Study of some medicinal plants in uzbekistan
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISSN: 2278-6236 Management and Social Sciences Impact Factor: 7.624
Geografik tarqalishi. O‘rta Osiyo, Dog‘iston, Turkmaniston, Qozog‘iston, asosan
Amudaryo, Ozarbayjon, shimoliy Kavkaz, Ukrainaning janubida, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi, Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoroda uchraydi. Silliq shirinmiya g‘arbiy Sibir, Kavkaz, Yevropaning janubi, O‘rtayer dengizi, Bolqon, old Osiyo, Eron, Afg‘onistonda tarqalgan. International Journal of Advanced Research in ISSN: 2278-6236 Management and Social Sciences Impact Factor: 7.624 Vol. 11 | No. 7 |July 2022 www.garph.co.uk IJARMSS | 46 Shirinmiya g‘arbiy va janubiy Yevropadae, Turkiya, Hindiston, Pakistan, Xitoy, Yaponiya va AQSh ni janubida ma’daniylashtirilgan Gullash ekologiyasi va o‘simliklar changlanishi yoki antekologiya-bu tabiatda mavjud gullarning gullashi va changlanishi uchun tashqi muhitning ijobiy va noqulay omillari ta’siri munosabatidir. Dastlabki g‘unchalar gulpoya hosil bo‘lgan davrdan 20-22 kundan so‘ng kuzatildi. Bu vaqtda o‘simlikning yer ustki qismining balandligi 25 sm, barglar soni 7 ta (barg yaprog‘ining uzunligi 6 sm, kengligi 3,3 sm), bo‘g‘im oralig‘i soni 5 va oralig‘i 2,3 sm tashkil etdi. Oradan 15-18 kundan so‘ng g‘unchalar gulga aylanadi. Gullarning sutkalik gullash maksimum ochilish vaqti soat 9-11 ga to‘g‘ri keladi. Bir dona gulning gullash davri 3-4 kunga teng. Yalpi gullash davri 25-35 kun davom etadi. Bu vaqtda asosiy g‘unchalar gulga kirib 90- 95 foizi ochilib bo‘ladi. Shunday qilib, shirinmiyaning mavsumiy gullash jarayonida yalpi (yoppasiga) gullash aprel oyi oxiri va may oyi birincht o‘n kunligiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Glycyrrhiza glabra gullash aprel-may oylariga to‘g‘ri keladi, gulpoyaning o‘suvchanligi sutkasiga 1-1,3 sm ga pasayadi. Shu bilan dastlabki gullar meva hosil qiladi. Gul changdonidagi chang donachalarining fertilligi 95% tashkil etdi. Yalpi mevalash davri 25-30 kun davom etadi, so‘ngra mevalarning yetilishi (pishish) davri boshlanadi. Bu davr ham bir oy davom etib, o‘simlik gullaganidan 55-60 kun o‘tkach mevalari to‘liq yetiladi. Bu vaqtda o‘simlik yer ustki qismining balandligi 145 sm, yer ostki qismining uzunligi 110 sm chuqurlikka yetadi. Barglar soni 22-24 tani tashkil etadi. O‘simliklar urug‘ining eng muhim biologik xususiyatlari: urug‘larning shakllanishi, tuzilishi, ularda yuz beradigan fiziologik jarayonlarning kechishidir. Har bir individning hayoti urug‘ning unib chiqishidan boshlanib, urug‘ hosil bo‘lishi bilan tamomlanadi. Introduksiya qilinayotgan o‘simliklar fazalarining to‘liq o‘tishi yoki o‘tmasligi u o‘stirilayotgan joyning ekologik omillariga bog‘liq. Shirinmiya ildizi qaynatmalar, damlamalar, ekstrakt yoki poroshok holida yo‘tal bilan kechadigan o‘pka kasalliklarida yo‘talni qoldiruvchi vosita sifatida, oshqozon-ichak kasalliklarida yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi vosita, dorivor aralashmalar tarkibida – ichni bo‘shatuvchi va siydikni haydovchi vosita sifatida foydalaniladi. Shirinmiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling