Suv resurslarini boshqarish


A) Suv resurslarining mikdoriy tavsiflari ularning tarqalishi va evolyusiyasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana06.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1436322
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU

A) Suv resurslarining mikdoriy tavsiflari ularning tarqalishi va evolyusiyasi 
Suv – xayotning asosi. Yerning geologik tarixi va yerda hayotning paydo 
bo‗lishi, planetadagi iqlimning shakllanishida eng muxim rol suvga tegishlidir. 
Suvsiz tirik organizmlar mavjud emas, u barcha texnologik jarayonlarning zaruriy 
komponentidir. Aytish mumkinki, suvning asosiy vazifasi – xayotni taminlashdan 
iborat.
Suv – tabiatda eng keng tarqalgan modda. Biroq gidrosferaning qariyib 98 % 
sho‗r suvlarga va faqat 2 % chuchuk suvlarga to‗g‗ri keladi. Chuchuk suvlarning 


2/3 qismi doimiy muzliklar qoplamlarida to‗plangan, 1/5 qismi esa yer osti suvlari 
sifatida namoyon bo‗ladi.
Suv massalari yer yuzasining katta kismini egallaydigan va dunyo okeanini 
xosil kiladigan yupqa geologik qobiqni hosil qiladi (butun planeta yuzasining 70,8 
%). Gidrosferaning umumiy xajmi 1,45 km kub ga teng. Uning ulushi yerning 
umumiy massasiga nisbatan 0,02 % dan oshmaydi. Suv massalari xajmi bo‗yicha 
2-o‗rinni yer osti suvlari egallaydi (4,12 %), Arktika va Antarktika muz va qorlari, 
tog‗ muzliklarining 2% ni, quruklikning yer usti suvlari (daryo, ko‗l, botqoqlik) va 
atmosfera havosi tarkibidagi suvlarlarning birgalikdagi ulushi gidrosfera suvlari 
umumiy xajmining 0,4 foizini tashkil etadi. 
Gidrosferaning turli qismlaridagi suv zaxiralari 
1.1-jadval 
Gidrosfera qismlari
Xajmi
(ming km
3

% umumiy 
xajmdan 
Dunyo okeani 
1370323 
94,2 
Yer osti suvlari, jami 
60000 
4,12 
Faol suv almashunuvi zonalari 
nuktalarida
4000 
0,27 
Muzliklar 
24000 
1,65 
Ko‗llar
230 
0,016 
Tuproqdagi namlik
75 
0,005 
Atmosfera bug‗lari 
14 
0,001 
Daryo suvlari
1,2 
0,0001 
Butun gidrosfera 
1454643,2 
100 
Chuchuk suv resurslari gidrosferaning umumiy xajmni juda kichik ulushini 
tashkil etadi, ammo aynan ular suvning umumiy sirkulyasiyasida, gidrosferaning 
ekotizimlar bilan aloqalarida, inson xayot faoliyatida va boshqa tirik organizmlar 
hayotida, ishlab chikarishni rivojlanishida xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Chuchuk suvlar gidrosferaning taxminan 2 % ni tashkil etadi, uning amalda 
foydalaniladigan qismi (daryo oqimi, ko‗l suvi va b.) esa gidrosferadagi 
suvlarning umumiy xajmini 1 % dan ham kamrog‗ini tashkil etadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling