Суѓоришнинг ћосилдорликка ва унинг сифатига таъсири
Download 369,39 Kb. Pdf ko'rish
|
Yz9ATf2zdvomWNLKpI5nGjlPactFmQ7agp0Cqdse
Masalan: 1-dalada eng kichik nam sig’imi 3440 m
3 /ga teng, ikkinchi dalada – 3520 m 3 /ga teng. Sug’orishdan oldingi namlik sig’imini 70% NV da ushlab turganda, eng kichik namlik sig’imining pastki chegarasi 1-dalada 2408 m 3 /ga (3440 m 3 /ga · 70% NV : 100%), ikkinchi dalada - 2464 m 3 /ga (3520 m 3 /ga · 70% NV : 100%) ni tashkil etadi. 20-aprelda 0-100 sm qatlamdan olingan ildizlar namunalaridan 1-dala uchun aniq namlik sig’imi 2670 m 3 /ga teng, ikkinchi dala uchun 2800 m 3 /ga, ya’ni 77,6 % NV (2670 m 3 /ga : 3440 m 3 /ga x100%) ni va 79,5% NV (2800 m 3 /ga : 3520 m 3 /ga x 100%) ga teng. 1-dala uchun namlikning foydali zapasi (zaxirasi) 262 m 3 /ga (2670 m 3 /ga – 2408 m 3 /ga ) va 336 m 3 /ga ikkinchi dala uchun (2800 m 3 /ga – 2464 m 3 /ga ) ga teng. 1-dala uchun sug’orish normasi - 90% NV –70 NV = (90% ·3440 m 3/ ga : 100%) – (70% · 3440 m 3 /ga : 100%) = 3096 m 3 /ga – 2408 m 3 /ga = 688 m 3 /ga ga teng; 2-dala uchun sug’orish normasi – (90% ·3520 m 3/ ga : 100%) – (70% · 3520 m 3 /ga : 100%) = 3168 m 3 /ga – 2464 m 3 /ga = 704 m 3 /ga ga teng; Sug’orishni hisoblangan kundan 3 kun oldin boshlash kerak (27 aprel 1-dala uchun, 30 aprel – 2 dala uchun), ushbu sanagacha sug’orish muddati tugatilishi kerak. O’simliklarning rivojlanishini keyingi bosqichlari uchun ham sug’orish normasi shu yo’sinda hisoblanadi. Bunda har bir rivojlanish fazasida har 10 kunda dalalardan namlik uchun ildiz namunalari olinib, ushbu vaqt davomida tushgan yog’in miqdori hisoblanadi. Kuzgi bug’doydan yaxshi hosil olish uchun, sug’orish uchun ishlatiladigan sug’orish normasini to’g’ri taqsimlash zarur. Kuzgi bug’doyning ildizlarida suv resurslarining yaxshi rivojlanishi qo’yidagi sug’orish sanalarida takomillashadi. Kuzgi namlik hamda kuzgi-qishki yog’ingarchilik davri ildiz o’lik qatlamlarida ko’p miqdorda namlik hosil bo’lishiga olib keladi. O’simliklarning bahorgi o’sish fazasida 0-100 sm qatlamda NV o’rtacha 95% ni, yoki 3344 m 3 /ga (3520 m 3 /ga ·95% : 100%) ni tashkil etadi. Ildizdagi namlik hisobli qatlami 70% NV dan kam bo’lmasligi kerak, (2464 m 3 /ga NV) bunda NV 880 m 3 /ga (3344 m 3 /ga - 2464 m 3 /ga) gacha yetadi. Bunda o’rtacha so’tkalik 30 m 3 /ga namlik sarfi 29 kunga yetadi. Shuning uchun bahorgi o’simliklar rivojlanishi davrida kuzgi bug’doyni sug’orish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda yomg’irlatib sug’orish uskunalarini vaqtinchalik ishlatmay turish ham maqsadga muvofiqdir. O’simliklar chiqishi fazasida ildizda kerakli miqdorda namlik mavjud bo’ladi. Bu davrda yog’ingarchilik miqdori kam bo’lganligi uchun sug’orishni kichik normalarda olib boriladi. (300-350 m 3 /ga). Shonalash hamda gullash paytida o’simlik sug’orishga muxtoj bo’ladi. Namlik zaxirasini kamayishi 60-65 % NV bo’lsa, 70% hosilni kamayishiga olib keladi. Shuning uchun yog’in miqdori yetarli bo’lgan yillarda ham shonalash hamda gullash davrida sug’orish normasi 400 m 3 /ga atrofida bo’lishi kerak. Kuzgi bug’doyning biologik hisobi va yog’in miqdorini tushishini e’tiborga olib 12-jadvalda ushbu ekinning sug’orish rejimi keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling