Surxondaryo viloyat xalq


Download 2.85 Mb.
bet4/7
Sana30.09.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1690339
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekosistemaning tarkibiy tuzilmasi

Produtsentlar(lotincha producens – “yaratuvchi”) – organik birikmalarni hosil
qiluvchilar, ya’ni avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlaydi. Bu guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar kiradi.
Konsumentlar(lotincha consume – “iste’mol qilaman”) yoki iste’mol qiluvchilar geterotrof organizmlar bo‘lib, tayyor organik birikmalar bilan oziqlanadi va oziq tarkibidagi energiyani oziq zanjiri bo‘ylab uzatadi. Oziq (trofik) zanjiri organik birikmalarni hosil qiluvchilardan iste’mol qiluvchilarga bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi organizmlar ketma-ketligidir.
Konsumentlarga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. Redutsentlar(lotincha reduco– “qaytaraman”, “tiklayman”) yoki destruktorlar(lotincha destruo– “parchalayman”) geterotrof organizmlar bo‘lib, organik birikmalarni anorganik moddalargacha parchalaydi. Ularga saprotrof (saprofit) bakteriyalar va zamburug‘lar kiradi.
Saprotroflar qoldiq organik birikmalar bilan oziqlanib, ularni mineral moddalarga parchalaydi. Hosil bo‘lgan mineral moddalar tuproqda to‘planib, produtsentlar tomonidan o‘zlashtiriladi. Shunday qilib, biotsenoz produtsentlar, konsumentlar, redutsentlardan tashkil topadi. Bu guruhlarning hayoti bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.

Sayyoramizdagi ekosistemalar juda xilma-xil. Kelib chiqishiga ko‘ra ekosistemalarning quyidagi xillari farqlanadi:
1. Tabiiy ekosistemalar– bu turdagi ekosistemalarda biologik o‘zgarishlar insonning bevosita ishtirokisiz boradi, masalan, dengiz, ko‘l, o‘rmon va boshqalar. Tabiiy ekosistemalar tabiat omillari ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi.
2. Sun’iy (antropogen) ekosistemalar– inson tomonidan yaratilgan va inson
k o‘magida faoliyat yurita oladigan ekosistemalar. Bu guruh ekosistemalariga agroekosistemalar, urbanoekosistemalar (shahar ekosistemalari) misol bo‘ladi.
T abiiy ekosistemalar
bir qator xususiyatlarga ega bo‘lib, bu xususiyatlar ularning uzoq muddat davomida barqarorligini ta’minlaydi. Bu xususiyatlarga ekosistemalarning o‘z-o‘zini yaratishi (tiklashi), barqarorligi, o‘z-o‘zini boshqarishi, rivojlanishi va ekologik suksessiya (ekosistemalarning almashinishi) kabilar kiradi. Tabiiy ekosistemalar turlarining xilmaxilligi bilan ta’riflanadi. Tabiiy ekosistemalardagi hayotiy jarayonlarning amalga oshishi va ularning shakllanishi inson faoliyatiga bog‘liq emas. Tabiiy ekosistemalar 3 tipga bo‘linadi: 1) quruqlik ekosistemalari; 2) chuchuk suv ekosistemalari;
3) dengiz ekosistemalari.
Quruqlikdagi ekosistemalar juda xilma-xildir. Bir xil iqlim mintaqalarida joylashgan ekosistemalar yig‘indisi biomlar deb nomlanadi. Biomlarning quyidagi turlari farqlanadi: Arktika tundrasi va alp tundrasi, shimoliy ignabargli o‘rmonlar, mo‘tadil iqlim o‘rmonlari, dashtlar, sahrolar, tropik o‘rmonlar.
Chuchuk suv ekosistemalari boshqa ekosistemalarga nisbatan kam hududlarni
egallashiga qaramay, ularning ahamiyati juda katta. Barcha chuchuk suv havzalari tu zilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: oqmaydigan suv havzalari – ko‘l, hovuzlar; oqadigan suv havzalari – daryo, soy, buloqlar; botqoqlar.
Dengiz ekosistemalariga ochiq dengizlar (okean), kontinental shelflar, ko‘rfazlar, bo‘g‘ozlar, daryolarning quyilish joylari (limanlar) kiradi. Dengiz ekosistemalari Yer sharining 70% ini egallaydi.

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling