Surxon vohasining tabiiy geografik joylashuvi va aholining xo’jalik faoliyat turlari reja


Download 68.68 Kb.
bet4/8
Sana15.06.2023
Hajmi68.68 Kb.
#1486737
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SURXON VOHASINING TABIIY GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA AHOLINING XO’JALIK FAOLIYAT TURLARI

Qo‘ng‘irot urug‘ining etnogenezini o‘rganishda tarixiy manbalarning o‘rni beqiyosdir. Chunki aynan manbalar orqali biz qo‘ng‘irotlarning kelib chiqishi va ularning O‘rta Osiyo hududiga ko‘chib o‘rnashish tarixini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Qo‘ng‘irotlar haqida ma’lumot beruvchi tarixiy manbalardan biri XIV asrda yashagan mashhur Sharq tarixchisi Rashididdin Fazlulloh Qazviniy (Hamodoniy) ning «Jome’-at-tovarix» asaridir. Taniqli o‘zbek olimi X.Doniyorovning ta’kidlashicha, Rashididdinning ushbu asari shu vaqtgacha G‘arb va Sharq olimlari tomonidan mo‘g‘ullar deb atab kelinayotgan o‘zbek (turkiy) qabila va urug‘larning aslida kim ekanligini aniqlash uchun bevosita kalit bo‘lib xizmat qiladi.
Qo‘ng‘irotlarning XV - XVIII asrlardagi tarixini o‘rganishda Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Muammad Yusuf Munshiyning «Tarixi Muqimxoniy», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», Abulg‘oziyning «Shajarai turk» kabi asarlari muhim ahamiyatga ega.
Qo‘ng‘irotlar beshta katta urug‘ga bo‘linadi: Vaxtamg‘ali, Qo‘shtamg‘ali, Qonjig‘ali, Oyinni va Tortuvli.

Voxtamg‘ali 18 ta urug‘ga bo‘lingan: qozoyoqli, ochamayli, qoraqo‘ng‘irot, chanchiqli, bolg‘ali, baymoqli, jilontamg‘ali, aboqli, taroqli, irg‘oqli, bo‘gajili, cho‘michli, xandakli, qaychili, uyuvli, ishqili, kesovli.


Qo‘shtamg‘ali 16 urug‘ga bo‘lingan: qoraqasmoq, qoraqalpoq, ko‘chaxo‘r, to‘langit, o‘troqli, kal, tulovmat, mavlish, kulobi, ko‘sa, chol, barmoq, savribuzar, samburu, bandikuchuk, oqpichoq.
Qonjig‘ali 14 ta urug‘ga: qoraursoq, no‘g‘ay, ulus, moltaka, chullik, qo‘ldovli, chala, quyun, qorabuvra, qora, do‘ska, ko‘rto‘g‘ay, jelkillak, to‘pqora.
Oyinlilar 12 ta urug‘ga bo‘lingan: oytamg‘a, churon, kochay, beshbola, hojibachcha, oqtona, tupor, kal, qovg‘a, turkman, qoraqalpoq, qora.
Tortuvli 6 urug‘ga bo‘lingan: to‘g‘iz, mo‘nka, oboxli, maydato‘ba, o‘r, cho‘poq.
Yuz urug‘i qo‘ng‘irot urug‘i kabi o‘zbek elatining eng katta urug‘ va qabilalaridandir. X.Doniyorov «O‘zbek xalqining shajara va shevalari» kitobida yuzlarning uch guruhini keltirib o‘tadi: qarapchi, marqa bolasi, rejab bolasi. Albatta X.Doniyorov Toshkent, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan olingan ma’lumotlar asosida yuzlarning uch guruhini keltirib o‘tgan.
Surxon vohasida yuzlarning asosan qarapchi hamda turkman yuz urug‘lari yashaydi. Ular asosan Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov va Uzun tumanlarida istiqomat qiladilar. Yuzlarning Markaziy Osiyoga kelishi, ijtimoiy turmushi va xo‘jaligi xaqida N.A.Aristov, V.V.Bartold, X.Doniyorov, V.I.Lipskiy, N.A.Maev, L.P.Potapov, I.P.Magidovich, B.X.Karmisheva kabi olimlar o‘z asarida to‘xtalib o‘tadilar.
B.X.Karmishevaning ta’kidlashicha turkman yuzlarining Surxon - Hisor vohasiga kelishi xaqida uchta fikr mavjuddir: birinchisi - qo‘ng‘irotlar kabi orqa yurtdan; ikkinchisi - avlodlari yurti O‘ratepadan va Nurotadan. Sohibqiron Amir Temur davrida Surxon vohasida Turkman dasht mavjud bo‘lib, rivoyatlarga qaraganda Turkman dasht Amir Temur otasining qo‘rg‘oni bo‘lgan deyiladi. Xuddi Amir Temurning beshinchi bobosi Qorachar No‘yonga Kesh viloyati suyurg‘ol qilinganidek; uchinchisi - Sulton Sanjar moziy tomonidan yuzta turkman ko‘chirib keltirilgan.
Shuning uchun yuz (juz), ya’ni Turkman - yuz deb ataladi. Surxon vohasidagi yuzlar o‘zlarini Jizzax va Samarqanddan ota-bobolarimiz ko‘chib kelgan deb ta’kidlashadi. X.Doniyorovning ta’kidlashicha, samarqandlik yuzlarning avlod - ajdodlari asli Hisor - Ko‘lobdan kelgan. 1924 yilgi aholi ro‘yxatiga asoslanib I.Magidovich quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. O‘zbek qabilalari orasida «Qirq yuz» degan qabilalar ittifoqini (birlashmasini) ajratib, ularni qandaydir harbiy ma’noga ega bo‘lgan qabilalar ittifoqining qoldig‘i deb hisoblaydi.
Bu ittifoqidagi ba’zi guruhlarni ham ko‘rsatib o‘tadi; Marqa (Kofirnigon vohasida), Xitoy – yuz (Qoratog‘daryo vodiysidan), Qorapchi (Surxondaryoni yuqori oqimi), qirq (Qashqadaryo va Samarqandda) va yuz (Samarqandda). I.Magidovich etnografik hisobot ma’lumotlariga suyanib, «yuz» qabilasini Farg‘ona, Xo‘jand va Toshkent viloyatlarida ham istiqomat qilishini ta’kidlaydi. Olib borilgan tadqiqotlarimizda bu qabila ittifoqining quyidagi ilmiy asoslangan bo‘limlarga bo‘lib o‘rgandik. Qorapchi va Marqadan tashqari, so‘rov natijalariga asoslanib, biz yuz qabilasi tarkibiga yana ikkita urug‘ni kiritdik; vaxtamg‘ali (yoki baxtamg‘ali) va jilontamg‘ali. O‘z navbatida, so‘rovlar natijasida bu ikki urug‘ yana mayda dahalarga bo‘linadi;

Download 68.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling