Statik biokimyо
NUKLEIN KISLOTALAR KIMYOSI
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- DNK ning tuzilishi.
NUKLEIN KISLOTALAR KIMYOSI
Nazariy tushuncha: Tirik hujayrada muhim biologik vazifani bajaruvchi biologik polimerlarga nuklein kislotalar kiradi. Ular irsiy belgilarni o’zida saqlab, uni avloddan avlodga o’tkazilishida, oqsillarning sintezida, organizmning o’sishi va rivojlanishida muhim o’rin egallaydi. Nuklein kislotalar 1869 yilda F. Misher tomonidan hujayra yadrosida aniqlanib, unga “nukleus” nomi beriladi. Ular oqsil bilan birikib, nukleoprotied ko’rinishida asosan yadroda uchraydi. Nuklein kislotalar parchalanganda azot asoslari, uglevod komponenti va fosfat kislota qoldiqlari hosil bo’ladi. Azot asoslarining quyidagi hosilalari bor. Azot asoslari hamda uglevod komponentlarining birikishidan hosil bo’lgan birikmalar nukleozidlar deb ataladi. Purin asoslari hosil qilgan nuklezidlarga «ozin» qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan adenozin pirimidin asoslari hosil qilgan nukleozidlar esa «idin» qo’shimchasini oladi, uridin, timidin va hakozolar. Nukleotidlarning fosforlanishi natijasida di- va trifos-fatlar hosil bo’ladi. Bular energiyaga boy birikma hisoblanadi. Nuklein kislota nukleotidlarining polimerlanishi natijasida hosil bo’lgan polinukleotidlar zanjiridan iborat. DNK ning tuzilishi. Virus va bakteriyalardan tashqari barcha tirik orga-nizmlardagi DNK hujayra yadrosida joylashgan bo’ladi. DNK xloroplast va mitoxondriyalarda ham oz miqdorda bo’lib, yadrodagi DNK dan farq qiladi. Hujayralar tarkibidagi DNK miqdori tirik hujayraning fiziologik holatiga emas, balki hujayralardagi xromasomalar soniga bog’liq. 1950 yillargacha DNK ning tarkibi haqida yetarlicha ma‘lumot yo’q edi. 1953 yili ingliz olimlari Uotson va Krik DNK molekulasi qo’sh spiraldan iborat ekanligini kashf etdilar. Franklin tomonidan DNK ning rentgen-struktura analiz yo’li bilan olingan natijalarni o’rganish uning bir necha modellarini sinchiklab tadqiq qilish bu borada tegishli muvaffaqiyatlarga olib keldi. Eukariotik hujayra DNK sining 95 % yadroda joylashgan bo’lib, u yerda oqsillar bilan bog’lanib xromosomalarni hosil qiladi. Hujayradagi DNK miqdori turli organizmlarda bir- biridan farq qiladi, lekin ba‘zi organizmlarda turg’un bo’ladi. Hujayra tarkibidagi komponentlar o‘z funktsiyalarini ma’lum darajada mustaqil ravishda bajarib tursa ham hujayra faoliyatida ular minglab reaktsiyalarni bexato kechishida to‘la uyg‘unlikda ishtirok etadi. Hujayra membranasi modda yoki ionlarni faol yoki passiv ko‘chirishda xizmat qiladi. Modda, ionlar ko‘chirilishida energiya sarf bo‘lsa faol yuqori kontsentratsiyadan quyi tomonga surilsa passiv deb ataladi. Membrananing sxematik tasviri qatlama shaklida bo‘lib, ikki tomondan oqsil o‘rtada yog‘ gidrofob qismlaridan iborat. Bu modda yoki ionlarni tanlab tashilishini ta’minlaydi. Yadro irsiy belgilarni o‘zida DNK, RNK shaklida yoki nukleoprotiyedlar holatida bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling