Raqobat ustunligini himoya qilishning bir qancha yoʻllari mavjud. raqobatchilarning sozlangan harakatlarni boshlashlari uchun halal berish. Bunday yondoshuv quyidagi asosiy qadamlarni koʻzda tutadi:
1. Boʻsh bozor uyalarini tuldirish uchun mahsulot nomenklaturasini kengaytirish.
2. Raqobatchilar ega boʻlgan yoki ega boʻlishi mumkin boʻlgan modellar va mahsulotlar sortlarini ishlab chiqish.
3. Pastrok narxlarda raqobatchilarning mahsulotlariga yakin modellarni taklif etish.
Himoyaviy strategiyaga boʻlgan ikkinchi yondoshuv raqobatchilarga ularning harakatlari javobsiz qolmasligi va kompaniya hujumga tayyor ekanligini yetkazib turishdan iborat. Raqobatchilarning hujumkor harakatlariga qarshilik koʻrsatishning boshqa
yoʻli raqobatchilarni oʻziga jalb etadigan va ularni hujumkor harakatlarga undaydigan foydani kamaytirishga urinishdan iborat.
Firmaning foydaliligi kanchalar yuqori boʻlsa, bu boshqalar uchun oʻziga jalb etadigan «xoʻrak» vazifasini oʻtaydi va hujumkor harakatlar qilish istagini tugʻdiradi. Bunday sharoitda kompaniya hisob mexanizmlari yordamida himoyalanishi mumkin.
Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi
Kompaniya mablagʻlarini vertikal integratsiyaga investitsiya qilishning asosiy sababi uning raqobat pozitsiyasini kuchayishidir. Agar vertikal integratsiya kompaniya xarajatlarini sezilarli darajada pasayishiga yoki qoʻshimcha raqobat ustunligiga erishishga olib kelmas ekan, u strategik hisoblanmaydi va unga mablagʻ sarflashning foydasi yoʻq. «Orqaga» integratsiya shundagina xarajatlarni pasayishiga olib keladiki, unda ishlab chiqarishning talab etiladigan hajmi shu darajada yuqori boʻladiki, u xuddi ta’minotchilardagi kabi ishlab chiqarish miqyoslarida shunday tejamkorlikni ta’minlaydi. «Oldinga» vertikal integratsiya ham ana shunday ildizlarga ega.
Vertikal integratsiyaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
1. Integrallashgan firmalar yangi texnologiyalarga sekin koʻnikish tendensiyasiga ega boʻladilar, chunki bu katta xarajatlar bilan bogliq.
2. Integratsiya ta’minotchilarni erkin tanlash xususida firmaning imkoniyatlarini cheklaydi.
3. Vertikal integratsiya kadriyatlar zanjiridagi har bir bosqichda quvvatlarni balansligi bilan bogliq boʻlgan muammolarga olib keladi.
4. «Oldingi» yoki «orqaga» integratsiya turli malaka, mahorat va ishbop qobiliyatlarini talab etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |