OZIQ-OVQAT INJINERINGI, JARAYON VA QURILMALARI FANIDAN
1 –MA’RUZA MAVZUSI
SUT VA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING USKUNALARI.
Reja:
1. Dinamik nasoslar.
2. Markazdan qochma nasoslar.
3. Hajmli nasoslar.
4. Sut quvurlari va armaturalar.
5. Sutni qabul qilish, sovutish va saqlash uskunalari.
6. Rezervuar – sovutgichi.
Tayanch iboralar: dinamik, uzatish, bosim, korpus, qopqoq, ishchi g’ildirak, markazdan qochma kuch, hajmli nasos, haydash, rotorli, vintli, shiberli, membranali, porshenli nasoslar, rezervuar.
Sut sanoatida sutni tashish uskunalaridan nasoslar - asosiy hisoblanadi. Ular xomashyo - sutni qabul qilishda, uskunalarga uzatish va ularni bо'shatish uchun hamda bajariladigan texnologik operatsiyalar oralig'ida trasportirovka qilish uchun mo'ljallangan. Sut armaturalar o'rnatilgan sut quvurlari orqali transportirovka qilinadi. Sut sanoatida 2 turdagi nasos1ar qo'llaniladi: dinamik va hajmli.
Nasoslar ishini baholovchi asosiy ko'rsatkichlar - uzatish va bosim. Uzatish shunday ko'rsatkichki, u vaqt birligida nasos bilan uzatiladigan mahsulot miqdorini ko'rsatadi. Bosim - mahsulotni so'rib olish sathidan uni uzatishning eng yuqori nuqtasigacha bo'lgan balandlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |