Stomatologiya propedevtikasi


Kompozit plomba ashyolari


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Kompozit plomba ashyolari
Hozirgi davrda yuqori estetik va fiziko-mexanik xususiyatiari 
baland b o ‘lgan kom pozit ashyolar boshqa plom ba ashyolar 
(sementlar, amalgamalar)ni siqib chiqardi. Kompozit ashyolar 
tarkibidagi asos gibrid shishaionomer sementlar, kompomerlar, 
ormokerlar tarkibiga kiradi. Shuningdek, u adgeziv, yopishuvchi 
4-5 avlod emal va dentin tizimining asosiy tarkibiy qismi sanaladi. 
Bularsiz kompozitni tishga mustahkam bog‘lovchi bonding tizimi, 
«Estetik stomatologiya» tushunchasi paydo bo ‘lmasdi.
K om pozit plom ba ashyosining asosi addukt bisfenol A 
glitsidilmetakrilat (qisqacha addukt Bis GMA) hamda maxsus 
kremniy organik polimerazatsion aktiv vositalar bilan maxsus ishlov


berilgan va hajm jih atdan 50%ni tashkil etuvchi neorganik 
toidirilgichdan iborat.
115-rasm. Evikrol
116
-rasm. Kimyoviy qotuvchi plomba ashyosi


«Kompozit ashyo» tushunchasi boshqa aktiv polimerlardagi 
stom atologik ashyolar bilan aniq chegaralanadi. Um um an, 
kompozitlar - bu murakkab tarkibdagi plomba ashyosi bo‘lib, 
organik asosda qattiq tartib bilan kiritiladi.
117-rasm. Fotopolim erplom ba
118-rasm. Fotopolimer plomba


Kompozitorlardan birinchilar qatorida makroto‘ldirilgan yoki 
an’anaviy kompozitlar ixtiro qilingan. To‘ldirgich sifatida krerrmiy 
(II) oksidi, kristall kvars shisha va 1 -100 mkm kattalikdagi sintetik 
xususiyatga, yuqori qattiqlikka ega b o ig a n ashyolar ishlatilgan.
Klinik tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, kompozit 
ashyoning p o lim er m atritsasi t o ‘ld irg ich g a n isb atan kam
qattiqlikka ega b o ‘lib, tezda yem iriladi va vaqt o ‘tgan sari 
degidratsiyalanadi. Natijada toidirgich donlari ochilib, plomba 
yuzasi g ‘adir-budur bo ‘lib qoladi. Bu plomba yuzasiga ovqat 
qoldiqlari, tish karashlari o'tirishi natijasida plombaning rangi 
jigarrang tusga kiradi (1982, S. Rosen va boshqalar).
70-yillaming oxirida texnologiyaning takomillashuvi natijasida 
yangi kompozit ashyolar - pirogenik okis kremniy asosidagi, 
to‘ldirgich donlarining kattaligi 0,007-0,04 mkm ashyo mikrofil 
to ‘ldirilgan kom pozit ashyosi yaratildi (R. Sheldon, 1982).
) Mikrofil kompozit ashyolar o ‘zining yaxshi estetik xususiyatga 
egaligi, pardozlashga yaxshi beriluvchanligi bilan ajralib turadi. Bu 
ashyolardan tayy orlan gan plom ba ashyolari tish em alidan 
farqlanmaydigan silliqlikka va yaltiroqlikka ega. Vaqt o ‘tgan sari 
polimer matritsa to ‘ldirgich donlari bilan degidratatsiyalanadi
n atijad a plom ba yuzasi y em irilish g a qadar qanday b o ‘lsa 
shundayligicha o ‘z estetik xususiyatini y o ‘qotmaydi.
, Mikrofil kompozitlar ashyoning qattiqligi, taranglik moduli, 
issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti va boshqa fiziko-mexanik 
xususiyatiari jihatidan makrofillardan ustunlik qiladi. Suvni yutish 
xususiyati ham makrofillardan yuqori turadi (R. Rhillips, 1991). 35 
yil davomida kompozit ashyolar tarkibi va chiqarilishi shakli jihatidan 
ancha o ‘zgardi.
Kimyoviy qotuvchi (o‘z-o‘zidan qotuvchi yoki «kimyoviy 
qotuvchi») kompozit ashyolarda polimerizatsiya reaksiyasining 
initsiatori -p erik is benzoil - avval «kukun-suyuqlik», keyinchalik 
«pasta-suyuqliq», hozirgi paytda «pasta-pasta» ko ‘rinishida ishlab 
chiqarilmoqda.
Kompozit ashyosi tarkibiga bog‘lovchi fotoinitsiator metilbenzoin 
efirqo‘shilgach, 70-yilningo‘rtalaridato‘lqinuzunligi365 nm boigan


ultrabinafsha nurlar ta’sirida qotuvchi kompozit ashyolar yaratildi. 
Bu ashyolar ultrabinafsha nurlarining ko‘zga va og‘iz shilliq qavatida 
zararli ta’sir ko‘rsatishi tufayli amaliyotda ko‘p qoilanilmaydi.
Kompozit ashyolar tarkibiga yangi polimerizatsiya initsiatorlari 
(II dimetilaminostanol, komforoxinon) qo‘shilishi natijasida yangi 
nur, y a’ni nur diapazoni k o ‘ruv spektri 400-500 nm to iq in
uzunlikdagi nur ta’sirida qotuvchi kompozit ashyolar ixtiro qilindi 
(S. Rosen, 1982; M. Beranstrom et. av. 1991, C. Rifenacht, 1992). 
Nurga sezgir initsiator komforo-xion - ko ‘zga ko‘rinuvchi nur 
spektri ta’sirida radikallami ajratadi, ular ta’sirida polimerizatsiya 
jarayoni amalga oshadi.
Nur bilan qotuvchi kompozit ashyolar (fotopolimerlar) bir tarkibli 
pasta (malham) shaklida ishlab chiqariladi, bu esa ashyoni taqsimlash 
va aralashtirishda keltirib chiqaruvchi xatoliklami bartaraf etadi. 
Nur bilan qotuvchi kompozit ashyosi bilan ishlaganda plomba 
ashyosining qotish vaqti ahamiyatlidir, bu plombaga shakl berishni 
uzaytiradi. Fotopolimerlaming yaxshi polimerizatsiyasi uchun ular
2 mm qalinlikdan kam boim agan qatlam bilan kiritiladi, bu esa 
polimerizatsiya va tishni qayta tiklash vaqtini uzaytiradi.
Stomatologiya amaliyotida kompozit ashyolami qo'llash bilan 
bir qatorda adgeziv (bonding) tizimi ham takomillashib bormoqda.
1955-yilda M. Buonsors tomonidan g‘adir-budur emal yuzasiga 
kislota (sirka) bilan ishlov berish va kompozit ashyosi bilan 
plombalashning amalda qo‘llanilishi tishlami zamonaviy adgeziv usul 
yordamida qayta tiklash va plombalashga asos bo id i.
Emal yuzasiga kislota bilan ishlov berish natijasida yuzasiga 
kelgan g‘adir-budirliklar kompozit ashyoni yupqa adgeziv qatlam 
orqali tish qattiq to‘qimasi bilan b ogiash imkoniyatini beradi.
D en tin u ch u n ad g eziv (b o n d in g ) tiz im i m u rak k ab
takomillashish y o iin i bosib o ‘tadi. Bu dentinning tuzulishiga 
bog'liq. M a’lumki, dentin 50% gidroksiappatitdan (GAP), 30% 
kollagen tolalardan, 20% suvdan iborat (E.V.Borovskiy, V.K. 
Leontev, 1991; V.L. Bikov, 1998; G. Jenkins, 1987). Dentin adgeziv 
tizimini yaratishda kompozitsion ashyolaming gidrofoblik xususiyatini 
kamaytirishga e ’tibor qaratildi. Tarkibida suv, atseton, spirt, gidrofil,


monomer НЕМА va boshqa aktiv adgeziv agentlardan iborat (4- 
META, PENTA va boshqalar) b o ig a n dentin praymer ham dentin 
qatlamiga kirib kompozit ashyolarni tish qattiq to‘qimasi bilan 
b o g iash imkoniyatini beradi (A.Gwinnet et.al., 1994, F.Garcia -
Goday et. al., 1996).
Kom pozit ashyosining dentin bilan m ikroretensiya orqali 
bogianishi, ashyolaming fiziko-ximik va ximik xususiyatiari hamda 
tish va kompozit ashyosining organik va anorganik qismlari bilan 
o ‘zaro bogianishga b o g iiqdir (V.Z. Lukyonenko va boshqalar
1988. T. Fusayama, 1980, R. Phillips, 1991; J. Byoung et. al., 1997, 
M.Ohashi etal., 1997).
Kompozit ashyolaming dentin praymerlari bilan o ‘zaro aloqasi 
faqatgina mikromexanik y o i bilan emas, balki gidroksid, amin va 
karboksid guruhlar bilan o ‘zaro kimyoviy aloqasi orqali amalga 
oshadi.
Avval dentin uchun ikki va ko‘p komponentli adgeziv tizimlar, 
keyinchalik bir komponentli tizim lar o ‘zida ham praymer va 
adgezivni saqlovchi adgeziv tizimlar ixtiro qilindi (masalan, Prime 
& Bond 2,0 va 2,1 Dentsply firmasi; optiBond Solo Ken- firmasi; 3 
M firmasining Singli Bond, «Stoma-texnologiya» laboratoriyasining 
Latebond - LC va boshqalar).
1998-yilda Dentsply firmasi bonding ta ’sirini kuchaytirish 
maqsadida yangi Prime & Bond NT ni ixtiro qildi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling