с
76-rasm. Shakl berish
75-rasm. Nekroektomiya
5.
Kariyes kovakni shakllantirish. Bu
bosqichda doimiy
plombaning fiksatsiyasi uchun optimal sharoit yaratiladi. Kovakka
shakl berishda tishning topografiyasi inobatga olinishi kerak. Yuza
va o‘rtakariyesni shakllantirishda kovak devorlari tubiga nisbatan
to ‘g ‘ri burchakli, tekis, tubi esa yassi va silliq bo‘lishi lozim.
Kovakning shakli uchburchak, to‘rtburchak, krestsimon, qaldirg'och
dumi kabi bo‘ lishi mumkin va fissuralaming anatomik shakliga mos
bo‘lishi lozim. Chuqur kariyesda tish b o ‘shlig‘ining topografiyasi
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki pulpa shoxlari yaqin joylashgani
uchun uni bexosdan ochib qo‘ymaslik maqsadida xavfsiz ishlamoq
zarur. Plom ba ashyosining yaxshi
fiksatsiyasi uchun kovak
devorlarida tayanch nuqtalari, ariqcha
va chizmalami yaratish
maqsadga muvofiq. Kariyes kovaklaming shakllanishida sharsimon,
teskari konussimon va gildiraksim on borlar ishlatiladi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: