Study of some medicinal plants in uzbekistan
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
ISSN: 2278-6236
Management and Social Sciences Impact Factor: 7.624 Vol. 11 | No. 7 |July 2022 www.garph.co.uk IJARMSS | 47 kukuni (poroshogi) farmasevtikada dorilarning ta’mi va hidini yaxshilashda asosiy vosita sifatida ishlatiladi. Shirinmiya ildizidan quyidagi dorivor preparatlar: glitsiram – glitsirrizin kislotasi asosida (bronxial astma, allergik toshmalar, ekzema va boshq. kasalliklarni davolashda), likviriton va flakarbin – flavonoidlar asosida (oshqozon yarasi va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklarini davolashda) olingan. O‘tkir bargli sano (Senna angustifolia Del.) urug‘larning unish energiyasi va unib chiqishi. Urug‘larni unish energiyasi eng muhim sifat ko‘rsatgichi bo‘lib, to‘liq pishib yetilgan, yaxshi saqlangan, tinim davrini o‘tab bo‘lgan urug‘larning unish energiyasi yuqori darajada bo‘ladi va ulardan hosildor, baquvvat, tashqi muhitga tez moslashuvchan, kasallik va zararkunandalarga chidamli o‘simliklar vujudga keladi. Urug‘larning unish energiyasi va unib chikishi davomida murakkab biokimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi. Urug‘larda kechadigan biokimyoviy jarayonlarga muhitning harorati, namligi va havo rejimi katta ta’sir ko‘rsatadi. Juda ko‘p o‘simliklarning urug‘ini unib chiqishi uchun havo va muhit harorati 25-27° dan past bo‘lmasligi kerak, urug‘larni unib chiqishi uchun urug‘ vazniga nisbatan 50-80% gacha suv talab qilinadi. Harorat va suv yetarli bo‘lgan sharoitda urug‘lar kislorodni jadal o’zlashtira boshlaydi, natijada urug‘ tarkibida biokimyoviy almashinish jarayoni faollashadi, ya’ni turli fermentlar ta’sirida polifenollar va aminlarni oksidlanish reaksiyasi ketib, lipaza fermenti yog‘larni glitseringa va moy kislotalariga aylantiradi. Tajriba maydonida sano o‘simligi urug‘ini unish energiyasi va unib chiqishini aniqlash uchun har bir variantda yetishtirilgan urug‘lar dan 100 donadan (iyul oyida olingan urug‘larni dekabr oyida unuvchanligi aniqlandi) sanab olindi va ularni tubiga filtr qog‘oz quyilgan Petri chashkalariga joylashtirilib, suv bilan buktirildi. Petri chashkalari xona haroratida o‘rtacha 25 °Sda saqlandi. Urug‘lar namiqtirilgandan keyin, 10- va 12-kunlari unish energiyasi va unib chiqish aniqlandi. Unish energiyasini aniqlashda urug‘lar dan maysani bo‘rtib chiqishi, unib chiqishda esa maysalar va ildizlarni vujudga kelishi hisobga olindi. Jadval ma’lumotlarini ko‘rsatishicha, urug‘lar suvda buktirilgandan keyin, 10-kuni aniqlanganda unish energiyasi 3- va 4- variantlar buyicha 11,7- 13,21 %, unib chiqishi esa 14,7-18,0% tashkil qildi. Tajriba variantlarida urug‘larning unish energiyasi 12-kuni 1- va 2-variantlarda 7,0-9,0%, unib chiqishi esa 10,2-12,6% dan iborat bo‘ldi. Bu urug‘larning unish energiyasi 14-kuni 1-variantda 61%,1-variantda73%, 3- |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling