Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Ishning bajarilishi
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1 % 
bug‘doy yoki soya oqsili, uchinchisiga 5 tomchi 1 % jelatina eritmasidan qo‘yib, ularning ustiga 
5 tomchi 30 % natriy gidrooksid va 5 tomchi 5 % qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shib yaxshilab 
qaynatiladi. Birinchi ikkiti probirkadagi aralashma qorayadi va qora rangli PbS cho‘kmasi hosil 
bo‘ladi. Uchinchisining ranggi o‘zgarmaydi, chunki jelatina tarkibida oltingugur bor 
aminkislotalarga ega emas. Olingan natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi. 
№ Reaktsiyaning 
nomi 
Tekshirilayotgan 
manba 
Qo‘llanilayotgan 
reaktivlar 
Kuzatilgan 
rang
Reaktsiya 
nimaga 
bog‘liq 
20 - tajriba Adamkevich reaktsiyasi
Adamkevich reaktsiyasi indol xalqasi uchun xos bo‘lib, oqsillar va polipeptidlar 
kontsentrlangan sulfat kislota ishtirokida glioksil kislota bilan qizg‘ish binafsha rang beradi. Bu 
reaktsiya oqsillar tarkibidagi triptofanga bog‘liq bo‘lib, kislotali muhitda glioksil kislotaning 
aldegid gruppasi bilan reaktsiyaga kirishib, rangli moddalar kondensati hosil bo‘ladi. Glioksilat 
kislota doimo oz miqdorda muz-sirka kislota tarkibida bo‘ladi. Shuning uchun bu kislota 
glioksilat kislota olinadigan manba sifatida ishlatiladi. Hosil bo‘lgan rangning ravshanlik darajasi 
oqsil tarkibidagi triptofanning miqdoriga bog‘liq. 
 
Kerakli asbob va reaktivlar 1 % tuxum oqsili, 1 % bug‘doy oqsili, jelatina, 0,05 % natriy 
triptofan, muz-kislota, konts H
2
SO
4
, suv hammomi, spirt lampa, shtativ, probirkalar.
 
Ishning bajarilishi: 
3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1 % 
bug‘doy yoki soya oqsili, uchinchisiga 5 tomchi jelatina, to‘rtinchisiga 5 tomchi 0,05 % triptofan 
eritmasidan qo‘yib, ularning har biriga 5 tomchidan muz-sirka kislota qo‘yiladi. Probirkalardagi 
suyuqlik sekin-asta qizdiriladi, so‘ngra sovitilgach, ohistalik bilan probirka devori bo‘ylab 10 
tomchidan kontsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Biroz turgandan keyin 1; 2- va 4 – 
probirkalarda 2 qavat suyuqlik chegarasida qizg‘ish binafsha rang paydo bo‘ladi. Agar 
probirkalar qaynab turgan suv hammomiga qo‘yilsa, rangning rivojlanishi tezlashadi. Jelatina 
molekulasida triptofan bo‘lmaganligi uchun uchinchi probirkada rang paydo bo‘lmaydi. Olingan 
natijalar jadval kurinishida ifoda etiladi 
№ Reaktsiyaning 
nomi 
Tekshirilayotgan 
manba 
Qo‘llanilayotgan 
reaktivlar 
Kuzatilgan 
rang
Reaktsiya 
nimaga 
bog‘liq 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling