Stomatologiya propedevtikasi


Kariyes kovaklam i charxlashning umumiy qoidalari


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Kariyes kovaklam i charxlashning umumiy qoidalari
Kariyes kovaklami charxlashning asosiy maqsadi:
- Patologik o ‘zgargan emal va dentinni charxlash;
- Plomba ashyosining turishiga optimal sharoit yaratish va shu 
bilan birga tishning anotomik va fimksional birligini tiklash.
Tishlarning kariyes kasalligini mahalliy davolash - patologik 
o ‘zgargan to‘qimalami olgandan so‘ng, tishning anatomik va 
funksional vazifasini tiklashdan iborat. Kariyesni davolashda 
chirigan to‘qimalami turli borlar yordamida charxlab, doimiy 
plomba uchun optimal sharoit yaratiladi. Charxlashda bir necha 
qoidalar mavjud:
- Charxlash maydoni yaxshi yoritilgan b o iish i lozim;
- Tishdagi kariyes nuqsoniga eng qulay y o l izlash zarur;
- Ishlatilayotgan borlar toza va o ‘tkir b o iish i kerak;
- Borlarning hajmi charxlanayotgan kovak hajmidan bir oz 
kichikroq boiishi kerak;


- Charxlashda boming aylanish tezligi baland b oiishi lozim;
- Tishning patologik o'zgargan to ‘qimalarini charxlashda 
shifokor dastak ushlagan q o lin i ishonchli fiksatsiya qilishi kerak;
- Dastaklami to‘g ‘ri ushlash lozim;
- Kariyes kovaklami charxlash jarayonida dastak ushlagan 
q o ln i yum shoq to ‘qimalar zararlamasligi uchun qo‘shimcha 
fiksatsiya qilish kerak;
- Kariyes kovakni charxlashda tishning topografiyasi, ayniqsa 
tish bo‘shlig‘ining kariyes kovakka yaqinligi inobatga olinishi lozim.
71-rasm. Dastakni ushlash


72-rasm. Tayanch nuqtalarni hosil qilish
Karioz kovakni charxlash bosqichlari
1. 
O g‘riqsizlantirish mahalliy anesteziya yordamida amalga 
oshiriladi. Anesteziyada infiltratsion yoki o‘tkazuvchi usullaridan 
foydalaniladi. Bunda lidokain, trimekain, ubestezin, melokain, 
keylokain, ultrakain, superkain va boshqa dori vositalaridan 
foydalaniladi. Ba’zi bemorlarda juda kuchli qo‘rquv bo‘lib, bu 
ularning ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi. Bunday bem orlarga 
muolajalardan 30-45 daqiqa avval trankvilizatorlar, sedativlar yoki 
ularning kombinatsiyalari beriladi: elenium, seduksen, tazepam, 
fenozepam, mezapam (rudotel), metropan, olizil, trioksazin, valeriana 
va boshqalar. Agar ko‘rsatma bo‘lsa, mgallatsion yoki vena ichi 
narkozlaridan foydalaniladi. Bunda azot oksidi, ftorotan, sambrevin 
va boshqa preparatlardan foydalaniladi. Narkoz ambulator sharoitda 
anesteziolog ishtirokida qo‘llanilishi mumkin.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling