Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining uskunalari


Download 307.34 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi307.34 Kb.
#209519
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- МАВЗУ (1)

Hajmli nasoslar. Ularning ishlash prinsipi shundan iboratki, ishchi kameraga kelib tushayotgan шahsulotning ma'lum bir hajmli ish organi orqali bosim patrubkasiga itarib kirgiziladi. Korpus va qopqoq nasosning bosim beruvchi va so'ruvchi patrubkalari bilan birga ishchi kamerasini hosil qiladi.

Bu nasoslar yopishqoq,plastik konsistensiyali sut mahsulotlarini haydash uclшn qo'llaniladi (qaymoq, smetana, muzqaymoq aralash­masi, tvorog va b.).



Hajmli nasoslar rotorli, vintli, shiberli, kulachkovli, shesternyali, meшbranali, porshenli bo'ladi. Rotorli, vintli va plunjerli nasoslar keng tarqalgan.



1-rasm. Markazdan qochma elektronasoslar.

а -36- 1S2, 8-20 (G2-OPB), 36-1S1,8 (G2-OPA): 1 - kojux; 2-elektrodvigatel; 3 - kronshteyn; 4 - zichlovchi halqa; 5 - gayka; 6 - siquvchi halqa; 7 - qopqoq; 8 - quvursimon tugash qismi (oxiri); b - 50-1S7,1 -31 (1G2-OPD): 1 - qopqoq; 2 - ishchi g'ildirak; 3,11 - zichlovchi halqa; 4 - tugash qismi (oxiri); 5 - siquvchi halqa; 6- shtift; 7 -elektrodvigatel; 8 -kojux; 9-tayanch; 10-flanets; v-75-1S14,0-31 (2G2-OPD): 1 - kojux:; 2- elektrodvigatel; 3 -flanets; 4 - bolt; 5 - qopqoq; 6,9 - zichlovchi halqalar; 7 - ishchi g'ildirak; 8 - maxsus gayka; 10 - shtift; 11 - tugash qismi ( охiri).


Rotorli nasos quyidagi asosiy qismlaridan tashkil topgan: rama, privod, nasosning o'zi va (korpus) qobiq (2-rasm).

Rama yupqa materialdan payvandlab yasalgan konstruksiya bo'lib, nasos privodini, nasosning o'zi va boshqa uzellarni montaj qilish uchun mo'ljallangan.

Rotorli nasoslar (VЗ-ORA-2, VЗ-ORA-10) sut mahsulotlarini (qaymoq, konsentrlangan va quyultirilgan(45%) sut, muzqaymoq aralashmasi, gordon sut mahsulotlari) 90 °С haroratgacha quvurlar orqali uzatishga mo'ljallangan.

Hajmli nasoslardan biri K5-ONV U sut-konserva zavodlarida quyultirilgan sпtni purkab quritadigan uskunaga haydab berish uchun ishlatiladi. Вu nasos uch plunjerli yuqori bosim hosil qiluvchi nasosdir. U krivoship-shatun шexanizmidan, privod, gidravlikali blоk va qobig'dan iborat. Krivoship-shatun шexanizmi harakatga elektrodvigateldan klinoremenli uzatkich yordaшida keltiriladi.



Korpus ichida moy vannasi mavjud. Ishqalanish yuzalari шoyni рurkash yo'li bilan moylanib turiladi. Korpusga elektrodvigatel ikkita tayanch orqali sharnirli qilib o'rnatilgan (2-rasmlar).



2-rasm. Rotorli nasos:

а - umumiy ko'rinishi: 1 - rama; 2 - nasos uzatmasi; 3 - kojux; 4 - nasos;



b - qirqimdagi ko'rinishi: 1 - shesternya; 2 - nasos korpusi; 3 - klapan; 4 - zichlov; 5 - tishli g'ildirak; 6,9 -vallar; 7 - patrubok; 8 - ijrochi organ (rotor); 10 - patrubok.

Download 307.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling