Suv resurslarini boshqarish
management………………………………………………………………………
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU
management……………………………………………………………………… ………. 171 Glossary…………………………………………………………………………... 174 References………………………………………………………………………... 177 Kirish Nazariy jihatdan qaralganda suv resurslari tuganmasdir, chunki ularning umumiy miqdori (sifatini e‘tiborga olmaganda) mavjud talablarga nisbatan ancha katta hamda chuchuk suvlar resurslari suvning tabiatdagi aylanma harakati jarayonida tiklanib, yangilanib turadi. Ammo suvni ist‘emol qilish shunday jadal sur‘atlar bilan o‗smoqdaki, insoniyat bugungi suv resurslari taqchilligi va ularning sifatini yomonlashib borishi sharoitida, o‗zining kelajakdagi suvga bo‗ladigan extiyojlarni qanday ta‘minlash kyerakligi haqidagi chuqur o‗yga tolmoqda. Jahonning ko‗plab mamlakatlari va mintaqalarida yildan-yilga suv resurslari takchilligi kuchayib borayotgani sezilmokda. Suv xo‗jaligining asosiy vazifasi- xalq xo‗jaligining barcha tarmoq va sohalarining, shuningdek, atrof muhitning talablaridan kelib chiqqan holda ularni zaruriy mikdordagi va sifatdagi suv bilan ta‘minlash, shuningdek suv bilan bog‗liq salbiy oqibatlarni oldini olishni o‗z ichiga oladi. Suv resurslaridan okilona foydalanish va ularni muhofaza qilishni boshqarish turli mexanizmlar yordamida amlaga oshirilib, jumladan uni iqtisodiy mexanizmlar bilan boshqarish vazifalari o‗z ichiga quyidagilarni oladi: - suv resurslaridan okilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‗yicha asoslangan tadbirlarni rejalashtirish va zaruriy mablag‗ bilan ta‘minlash; - suvdan foydalanish limitlarini belgilash; - suvdan foydalanganlik va suv iste‘moli uchun to‗lov me‘yorlarini belgilash; - suv ob‘ektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik uchun cheklov va to‗lov me‘yorlarini belgilash; - kam chiqindi ajratuvchi va chiqindisiz ishlaydigan texnologiyalarni, suvdan oqilona foydalanish va uning tejamkorligi sohasida yuqori samara beradigan boshqa tadbirlarni qo‗llaganligi uchun soliq, kredit va boshqa yo‗nalishlarda imtiyozlar berish; - suv qonunchiligi talablarini buzilishi sababli suv ob‘ektlari va inson salomatligiga etkazilgan zararlarni qoplash va boshqalar. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‗nalishi, suv xo‗jaligi majmuasi qatnashchilari, ya‘ni xalq xo‗jaligi sohalarida samarasiz suv iste‘moli miqdorini qisqartirishga yo‗naltirilgan bo‗lib, ayniksa bu toza suv iste‘moliga tegishlidir. Mazkur masalada ikkinchi yo‗nalish – suvdan foydalanishning barcha bosqichlarida katta mikdordagi suv yo‗qotilishlariga barham berishdan iboratdir. Bugungi kunda suv yo‗qotilishi holati suv xo‗jaligi majmuasining barcha qatnashchilari tizimlarida xam uchraydi. Jumladan kommunal ro‗zg‗or xo‗jaligida vodoprovod tizimlarining ayrim qoniqarsiz xolatlari, suv o‗lchagichlarning yo‗qligi yoki to‗liq ishlatilmasligi va boshqa sabablar tufayli yuzaga kelayotgan suv yo‗qotishlarini misol qilish mumkin. Bu esa boshqa salbiy oqibatlar bilan bir qatorda aholini toza ichimlik suvi bilan ta‘minlash muammosini ham murakkablashtirmoqda. Suv resurslarini boshqarish zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi: - mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis tarqalganligi; - suvga bo‗lgan talabning keskin ortib borishi; - suv resurslari mikdorining, ularning shakllanish sharoitlari va manbalariga boglik ravishda vakt davomida o‗zgaruvchanligi va o‗zgarish amplitudasining kattaligi; -tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida suv resurslarining ifloslanishi va sho‗rlanishining kuchayib borishi; -suv ob‘ektlarining tabiatga va xalq xo‗jaligi ob‘ektlariga salbiy ta‘siri (suv toshqini, suv bosishi va b.). Suv resurslarini boshqarish ikkita yo‗nalishda amalga oshiriladi: 1) Suv resurslari mikdorini boshqarish; 2) Suv resurslari sifatini boshqarish; Suv resurslari mikdorini boshqarish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda suvga bo‗lgan talabning o‗rtacha qiymatlariga, shuningdek, xar bir suv iste‘molchining tavsifnomasini o‗rganish natijalariga tayaniladi hamda xar bir mo‗ljallangan u yoki bu tadbirning o‗tkazish zaruriyatini asoslanishi lozim bo‗ladi. Suv resurslari sifatini boshqarishda iste‘molchilarning suv sifatiga qo‗yadigan talablariga asoslanish zarur: turli iste‘molchilar suv sifatiga nisbatan turli talablarni qo‗yadilar. Suv resurslarining miqdori va sifatini oddiy va murakkab boshqarish usullari mavjud. Suv resurslarining oddiy boshqaruvida, ularni miqdor va sifat jihatidan suv iste‘moli tartibiga muvofik ravishda suv inshootlar va texnik vositalar yordamida iste‘molchilarga etkaziladi yoki yo‗l yo‗lakay suv ob‘ektining alohida foydali xususiyatlaridan foydalanish amalga oshiriladi. Suv resurslarining murakkab boshqaruvida esa suv (sifat va mikdor jixatdan) iste‘molchining talablariga mos ravishda tayyorlanadi va so‗ngra maxsus inshootlar va texnik vositalar yordamida iste‘molchilarga etkaziladi. Shunday kilib, suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv resurslarini vakt va xududlar bo‗yicha qayta taqsimlash, ekologik barqarorlik talablarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo‗lgan talablarini optimal ravishda qondirish uchun suv sifatini yaxshilash, ya‘ni suvni kerak bo‗lgan joyga, talab etilgan sifat bilan zarur bo‗lgan vaktida etkazish tushuniladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarishni, suv resurslarining vaqt va makonda tarqalishi hamda sifat ko‗rsatkichlarini iste‘molchining talablariga moslashtirish jarayoni deb talqin etilishi mumkin. Suv resurslarining xar bir tarkibiy qismini vaqtda va makonda boshqarish mumkin. Jumladan yer usti suvlari miqdorini boshqarishni - suv omborlari barpo etish, kanallar qurish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Yer osti suvlari miqdorini esa suv omborlari barpo etish, yer osti sig‗imlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Hozirgi davrda dunyo amaliyotida atmosfera yog‗inlarini boshqarish bo‗yicha ham katta tajriba to‗plangan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling