Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining uskunalari


KS-ONV nasosining texnik xarakteristikasi


Download 307.34 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi307.34 Kb.
#209519
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- МАВЗУ (1)

KS-ONV nasosining texnik xarakteristikasi

Suyuqlik uzatish, m3/soat

0,25

Bosim,МPa

16

Kolen val aylanish chastotasi, S·1

3,84

Мahsulot harorati, 0С

60-80

Plunjerlar soni

3

Plunjer qadami, mm

40

Belgilangan quvvat, kW

2,2

Gabarit o'lchamlari, mm

845х510х790

Мassa, kg

360




3-rasm. Yuqori bosimli nasos:

1 - chegara; 2 - gidravlik blоk; 3 - krivoship-shatun mexanizmi; 4 - tayanch; 5 - plita; 6 - elektrodvigatel; 7 - rostlovchi vint; 8 - bolt.




4-rasm. Avtomotsisternalar:

a-avtoulov- sisterna VI-OTA-13,5: 1 -avtomobil; 2 -sisterna; 3 - qopqoqli lyuk; 4 - xizmat maydonchasi; 5 - yuvish tizimi; 6 - zina; 7 - sisterna shassisi; 8 - tayanch moslamasi; 9 - elektroqurilma; b - avtopoezd - sisterna G6-ОРА-15,5: 1 - avtomobil; 2 - qopqoqli luk; 3,5 - sisternalar; 4 - zinа.


Sut quvurlari va armaturalar. Sutni qabul qilish, rezervuarlarga, texnologik uskunalarga uzatish va operatsiyalar orasida haydash sut quvurlari - zanglamaydigan po'lat, aluminiy, shisha va polimer materiallardan yasalgan quvurlar orqali amalga oshiriladi. Sut quvurlari konstruksiyasi yuqori darajali sanitariya sharoitlari talablariga javob beradigaп, yuvish va dezinfek­siyalash uchun oson yechiladigan va yig'iladigan bo'lishi lozim.

Sut sanoatida ichki diametri 25, 32, 36, 50, 75 mm, devor qalinligi 1 va 1,5 mm ga teng bo'lgan zanglamas po'latdan yasalgan quvurlar keng tarqalgan. Ularni, odatda, 2-4 m uzunlikdagi bo'laklardan yig'iladi. Ular ulanish uchun mos detallar (nippel gaykasi, rezbali shtutser, zichlagich) bilan jihozlangan.

Shisha quvurlar oddiy va issiqga chidamli materialdan yasalgan bo'ladi. Oddiy shishadan yasalgan quvurlar uchun harorat 40 °С gacha o’zgarishi, issiqqa chidamligi uchun 90-100 °С gacha o'zgarishi mumkin. Ularning diametri 12-100 mm va uzunligi 1-3 m ni tashkil etadi.

Ularning kamchiligi: mo'rtligi, keskin mexanik kuch va katta dinamik kuchlanishga chidamsizligidir.

Polimer materiallar yasalgan quvurlar korroziyaga chidamli, gidravlik qarshiligi metalldan yasalgandan kamroqdir. Montaj qilish kam mehnat talab qiladi. Lekin ular issiqqa chidamsiz. Ishchi harorati 80-85 °С, bug' bilan dizenfeksiya qilish imkoni yo'q.

Texnologik uskunalar hamda sut quvurlari armaturalar bilan jihozlanadi. Ular kommunikatsiyalarni ulash, oqimni tashkil etish va boshqarish, ular yo'nalishini o'zgartirish, ratsional ravishda transportirovka qilish imkonini beradi. Sut armaturalari, odatda, sut quvurlariga montaj qilinadi.

Armatura konstruksiyasi yuqori sanitariya sharoitlari talabiga javob berishi va yuvish, dezinfeksiya qilish uchun oson yechiladigan va yig'iladigan bo'lishi kerak.

Sut armaturalarining asosiy turlari




Download 307.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling