Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarining uskunalari
Download 307.34 Kb.
|
1- МАВЗУ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markazdan qochma nasoslar.
Dinamik nasoslar. Вu turdagi nasoslarga parrakli, vixrli va boshqalar kiradi. Parrakli nasoslar o'z navbatida markazdan qochma va o'qli xillarga bo'linadi. Dinamik nasoslarning ishchi organlari aylanadigan ishchi g'ildirakdir. Energiya mahsulotga ishchi g'ildirakdan раrrаk yoki disklarning tegib tugan sutga dinamik ta'siri orqali o'tadi. Sutni haydab berish uchun markazdan qochma nasoslar keng qo'llaniladi.
Markazdan qochma nasoslar. Ular quyidagi asosiy qismlardan iborat: korpus, qopqoq, ishchi g'ildirak, zichlagich va kuch uzatish korpus qopqoq bilan birga kamera hosil qiladi. Korpusga bosim va kirish patruboglari o'ratilgan (1-rasm). Kuch bevosita elektrodvigatel validan uzatiladi. Bu nasoslarning ishlash prinsipi korpusga o'rnatilgan, qopqoq bilan yopi1gan ishchi g'ildirkning katta tezlikda aylanishidan hosil bo'lgan markazdan qochma kuchdan foydalanishga asoslangan. Mahsulot markazdan qochma kuch ta'sirida kamera periferiyasiga otilib, undan esa bosim patrubogiga kiradi. Buning natijasida kamera markazida bosim pasayishi yuz beradi. Mahsulotning yangi qismi atmosfera bosimi ostida so'rish quvurlari orqali kameraning markaziy qismi to'ldiriladi va sikl takrorlanadi. Nasoslar ikki guruhga bo'linadi: suyuqlik bilan to'ldirilgan va o'zi so'rib oladigan. Ishchi g'ildirakning konstruksiyasiga asosan markazdan qochma nasoslar parrakli va diskli bo'ladi. Parrakli nasoslar, odatda, suyuqlik bilan to'ldirilib turib ishlaydi va mahsulotni unchalik baland bo'lmagan sathga hayday oladi (10 m gacha). Diskli nasoslar bir va ikki bosqichli bо' ladi. Asosan bir bosqichli nasoslar keng tarqalgan. Вu nasoslarning ishchi g'ildiragi yo'naltiruvchi kanallardan iborat diskdir. Bunday konstruksiya sutga salЬiy ta'sir etuvchi omillarni kamaytiradi (ko'pirish, kuvlanish natijasida sut yog'ining disperslanishi va h.k.). Buпday nasoslar bosimi sutni 30 m dan ham yuqoriroq balandlikka uzatish imkonini beradi. Ikki bosqichli diskli nasoslar 100 m gacha bosim hosil qilishlari mumkin. Ular konstruktiv oddiy, yuvish uchun qulay, oson qismlarga ajraladi va yig'iladi.
Download 307.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling