 
suyuqliklardagi oqsilni aniqlash uchun ishlatiladi. Oqsil eritmasiga ko‘p miqdorda spirt yoki 
atseton qo‘shilsa, oqsilning loyqa yoki pag‘a-pag‘a cho‘kmasi tushadi.
Bu reaktsiya oqsil kolloid zarrachasining suvsizlanishiga asoslangan. Oqsil neytral yoki 
kuchsiz kislotali eritmalarda oson cho‘kadi. Agar elektrolit qo‘shilsa, cho‘kish tezlashadi. 
Organik erituvchilar past temperaturada 0-15

da qisqa vaqt ichida ta’sir qilsa oqsil nativ holatini 
saqlab qoladi, bu erituvchilar ko‘proq ta’sir qilsa, oqsil denaturatsiyaga uchraydi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling