Strategiya va strategik boshqaruvning mazmuni. Strategiya umumiy tarzda firmaning mavqeini mustahkamlash


Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun hujumkorlik strategiyasidan foydalanish


Download 84.38 Kb.
bet12/23
Sana25.02.2023
Hajmi84.38 Kb.
#1227540
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Strategik javoblar to\'plami

Raqobat ustunligini saqlab qolish uchun hujumkorlik strategiyasidan foydalanish. Raqobat ustunligiga deyarli har doim muvaffaqiyatli hujumkor strategic harakatlar hisobiga erishiladi. Ustunlikka erishishni ta’minlash uchun muvaffaqiyatli hujumkor strategiyaga kancha vaqt talab etilishi tarmoqdagi raqobat tavsifiga bogliq. Ustunlikni ta’minlash vaqti qisqa boʻlishi, xizmat koʻrsatish sohasidagi kabi, murakkab texnologik jarayonli kapital talab etadigan tarmoqlardagi kabi ancha davomli bolishi ham mumkin. Ideal darajada sozlangan harakatlar miqyosi ancha katta boʻlgan (masalan, yangi qimmatbaho dorining patentiga farmatsevtikada ega bulish sezilarli ustunlikni ta’minlaydi) yoki uncha katta boʻlmagan (masalan, tikuvchilik sanoatida. Bunda kiyimlarning yangi modadagi fasonlari osongina oʻzlashtirilishi mumkin, nusxa kuchirish orqali) raqobat ustunligini yaratishi mumkin. Muvaffaqiyatli hujumdan soʻng «mevalarning samarasini» koʻrish davri keladi. Bu davrning davomiyligi esa raqiblarga yukotilgan pozitsiyalarni qaytarib olish uchun hujumga oʻtishga qancha vaqt kerak boʻlishiga bogliqdir. Raqiblar firma yaratgan ustunlikka qarshi jiddiy qarshi hujum boshlashlari bilan uning yemirilishi boshlanadi. Egallangan mavqeini saqlab qolish uchun firma ikkinchi strategik hujumni amalga oshirishi kerak. Uning fundamentini esa raqobatchi ustunlikka erishish maqsadida kurashni kuchaytirgan paytlarida hujumga oʻtishga tayyor turish uchun «mevalarni samarasini» koʻrish davrida koʻrib qoʻyish kerak boʻladi. Raqobat ustunligini saqlab turish uchun firma raqiblardan bir bosh baland boʻlishi kerak
Raqobat ustunligini himoya qilish uchun mudofaa strategiyalaridan foydalanish. Raqobat bozorlarida barcha firmalar raqobatchilar uyushtiradiganhujumlarning ob’yektlari boʻlishi mumkin. Hujumlar xuddi eski, amaldagi firmalar tomonidan boʻlganidek, yangi firmalar tomonidan boʻlganidek, yangi firmalar tomonidan ham boʻlishi mumkin. Himoyaviy strategiyaning maqsadi hujumga uchrash xavfini kamaytirish yoki ularni eng kam yoʻkotish bilan oʻtkazib yuborish.
Himoya strategiyasi kompaniyaning raqobat ustunligini kuchaytirmasa ham, raqobat pozitsiyasi atrofida mudofaa inshootlarini tashkil etish va raqobat ustunligini saqlab qolish imkonini beradi.

Download 84.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling