Statik biokimyо


v) riboza va dezoksiribozaga xos Trommer reaktsiyasi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

v) riboza va dezoksiribozaga xos Trommer reaktsiyasi. 5 tomchi gidrolizat olib, unga 
30% NaOH eritmasidan 10 tomchi qo’shib, mis (II)-gidroksid loyqasi hosil bo’lguncha 7% mis 
(II)-sulfat eritmasidan tomiziladi. Suyuqlikni aralashtirib, qaynaguncha qizdiriladi. Riboza yoki 
dezoksiriboza mis (II)- oksidini qizil rangli mis (I)-oksidiga qaytarganligi uchun qizg’ish loyqa 
hosil qiladi.
g) fosfat kislotaga xos molibden bilan qilinadigan reaktsiya. 20 tomchi molibden 
reaktiviga 2-3 tomchi gidrolizat qo’shib, bir necha daqiqa qizdiriladi. Agar gidrolizatda fosfat 
kislota bo’lsa, suyuqlik limon sarig’i rangiga kiradi. Sovitilgan sariq kristall cho’kma paydo 
bo’ladi.  
 
Mavzu: Kazeinni gidroliz qilish va gidrolizatdagi fosfat kislotani aniqlash . 
Laboratoriya sharoitida ko’pincha oqsillarni kislotali gidroliz qilish usuli keng 
qo’llaniladi. Lekin bu vaqtda triptofan to’la, serin, treonin, tsistein, tirozin va fenilalanin qisman 


parchalanadi. Shunga qaramasdan, parchalangan aminokislotalarning foiz miqdori kam 
bo’lganligi uchun asosan kislotali gidroliz usulidan foydalaniladi. Ishqoriy gidroliz vaqtida 
ko’pchilik aminokislotalar parchalanadi-yu, faqat triptofan deyarli o’zgarishsiz qoladi. Shuning 
uchun ishqoriy gidroliz oqsil molekulasidagi triptofan miqdorini aniqlash uchun qo’llaniladi.
 
 
 
 
26-tajriba. Oddiy oqsilni kislota ta‘sirida gidrolizlash va gidrolizatdagi oqsil 
parchalanishining oraliq mahsulotlarini aniqlash. 
Kislotali gidroliz vaqtida oqsillar avvalo yuqori molekulyar peptidlarga, so’ngra kichik 
molekulali peptidlarga va nihoyat erkin aminokislotalargacha parchalanadi. Oqsilni to’la gidroliz 
qilish uchun havo sovitgichi bilan jihozlangan kolbachada yoki og’zi zich berkitilgan 
ampulalarda xlorid, sulfat kislota ishtirokida olib boriladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling