Stomatologiya propedevtikasi


Emal qirg‘oqlarini flnirlash


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Emal qirg‘oqlarini flnirlash. Doimiy plombaning saqlanish 
muddati emal qirg‘oqlarining tekislanish darajasiga b o g iiq boiadi. 
M aium ki, kariyes kovakka kirish joyida emal prizmalari ostida 
dentin qavati yo‘qligi uchun mo i t b o ia d i va chaynov bosimiga 
chidamsiz bo iadi. Agar ushbu osilib qolgan emal qirg'oqlari sinib 
qolsa, kariyesning residivli shakli rivojlanadi. Emal qirg‘oqlari 
karborund toshlar bilan tekislanadi va chetlarida 45° fals hosil 
qilinadi. Fals doimiy plombaning chaynov bosimi ostida siljib 
ketishini saqlaydi.
а
в
77-rasm. Kovak qirg'oqlarini tekislash va kovakniyuvish, quritish
7. Kovakni yuvish. Charxlangan va ifloslangan kariyes kovak 
dentin qirindilaridan iliq havo bilan tozalanadi, suv yoki suvga 
namlangan paxta tamponi bilan yuviladi.
8. Kovakka dorili ishlov berish. Kariyes kovak charxianishi 
jarayonida doimiy ravishda uncha kuchli bo‘lmagan antiseptiklar 
bilan chayiladi. Antiseptiklardan 3 % vodorod peroksidi, 1% 
xloramin, 0,1% furatsilin eritmalari qoilaniladi. Pulpaga zararli ta’sir 
oikazadigan dorilami ishlatib bolm aydi. Dorili ishlovdan so‘ng 
kariyes kovak iliq havo oqimi bilan quritiladi.


78-rasm. Medikamentoz ishlov berish
9. 
Davolovchi pasta qo‘yish. Chuqur kariyesni davolashda 
shakllantirilgan kariyes kovak tubida dorilar deposi infitsirlangan 
dentinni zararlantirish, pulpa yallig‘lanishining oldini olish va 
ikkilamchi o ‘rinbosar dentin hosil qilish, kovak tubini kalsiy 
tuzlariga boyitish maqsadida davolovchi pasta yordamida hosil 
qilinadi. Davolovchi pastalar moy yoki suv asosli bo‘lib, kovak tubiga 
qo‘yiladi.
1
79-rasm. Taglik qo'yish


10. Ajratuvchi taglik qo‘yish. Davolovchi taglik tarkibidagi 
dori vositalaming doimiy plombaga b o ‘lgan ta’sirini yo‘qotish 
maqsadida, uning ustidan sun’iy dentin qavati ajratuvchi taglik 
sifatida qo‘yiladi. Sun’iy dentin ustidan esa fosfat- sement qo‘yiladi. 
Taglik kovak tubi va devoriga tekis holda surtilib qo‘yiladi. 
Ajratuvchi taglik gladilka va shtopfer bilan kovakka kiritilib 
tekislanadi.
11. Doimiy plomba qo‘yish. Qorilgan doimiy plomba ashyosi 
shakllantirilgan kariyes kovakka kiritiladi va ajratuvchi taglik 
ustidan q o ‘yiladi. G ladilka va shtopfer yordam ida plom ba 
tekislanadi va jipslashtiriladi. Doimiy plomba tishning anatomik 
shaklini tiklashi kerak. Doimiy plomba ashyosi sifatida kompozit 
plom ba ashyolari, am algam a va shishaionom er sem entlar 
qo‘yiladi. Plomba qo‘yilgandan so‘ng tishlar yumilib, antagonist 
tish bilan hosil b o‘lgan jipslashish tekshiriladi. Ortiqcha plomba 
ashyosi qora qog‘oz bilan tekshirilib, karborund tosh bilan tekislanadi.

В

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling