Surxon vohasining tabiiy geografik joylashuvi va aholining xo’jalik faoliyat turlari reja


Download 68.68 Kb.
bet3/8
Sana15.06.2023
Hajmi68.68 Kb.
#1486737
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SURXON VOHASINING TABIIY GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA AHOLINING XO’JALIK FAOLIYAT TURLARI

Turg‘un aholi bilan yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troq chorvadorlar orasida o‘zaro iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilgan. Savdo - sotiq tufayli dehqonchilik mahsulotlari chorvachilik mahsulotlari bilan ayriboshlash keng yo‘lga qo‘yiladi. Chorvadorlar bozorga qo‘y, ot, tuya, qora mol, jun, teri va boshqa mahsulotlarni sotib, o‘rniga bug‘doy, arpa, tariq, guruch va boshqalarni olganlar. Viloyat bozorlarida, markaziy Chag‘oniyonda qishloq xo‘jalik (jumladan chorvachilik) mahsulotlari, xunarmandchilik tovarlari ko‘plab bo‘lgan. Markaziy bozordan tovarlar aholi va savdogarlar tomonidan sotib olinib har tomonga tarqalar edi.

Bu davrda Chag‘oniyonning siyosiy nufuzi oshdi. Chag‘oniyon amirligining Samoniylar saltanati (875 - 999) dagi nufuzi g‘oyatda katta bo‘lib, bu suloladan chiqqan amirlar aksar Xuroson noibligini bajargan. Chag‘oniylar sulolasining vakili Abu Bakr 930 - 939 yillari Chag‘oniyonni boshqargan. Chag‘oniylar sulosining asoschisi Muxtoj Chag‘oniy hisoblanadi. Biroq uning amirlik davri sanasi aniq emas. Umuman Chag‘oniyon amirligi sarhadlari keng bo‘lib uning hududlariga g‘arbdan Boysun, Darband, shimoldan Hisoru-Dushanbe, janubdan Jarqo‘rg‘ondan yuqoridagi tumanlar, sharqdan Bobotog‘ etaklarigacha cho‘zilgan zaminlar kirgan.

Butun voha Chag‘oniyon nomi bilan yuritilgan. Qadimgi Surxon bo‘lsa Chag‘onrud deyilgan. Chag‘oniyon va Chag‘onrud ko‘hna sak elati nomi ila hamohangliklar kasb etadi, ya’ni daryo atamasi Sakonrud - Shakonrudning talaffuzidagi o‘zgarishlar natijasidir. Bu esa Sakoniyon - Shakoniyon yoxud Chag‘on – Sakon – Shakon - Chakonga ham to‘kis taalluqlidir. Zero, bu nom ayrimlar aytganidek, Chag‘ona (qizil) so‘ziga mutloqo aloqador emas. Saklarning Baqtriya bilan aloqasi qadimdan mavjud ekanligi ma’lum, chunonchi, ahamoniylar davridanoq (balki, undan ham ilgariroq) sak va boxtar (Boxtariy) larning qo‘shinlari yagona lashkarga birlashtirilib, Eron - Yunon urushlarida qatnashganini yaxshi bilamiz.

Chag‘oniyonning qadimgi markazi hozirda Qizilsuv (Sangardak) ning Surxonga quyiladigan chap sohilida xarobaga aylangan. Budrachtepa o‘rnida bo‘lgan, keyinroq bu markaz Denovga ko‘chgan, voha ham uning markazi ham Chag‘oniyon deyilgan. Arab manbalarida Chag‘oniyon Sag‘aniyon (goho Sakaniyon) tarzida bitiladi, bu esa arab tilida «ch» tovushining yo‘qligi tufayli ro‘y bergan hodisadir. Surxon hududida yashagan turg‘un turkiy aholi tojiklar bilan birga, ajdodlari yaratgan moddiy boylikning vorislari bo‘lib, uni avaylab saqlab, himoya qilib, o‘z hissalarini qo‘shib, uni boyitib kelar edilar. Tojiklarning ba’zi guruhlari Qarluq va boshqa urug‘larga aralishib, qorishib ketgan. X - XII asrlarda Surxon vohasi hududlariga Movarounnahr shimoliy qismi Toshkent va Farg‘ona tarafdan Arg‘in ko‘chmanchi turkiy qabilalar kelib joylashib o‘troq aholiga qo‘shilib ketdi. Vohada XVI - XVII asrlarda etnik joylashuv ancha kengayib turkiy va tojik xalqlari bilan yaqin etnik, iqtisodiy va madaniy aloqalar kengayib borib, Surxon vohasi aholisi kelib chiqishi, lahjalari, antropologik tarkibi, turmush tarzi, xo‘jaligi, urf-odatlari va urug‘ qarindoshchilik an’analarining o‘ziga xos xusussiyatlari nuqtai nazaridan uch guruhga bo‘lish mumkin:


-qadimiy o‘troq aholi bo‘lib, urug‘ - qabilachilik an’analariga ega bo‘lmagan: xo‘jalar, chig‘atoylar, harduriylar va boshqalar;
-o‘troq aholiga aralashib ketmagan. Yarim o‘troqlashgan hamda urug‘-qabilachilik tartiblarini saqlab qolgan, mug‘ullar bosqinidan ilgari va undan keyingi davrlarda kelgan turkiy qabilalar, bularga: qorluqlar, barloslar, kaltatoylar, turklar va qatog‘onlar;
-Shayboniyxon istilosi davridan, ya’ni XV asr oxiri - XVI asr boshlarida kela boshlagan Dashti qipchoq o‘zbeklari - yuzlar, qo‘ng‘irotlar, do‘rmonlar va boshqalar.
XIX asr oxirida Buxoro amirligida 27 beklik bo‘lib, shundan uchtasi Surxon vohasida edi: Boysun, Sherobod va Denov bekliklari. XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida ikki million atrofida aholi istiqomat qilar edi. Shundan 200000 nafari Surxon vohasida yashagan.

Download 68.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling