Study of some medicinal plants in uzbekistan


Salvia L ning urug‘ unuvchanligi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana09.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1472207
1   2   3   4   5   6   7
Salvia L ning urug‘ unuvchanligi. Mavrak turkumi turlari urug’idan yaxshi o’sadigan 
o’simliklar qatoriga kiradi. Tadqiqotlarda dorivor mavrakning urug‘ unuvchanligini o‘rganish 
ikki sharoitda olib borildi: 1. Laboratoriya sharoitida urug‘ unuvchanligi. 2. Dala sharoitida 
urug‘ unuvchanligi. Xona sharoiti muhitida Petri likopchasida namlangan qog‘oz ustiga 100 
donadan mavrak urug‘lari ekildi. Tadqiqotlar 3 xil muddatda fevral, mart va aprel oylarida 
o‘tkazildi. Mart oyida laboratoriya sharoitida 20
o
haroratda urug‘lar 5 kunda unib chiqishni 


 
International Journal of Advanced Research in
ISSN: 2278-6236
 

 Management and Social Sciences
Impact Factor: 7.624
 
 

 
 
Vol. 11 | No. 7 |July 2022 
www.garph.co.uk 
IJARMSS | 49 
boshladi. Urug‘lar unib chiqishni boshlagan kunda 2%, maksimal darajada unib chiqish esa 
10 kunda (82%) hamda 12 kundan so‘ng urug‘lar unib chiqishi kamaydi (1%). Shunday qilib 
xona sharoitida jami 86 % urug‘lar unib chiqdi. Urug‘ning unib chiqish energiyasi 15,7% ni 
tashkil etdi. Introduksiya qilingan o‘simliklarning qiymatini yog‘ochining sifati, manzaralilik 
darajasi, sanitargigienik, biologik xususiyatlari bilan birga issiq va sovuqqa bardoshliligi ham 
belgilaydi. Laboratoriya sharoitida urug’larning unuvchanligini aniqlash uchun dorivor 
hamda muskat mavraklarining urug’lari tozalanib 1000 tadan urug’ni sanab olindi. 
Tadqiqot natijalariga asoslanib, quyidagi xulosalarni keltirish mumkin: 
Salvia L. turkumi o‘simliklari dunyoda juda keng tarqalgan Labguldoshlar oilasiga 
mansub. O‘zbekistonda 20 ga yaqin turlari aniqlangan. Dunyoda o‘nlab turlari xalq tabobati 
va farmasevtikada turli hastaliklarga qarshi ishlatiladi. Turkum turlarining O‘zbekiston 
botanik-geografik okruglari bo‘yicha tarqalishi o’rganilganda G’arbiy-Xisor (16 tur) va G’arbiy 
Tyan-Shan (12 tur) okruglari yetakchi o’rinlarda, aksincha Panj okrugida 3 tur tarqalganligi 
aniqlandi. O‘zbekiston botanik-geografik rayonlari bo‘yicha Qashqadaryoda 13 tur, 
Boysunda 11 tur, Chimgan va Nurotadai 10 tur bilan yetakchi o’rinlarni egallashi aniqlandi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling