Suv resurslarini boshqarish
Suv resurslarini barqaror boshqarish – mintaqaviy va suv xo‘jaligi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU
1.5 Suv resurslarini barqaror boshqarish – mintaqaviy va suv xo‘jaligi
muammolarini barqaror hal qilishning asosi Orol dengizi mintaqadagi yangilanib turuvchi suv resurslari yer usti va yer osti suvlaridan tashkil topgan, shuningdek ular antropogen foydalanishdan qaytgan suvlar (oqava va drenaj suvlari) hisobiga to‗yinadi. Orol dengizi havzasida 2 ta yirik daryo xavzasi mavjud: shimolda Sirdaryo va janubda Amudaryo. Bu asosiy daryolar o‗rtasida Zarafshon daryosi ham mavjud bo‗lib, u Amudaryoning sobiq irmog‗idir. Mintaqaning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri, uning xududining uchta zona bo‗linishi xisoblanadi: a) oqimning shakllanishi zonasi (tog‗li hududlarda oqimning shakllanishi zonasi); b) tranzit va okimni tarqalish zonasi; v) delta zonalari. Odatda oqim shakllanishi zonasida jiddiy antropogen o‗zgarishlar kuzatilmaydi, ammo shu zona chegarasida yirik tug‗onlar va suv omborlari qurilishi tufayli daryo quyi oqimlari hududlarida oqim tartibi keskin o‗zgaradi. Tranzit va oqimni tarqatish zonasida butun gidrologik sikl va oqim, daryolar va xudud o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sirlar natijasida o‗zgaradi. Bu o‗zaro ta‘sir sug‗oriladigan maydonlar uchun daryolardan suv olish va qaytarilayotgan oqava suvlarni, ularning tarkibidagi tuzlar bilan hamda qishloq xo‗jaligida foydalanilgan kimyoviy moddalarning daryolarga tashlanishi bilan tavsiflanadi. Sirdaryo suvliligi buyicha Markaziy Osiyoda ikkinchi va uzunligi bo‗yicha birinchi o‗rinda turadi. Norin daryosining uzunligi 3019 km, xavzasining maydoni esa 219 ming km 2 ni tashkil etadi. Sirdaryoning boshlanish joyi markaziy Tyan- shanda joylashgan. Norin va Qoradaryo daryolari qo‗shilganidan keyin Sirdaryo deb ataladi. Daryoning suvlari muzliklar va qorlar yerishi hisobiga shakllanadi, ammo oqimning ko‗proq qismi qorlar hissasiga to‗g‗ri keladi. Suv tartibi uchun aprelda boshlanadigan baxor-yozgi suv toshqini xarakterlidir. Daryoning eng katta oqimi iyun oyiga to‗g‗ri keladi. Sirdaryoning 75,2% oqimi Qirg‗iziston respublikasida shakllanadi. Sirdaryo O‗zbekiston va Tojikiston hududini kesib o‗tadi va Orol dengiziga Qozog‗iston xududida quyiladi. Sirdaryoning 15,2 % ga yaqkin oqimi O‗zbekiston hududida, 6,9 % Qozog‗istonda va 2,7% Tojikistonda shakllanadi. Amudaryo Markaziy Osiyoning eng yirik daryosidir. Uning uzunligi Panj daryosi boshlangan yerdan 2540km, xavzasining maydoni esa 309 ming km 2 ni tashkil etadi. Panj va Vaxsh daryolarining qo‗shilgan yeridan boshlab daryo Amudaryo deb ataladi. O‗rta oqim zonasida Amudaryoga uchta yirik o‗ng sohil irmoqlari (Kofirnigon, Surxandaryo va Sherabod) va bitta chap sohil irmog‗i (Kunduz) quyiladi. Undan keyin Orol dengizigacha bo‗lgan uzunlikda daryoga boshqa bitta ham irmoq quyilmaydi. Daryo suvlari asosan yerigan qor va muz suvlari bo‗lib, daryoning maksimal suv sarfi yozda, eng kam suv sarfi esa esa yanvar –fevral oylarida kuzatiladi. Oqimning yil ichida bunday tarqalishi daryo suvlarining irrigatsiya maqsadlarida ishlatilishi uchun o‗ta qulay sharoit yaratadi. Tekislik bo‗ylab oqqanda, Kerkidan Nukusgacha bo‗lgan masofada Amudaryo o‗z oqimining katta qismini bug‗lanish, infiltratsiya va sug‗orishga sarflaydi. Loyqaligi bo‗yicha Amudaryo Markaziy Osiyoda birinchi o‗rinda va dunyoda oldingi o‗rinlarning biridadir. Amudaryoning asosiy oqimi (taxminan 74%) Tojikiston xududida shakllanadi. SHuningdek daryo Afgoniston va O‗zbekiston chegarasi bo‗ylab oqib o‗tadi, Turkmanistonni kesib o‗tadi va yana O‗zbekistonga qaytib Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo oqimining 13,9%i Afgoniston va Eron xududida, 8,5 % esa O‗zbekistonda shakllanadi . Orol dengizi havzasidagi barcha daryolarning umumiy o‗rtacha ko‗p yillik oqimi 116km 3 ni tashkil etadi. Bu oqimdan 79,4 km 3 Amudaryo va 36,6 km 3 Sirdaryo hissasiga to‗g‗ri keladi. Oqimning extimoliy taqsimotiga muvofiq 5% li ta‘minlaganlik (sersuv yil) va 95% li ta‘minlanganlik (qurg‗oqchil yil) yillarida yillik oqim miqdori Amudaryo uchun mos ravishda 109,9 va 58,6 km 3 ni hamda Sirdaryo uchun 51,1 va 23,6 km 3 ni tashkil etadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling