Suv resurslarini boshqarish
B) Suv resurslarining sifat tavsiflari va ularning evolyusiyasi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU
B) Suv resurslarining sifat tavsiflari va ularning evolyusiyasi
Xozirgi davrda suv ob‘ektlarining (daryo, dengiz, yer osti suvlari va b.) ifloslanishi eng dolzarb muammolardan biri xisoblanadi, chunki «suv-bu xayot» ta‘rifi xammaga ma‘lum. Suvsiz inson 3 sutkadan ortiq yashay olmaydi, ammo suvning o‗z hayotidagi muhim o‗rnini anglab turib xam, ularning tabiiy tartibini chiqindi va axlatlar tashlash bilan o‗zgartirib, suv ob‘ektlarini ayamay ekspluatatsiya kilishni davom ettiradi. Tirik organizmlar xujayralarining 70% suvdan iborat, va shuning uchun Vernadskiy V.I. xayotni tirik suvga qiyoslagan. Yer yuzida suv ko‗p, ammo uning 98% yaqini -bu okean va dengizlarning sho‗r suvlari va 2% ga yaqinigina chuchuk suvlardan iborat. Chuchuk suvlarning to‗rtdan uch qismi tirik organizmlarga etib kelmaydi, chunki bu suvlar tog‗ muzliklari va qutb muz qoplamlari ostida joylashgan (Arktika va Antarktika muzliklari). Bular chuchuk suvlar rezervidir. Tirik organizmlar etishi mumkin bo‗lgan suvning asosiy qismi ularning to‗qimalarida to‗plangan. Shunday qilib, suv resurslarining asosiy qismi okean va dengizlarda to‗plangan. Ularning yuzasidan bug‗lanadigan suv quruqlikning tabiiy va sun‘iy ekotizimlariga hayotbaxsh namlik beradi. Hudud qanchaliek okeanga yakin bo‗lsa, u yerda shunchalik ko‗p yog‗in yog‗adi. Quruqlik doimo suvni okeanga qaytaradi, suvning bir qismi bug‗lanadi, ayniksa o‗rmonlar uni ko‗p bug‗lantiradi, bir kismi esa yomg‗ir va qor suvlari tushadigan daryolarda oqim sifatida shakllanadi. Okean va quruqlik o‗rtasida namlik almashinuvi o‗ta katta miqdorida energiya talab etadi: bunga Yer Kuyoshdan oladigan energiyaning 1/3 qismi sarflanadi. Biosferadagi suvlarning sikli insoniyat sivilizatsiyasidan avval muvozanatga kelgan, okean bug‗lanishga qancha suv sarflagan bo‗lsa daryolardan shuncha suv olgan. Iqlim o‗zgarmasa, daryolar suvi kamaymagan va ko‗llardagi suv satxi pasaymagan. Insoniyat sivilizatsiya bilan birga bu sikl buzila boshladi, qishloq xo‗jalik ekinlarini sug‗orish natijasida quruqlikdan suv bug‗lanishi ko‗paydi. Janub daryolari sayozlandi, okeanlarning ifloslanishi va ularning yuzasida neft plenkasining hosil bo‗lishi okean bug‗lantiradigan suv mikdorini kamaytirdi. Bularning xammasi biosferaning suv ta‘minotini qiyinlashtiradi. Qurg‗oqchiliklar ko‗paydi, ekologik halokatlar o‗choklari paydo bo‗lyapti. Bundan tashqari, okean va quruqlikning boshqa suv xavzalariga qaytayotgan chuchuk suvlar ko‗pincha ifloslangan. Rossiyaning ko‗p daryolari shuningdek O‗zbekistondagi aksariyat daryolardagi (Amudaryo va Zarafshon daryolarining quyi oqimlari, Salar kanali va boshqalar) suvlari ichish uchun deyarli yaroqsiz axvolga kelgan. Eng avvalo, tuganmaydigan resurs-toza chuchuk suv-tugaydigan xolga kelib qoldi. Bugungi kunda ichish uchun, sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqli suv dunyoning ko‗plab xududlarida etishmayapti. Xozirgi vaktda bu muammoga e‘tibor qilmaslikning iloji yuk, chunki suvning antropogen ifloslanishining ta‘siri tobora kuchayib bormoqda. Xozirning o‗zidayoq suv xavzalarining dioksinli ifloslanishi tufayli xar yili 20 mingta inson xayotdan ko‗z yumadi. Taxminan yana shuncha odam stratosferadagi ozon qatlamining buzilishi natijasida teri raki kasalligi bilan kasallanadi. Xavfli zaxarlangan yashash muxitida xayot kechirish oqibatida rak va xar xil organlarning ekologiyaga bog‗liq bo‗lgan turli kasalliklari tarqaladi. Ona qornida shakllanishning belgilangan bosqichida hatto sezilarsiz ravishda qo‗shimcha nurlanish olgan chaqaloqlarning yarmida aqliy rivojlanishning oqsashi qayd etiladi. Binobarin, bu muammoni imkoni boricha tezroq xal etish va oqava suvlarni tozalash muammosini tubdan qayta ko‗rib chiqish kerak. Insonning va jonivorlarning bir yil ichida suvga bo‗lgan biologik extiyoji ularning o‗z og‗irliklaridan 10 barobar ortiq. Insonning maishiy, sanoat va qishloq xo‗jalik extiyojlari undan-da ortiq. SHuning uchun, «bir tonna sovun ishlab chikarish uchun 2 tonna suv, shakar uchun - 9, paxtadan ishlangan maxsulotlar uchun - 200, po‗lat uchun - 250, azotli o‗g‗itlar uchun 600, don uchun-1000, qog‗oz uchun - 1000, sun‘iy kauchuk uchun - 2500 tonna suv kerak bo‗ladi». Inson foydalangan suvning asosiy qismi oxir-oqibat tabiiy muhitga qaytadi. Ammo, u endi toza suv sifatida emas, balki maishiy, sanoat va qishloq xo‗jalik maqsadlarida foydalanilgan tozalanmagan yoki etarli darajada tozalanmagan oqava suvlari sifatida qaytadi. SHunday qilib, chuchuk suvlari xavzalarining (daryo, ko‗l), quruqlik va dengizlarning qirg‗oq bo‗yi hududlarining ifloslanishi ro‗y beradi. Suvni tozalashning zamonaviy - mexanik va biologik usullari mukammallikdan ancha yiroq. Hatto eng ilg‗or sanaladigan biologik tozalashdan keyin xam oqava suvlarda 10 % organik va 60-90% noorganik moddalar, shu jumladan 60% gacha azot, 70%-fosfor, 80%-kaliy va deyarli 100% og‗ir zaxarli metallarning tuzlari qoladi. Suv resurslarining ifloslanishi 3 turga bo‗linadi (biologik, kimyoviy va fizik). Biologik ifloslanish mikroorganizmlar, shu jumladan kasallik qo‗zg‗atuvchi va tashuvchi mikroorganizmlar, shuningdek, achishga moyil organik moddalar tomonidan hosil qilinadi. Quruqlikdagi va qirg‗oq bo‗yi dengiz suvlari biologik ifloslanishining asosiy manbalari – tarkibida najas, oziq-ovqat chiqindilari bo‗lgan maishiy oqava suvlar, oziq-ovqat sanoatining oqava suvlari (qushxona va go‗sht kombinatlari, sut va pishloq tayyorlash kombinatlari, shakar zavodlari va boshqalar) sellyuloza-qog‗oz va kimyo sanoati oqava suvlari, qishloq xo‗jaligida esa yirik chorvachilik komplekslari oqavalari hisoblanadi. Biologik ifloslanish vabo, ich terlama, paratif va boshqa ichak infeksiyalari va turli virusli infeksiyalar, masalan, gepatit kabi kasalliklarning sababchisi bo‗lishi mumkin. Kimyoviy ifloslanish turli zaxarli moddalarning suvga tushishi oqibatida kelib chiqadi. Kimyoviy ifloslanishning asosiy manbalari - domna va po‗lat quyish korxonalari ishlab chiqarishi, rangli metallurgiya, tog‗-kon va kimyo sanoati va ko‗p xolatlarda ekstensiv qishloq xo‗jaligi hisoblanadi. Kimyoviy ifloslanishning manbalari sifatida oqava suvlarning suv xavzalariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri chiqarilishi va yer usti oqimidan tashkari suv yuzasiga xavodan ifloslantiruvchi moddalarning tushishini xam e‘tiborga olish kerak. So‗nggi yillarda azotli o‗g‗itlarning noratsional qo‗llanilishi, shuningdek, avtomobillarning ishlangan gazlarining atmosferaga chiqarishi oqibatida quruqlikdagi yer usti suvlariga nitratlarning tushishi ko‗paydi. Xuddi shu hol fosfatlarda xam kuzatilmokda, ular o‗g‗itlardan tashqari kir yuvish vositalari tarkibida xam bor. Xavfli kimyoviy ifloslantirishning manbalari uglevodorodlar- neft va uning ishlangan maxsulotlari bo‗lib, ular daryo va ko‗llarga sanoat chiqindilaridan tashkari yana neftni transportirovka qilish, tuproqning yuvilishidan va atmosferadan tushadi. Oqava suvlarni u yoki bu darajadagi maqsadlarga yaroqli xolga keltirish uchun ularga ko‗p hajmdagi toza suv bilan bir necha marotaba aralashtiriladi. Ammo, turli maqsadlar uchun, shu jumladan ichish uchun xam foydalanilishi mumkin bo‗lgan tabiiy toza suvlar zararsizlantirilishi zarur. Oqava suvlarga suv aralashtirilishi tabiiy suv xavzalaridagi suv sifatini pasaytiradi, ammo, o‗zining asosiy maqsadiga yerisholmaydi - inson salomatligi uchun zarar etkazilishining oldini ololmaydi. Gap shundaki, suv tarkibida kam mikdorda mavjud bo‗lgan zararli aralashmalar odamlar oziq-ovqat sifatida iste‘mol qiladigan ba‘zi mahsulotlarda (organizmlarda) yig‗iladi. Avval zaxarli moddalar mayda plankton organizmlar xujayralariga (mollyuskalar, suv bulutlari va b.) tushadi, keyin ular nafas olish va ovqatlanish jarayonida katta miqdordagi suvni filtrlaydi va oxir- oqibat xuddi ozuka zanjiridagi kabi baliqlar xujayralarida yig‗iladi. Natijada baliqlar xujayralaridagi zahar konsentratsiyalari suvdagidan yuz va xatto ming barobar ortishi mumkin. Sanoat oqava suvlaridagi va qishloq xo‗jalik dalalaridan chiqadigan o‗g‗itlar va pestitsidlar aralashmasi tabiiy suv xavzalarining o‗zidayok tez-tez aralashib turadi. Agar suv xavzasi oqmaydigan yoki kam oqadigan bo‗lsa, unda suvga organik moddalarning va o‗g‗itlarning tushishi ozuqaviy moddalarning ko‗payib ketishi va suv xavzasini o‗t bosishiga olib keladi. Avval bunday suv xavzasida ozukaviy moddalar to‗planadi va keyin suv o‗tlari tez rivojlanadi. Ular chirib bitgach, suv tubiga cho‗kadi, u yerda katta mikdorda kislorod iste‘mol qilgan holda uning minerallashuvi ruy beradi. Bunday suv xavzalari sharoitlari kislorodga muxtoj baliqlar va boshka organizmlarning xayot faoliyati uchun yaroqsiz bo‗lib qoladi. Kislorod tugagach, metan va vodorod sulfid ajralishi bilan birga kislorodsiz achish jarayoni boshlanadi. Shunda butun suv xavzasining zaxarlanishi va barcha tirik organizmlarning halok bo‗lishi yuz beradi (ba‘zi bakteriyalardan tashqari). Bunday havas qilib bo‗lmaydigan taqdir faqat sanoat va maishiy chiqindilar tashlanadigan ko‗llargagina emas, balki ba‘zi yopiq va yarim yopiq dengizlarga xam xavf soladi. Suvning fizik ifloslanishi ularga issiklik yoki radioaktiv moddalarning tushishidan yuzaga keladi. Issiklik bilan ifloslanish asosan issiklik va atom elektrostansiyalarida (1/3 va 1/2) sovitish uchun qo‗llaniladigan suv shu suv xavzasining o‗ziga tashlanishi bilan boglik. Issiklikdan ifloslanishga ba‘zi sanoat korxonalari xam hissa qushadi. Kuchli issiklik ifloslanishida baliq xavo ololmaydi va xalok bo‗ladi, chunki uning kislorodga bo‗lgan extiyoji ortadi, kislorodning eruvchanligi esa kamayadi. Suvdagi kislorod mikdori yana shuning uchun kamayadiki, bunda issiklik ifloslanishida bir xujayrali suv o‗tlarining barq urib rivojlanishi ro‗y beradi: suv ko‗karib ketadi, keyin quriyotgan o‗simlik massasining chirishi boshlanadi. Bundan tashqari, issiqlik ifloslanishi ko‗pgina kimyoviy ifloslantiruvchilar, qisman, og‗ir metallarning zaxarliligini oshiradi . Okean va dengizlarning ifloslanishi daryo oqimi bilan ifloslantiruvchi moddalarning oqib kelishi, ularning atmosferadan yog‗ishi va oxir-oqibat insonning dengiz va okeanlardagi bevosita xo‗jalik faoliyati tufayli yuzaga keladi. Xajmi 36-38 km 3 ni tashkil etuvchi daryo okimi bilan okean va dengizlarga muallak va aralashma ko‗rinishida katta mikdordagi ifloslantiruvchi moddalar oqib keladi. Ba‘zi fikrlarga ko‗ra, shu yo‗l bilan okeanga xar yili 200 ming tonna qo‗rg‗oshin, 110 million tonna oltingugurt, 20 ming tonnagacha kadmiy, 5 dan 8 ming tonnagacha simob, 6,5 million tonna fosfor, yuzlab million tonna organik ifloslantiruvchi moddalar oqib keladi. Okeanning neft va neft maxsulotlari bilan ifloslanishi aloxida o‗rin tutadi. Tabiiy ifloslanish neftning neft joylashgan qatlamlardan, asosan shelflarda sizib chiqishi oqibatida paydo bo‗ladi. Okeanning neft bilan ifloslanishida neftni dengiz orqali tashish ishlari katta hissa qo‗shadi. Xozirgi kunda qazib olinayotgan 3 mlrd tonna neftdan taxminan 2 mlrd tonnasi dengiz orqali tashiladi. Xatto avariyasiz transportda tashilgan xollarda xam neftni yuklash va tushirishda, okeanga yuvish va ballast suvlarini tashlashda (neftni tushirgach, tankerni suv bilan to‗ldiriladi, shuningdek, xar qanday kemaning mashina bo‗limida polda to‗planib koladigan suvlarning okeanga tashlanishi natijasida xam neft suvga tushadi. Lekin biosfera va atrof-muxitga eng katta zararni to‗satdan sodir bo‗lgan tankerlar avariyasida katta miqdordagi neftning suvga tushishi keltiradi, garchi bunday xolatlar jami neft bilan ifloslanishning 5-6%ni tashkil etadi. Ochiq okeanda neft asosan neftning og‗ir fraksiyalaridan hosil bo‗ladigan yupka plenka(minimal qalinligi 0,15 mikrometr) va mumli qumoqchalar ko‗rinishida uchraydi. Agar mumli qumoqchalar eng avvalo o‗simlik va jonli dengiz organizmlariga ta‘sir ko‗rsatsa, neft plenkasi bundan tashqari, ―okean- atmosfera‖ va ularga yondosh qatlamlarda yuz beradigan ko‗plab kimyoviy va fizik jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatadi: - eng avvalo, neft plenkasi okean yuzasidan qaytadigan quyosh energiyasi ulushini ko‗paytiradi va yutiladigan energiya miqdorini kamaytiradi. Bu bilan neft plenkasi okeanda issiklik to‗planishi jarayonlariga ta‘sir o‗tkazadi. Kelayotgan issiqlik miqdorining kamayishiga qaramay, yuqoridagi harorat neft plenkasi mavjudligida yana ham ortiqroq ko‗tariladi. - okean qitalarning namlanish darajasiga bog‗liq bo‗lgan atmosfera namligining asosiy etkazib beruvchisi xisoblanadi. neft plenkasi namlikning bug‗lanishini qiyinlashtiradi, anchagina qalin qatlam holatida esa bug‗lanishni nolga teng qilib qo‗yadi (400 mkm). - atmosferada o‗ta mayda tuz zarralari suv bug‗lanayotgan paytda qoldiradigan suv sachratqilari hosil bo‗lishiga to‗sqinlik qilib va shamol tebranishlarini kamaytirib, neft plenkasi okean va atmosfera o‗rtasidagi tuz almashinuvini o‗zgartiradi. Bu shuningdek, okean ustidagi va kitalar ustidagi atmosfera yog‗inlari mikdoriga xam tasir ko‗rsatishi mumkin, chunki tuz zarralari yomg‗ir xosil bo‗lishi uchun zarur bo‗lgan kondensatsiya yadrolarining anchagina qismini tashkil etadi. Dengizga chiqadigan ko‗p mamalakatlar turli materiallar va moddalarning, shu jumladan, o‗zanni chukurlashtirish ishlarida chiqarilgan gruntni, parmalangan shlaklarni, sanoat chiqindilarini, qurilish chiqindilarini, qattiq chiqindilarni, portlatish va kimyoviy moddalarni dengizga ko‗mish (Damping) ishlarini amalga oshiradilar. Ko‗milgan chiqindilar hajmi Dunyo okeaniga tushadigan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy mikdorining 10%ni tashkil etadi. Damping uchun dengizda dengiz muxitining katta miqdordagi organik va noorganik moddalarni suvga katta zarar etkazmasdan qayta ishlash imkoniyati asos bo‗lib xizmat qiladi. Ammo bu qobiliyat chegarasiz emas. Materialning suv qatlamiga chiqarilishi va undan o‗tishi vaqtida ifloslantiruvchi moddalarning bir qismi eritmaga aylanib suv sifatini o‗zgartiradi, boshqa qismi esa muallaq zarralar tomonidan singdirib olinadi va suv tubida chukindiga aylanadi. SHu bilan bir vaqtda suv loyqaligi ortadi. Organik moddalarning mavjudligi ko‗pincha suvdagi kislorodning tez sarf bo‗lishiga va bazi xollarda uning umuman yo‗qolishiga olib keladi. SHu bilan bir vaqtda u muallak zarralarning erishi, metallarning eritma xolida to‗planishi va vodorod sulfid xosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Dengizga chiqindilar tashlash ishlari ustida nazorat tizimini tashkil etishda damping rayonlarini, dengiz suvi ifloslanishi dinamikasini va dengiz tubi chukindilarini aniqlash hal qiluvchi axamiyatga ega. Dengizga tashlanadigan chiqindilarning extimoliy xajmlarini aniqlash uchun material chiqaruv tarkibidagi ifloslantiruvchi barcha moddalarning xisoblarini olish zarur. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling