Суѓоришнинг ћосилдорликка ва унинг сифатига таъсири
-BOB. KUZGI BUG’DOYNI YaХShI RIVOJLANIShIDA
Download 369.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Yz9ATf2zdvomWNLKpI5nGjlPactFmQ7agp0Cqdse
4-BOB. KUZGI BUG’DOYNI YaХShI RIVOJLANIShIDA
O’G’IТLARNING OPТIMAL ME’YoRI Kuzgi bug’doyni yaxshi rivojlanishida o’g’itlarning optimal me’yori, tuproq katlamini hosildorlik darajasini oshirish va saqlash muhim ahamiyatga ega. Kuzgi bug’doyga kerak bo’ladigan o’g’itlarni normasini turli xil tuproq qatlamlarida qo’yidagi agrokimyoviy ko’rsatkichlar ijobiy natija beradi: asosiy mahsulotni kimyoviy tarkibi (NRK), hosilning mineral elementlari, tuproq qatlamining o’simliklar uchun kerak bo’lgan azot, fosfor, kaliy hamda mikroelementlar bilan ta’minlanganligi, tuproq qatlami turiga bog’liq holda tuproq qatlam (NRK) tarkibi va o’g’itlar, ob-havo sharoitlari va boshqalar. 15-jadvalda kuzgi bug’doydan oziq moddalarning o’rtacha tarkibi keltirilgan. O’simliklardagi oziq moddalar elementlari miqdorini bilgan holda, buning uchun berilgan hosilning hajmini har bir a’zosini ularning kimyoviy tarkibiga ko’paytirish zarur. 50 s/ga kuzgi bug’doy donini olish uchun 125 kg/ga azot (50 ·2,5), 42,5 fosfor (50·0,85) va 25 kg/ga kaliy (50·0,5) kerak bo’ladi. Ushbu don hosiliga 75 s/ga somon to’g’ri keladi. (50·1,5), bunda o’simliklar orqali tuproq qatlamidan 37,5 kg/ga azot (75·0,5), 15-fosfor (75·0,2) va 75 kg/ga kaliy (75·1) chiqadi. Umumiy chiqish alohida a’zolarining oziq moddalarini chiqish yig’indisiga teng. 162,5 kg/ga azot (125+37,5), 57,5 – fosfor (42,5+15) va 100 kg/ga kaliy (25+75). Qulay bo’lishi uchun, o’g’itlar me’yori hisoblashda NRK 1 s don chiqishidan foydalaniladi. Bunda oziq moddalarning umumiy chiqishini berilgan don hosiliga bo’linadi. Kuzgi bug’doy 1 s donga unga mos somonlar miqdori bo’yicha (kg): N - 3,25(162,5 : 50), R 2 O 5 - 1,15(57,5 : 50), K 2 O – 2(100 : 50) chiqaradi. Hosilning ko’payishi bilan, oziq moddalar elementlarining umumiy chiqishi kattaradi. Kuzgi bug’doydan hosil olish texnologiyasi o’simlikning naviga qarab o’g’itlarni me’yorini iqtisodiy jihatdan ko’rib chiqadi, bunga ayrim hollarda belgilangan hosildorlikka erishish 60-70% ga yetadi, ayniqsa yengil mexanik tuproq qatlamlarda. Kulrang tuproq qatlam uchun oziq moddalar bilan ta’minlanganlik kartogrammasi mavjudligida mantiqiy sxema hisobi yaxshi natija beradi (16-jadval). Shundan kelib chiqib, 50 s/ga don olish uchun berilgan dalada N 123 R 101 K 5,2 yoki 276 kg/ga NRK hisobida kiritishga to’g’ri keldi. 1 kg NRK tuproq qatlamga kiritilganda, bunday doza miqdorida 8,3 kg atrofida don (22,8 s/ga don : 276 kg/ga NRK) olish mumkin. Тuproq qatlamning ko’rsatilgan agrokimyoviy ko’rsatkichlari orqali, uning hosildorlik samarasi hisobiga 27,2 s/ga (88,5 kg/ga N : 3,25 kg/s) don azotdan, 28 (32,2 kg/ga R 2 O 5 : 1,15 kg/s) – fosfordan va 33,1 s/ga (66,3 kg/ga K 2 O : 2 kg/s) don kaliydan. Тuproq qatlamidan o’simlik orqali azot, fosfor va kaliyni (V P ) chiqishi ushbu elementlarning ta’minlanganlik kartogrammasi asosida qo’yidagi formula yordamida aniqlanadi: Download 369.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling