Suv resurslarini boshqarish
Suvdan noratsional foydalanishning oqibatlari
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU
1.4. Suvdan noratsional foydalanishning oqibatlari
Suv melioratsiyasi azal-azaldan insonlar fikrini band etib kelgan. Sug‗orish kanallarini qadimgi misrliklar bunyod eta boshlashgan va shu yul bilan tuprok unumdorligini oshirish mumkin ekanligini anglab etganlar. Suv melioratsiyasi (sug‗orish va quritish)-quruqlikning 10% ni egallagan qishloq xo‗jalik yerlarining unumdorligini oshirishning asosiy yo‗llaridan biridir. Bu yerlarning oltidan bir kismi melioratsiyalangan, va ulardan ishlab chiqariladigan qishloq xo‗jalik maxsulotlarining 40-50% olinadi. Yerlar melioratsiyasi tabiat komplekslarini o‗zgartirish, botqoq va botqoqlangan yerlarni yuqori unumli qishloq xo‗jalik yerlariga aylantirishning, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy o‗zgartirishning ob‘ektiv zaruriyatidir. Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining eng muxim zvenosi sifatida melioratsiya oziq-ovqat dasturining xal etilishiga sezilarli xissa qo‗shishi uchun mo‗ljallangan. Ekologik jihatlar muammoning xo‗jalik tomoni bilan bevosita bog‗liq va xar tomonlama e‘tiborni va chuqur anglab etishni talab etadi. Butun jaxonda suv melioratsiyalari tomonidan kamrab olingan yerlar maydoni muntazam kengayib bormokda. Bu suv resurslaridan foydalanishning ancha ortishiga olib keldi. Suv melioratsiyasini amalga oshirishda namlanish darajasiga bog‗liq ravishda xar yili 200 km 3 suv sarflanadi. Bundan tashqari, yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilash uchun melioratsiyaning u yoki bu turiga muxtoj bo‗lmagan yerlar deyarli yuk. Sug‗orish uchun yangi qishloq xo‗jalik yerlarini o‗zlashtirish suv resurslari tanqisligi tufayli oqsab qoladi. Sug‗orishni rivojlantira turib, uning asosiga shu turdagi melioratsiyaning samaradorligini keskin oshirishga yordam beradigan suv tejovchi sug‗orish texnologiyasini qo‗yish kerak. Ammo, shu paytgacha sug‗orish tarmog‗ining foydali ish koeffitsienti pastligicha qolmoqda. Shimoliy Kavkaz sug‗orish tizimlarida xo‗jaliklararo kanallarda suv yo‗qotishlari, uning umumiy olinish xajmidan 30 % ni tashkil etadi. Sug‗orish tizimlarining tuprokli magistral kanallarida suv filtratsiyasi bois yo‗qotishlar ancha katta. Namlikdan me‘yorlangan ravishda foydalanishning jiddiy rezervi-qishloq xo‗jalik yerlarini sug‗orishning turli usullarini to‗g‗ri tanlash va ularni oqilona qo‗llay olishdan iborat. So‗nggi yigirma yil ichida Rossiyada yerlarni yomg‗irlatish usuli bilan sug‗orish maydonlari 75 % ga ortdi, bu sug‗orish me‘yorlarining 25-30 %ga qisqarishga olib keldi. Sug‗orishning yanada progressif usullari paydo bo‗lmoqda: suvni 50% gacha tejash imkonini beradigan tomchilatib va aerozol sug‗orish bunga misoldir. SHuningdek, kuzgi bugdoyning yomg‗irlatib sug‗orishni mayda dispersli namlatish usuli bilan muvofiklashtirgan xolda sug‗orish me‘yori o‗rtacha 3 yil ichida faqat yomg‗irlatib sug‗orishga nisbatan 30% suv sarfini iqtisod qilish imkonini beradi. Sug‗oriladigan yerlarning kengashi bilan kollektor-drenaj suvlari xajmi xam ortmoqda. Kollektor-drenaj suvlari suv oqimi o‗ta ko‗p bo‗lganda, shuningdek, yerlarning sho‗rini yuvishda hamda davriy sug‗orish natijasida xosil bo‗ladi. Bu xolatlarda daryo suvlari minerallashuvi ortadi va ular yerlarni sug‗orish uchun yaroksiz bo‗lib qoladi. Masalan, bunday suvlarni Markaziy Osiyoda maxsus suv xavzalariga chiqariladi (Sarikamish chukurligi va b.). Drenaj suvlari katta xajmda Amudaryoga chiqariladi. So‗nggi 15 yil mobaynida shu tufayli Amudaryo suvlari minerallashuvi ikki barobar ortdi. Tojikiston xududining o‗zidan daryo va uning irmoklariga 3 km 3 dan ortiq kollektor-drenaj suvlari va 1-4 g/l minerallashgan oqava suvlar chiqariladi. Natijada quyi okimda Amudaryo suvi oldindan tozalamay turib ichimlik suv ta‘minoti uchun yaroksiz bo‗lib qolgan, chunki uning minerallashuvi 2-3 g/l ga etgan. Bu muammoni hal etish uchun turli xalk xo‗jalik maqsadlari uchun kollektor-drenaj oqimlarini kompleks ravishda qo‗llash sxemasini tuzish zarur (yaylovlarga suv chiqarish, tuzga chidamli va suvni tozalash xususiyatiga ega o‗simliklarni o‗stirish, chuchuklashtirish asosida suv bilan ta‘minlash va x). shuningdek, sho‗rlangan yerlarning shurini yuvishga ketadigan suv sarfini kamaytirish, sug‗orish me‘yorlarini pasaytirish, gidromeliorativ tizimlar samarasini oshirish, kollektor-drenaj suvlarini zararli birikmalardan tozalash deminerallashtirish kerak. Kuritish melioratsiyalari mamlakatdagi gumid shariotda joylashgan mamlakatlar suv xujaligini rivojlantirishning eng asosiy yo‗nalishlaridan biridir. Shu yul bilan shu paytgacha foydalanishga yaroksiz yerlardan qishloq xo‗jalik maxsulotlarining yuqori xosildorligini ta‘minlanadi. Bundan 100 yil avval melioratsiyaga qarshi keltirilgan dalillar bu paytga kelib etarli ilmiy va amaliy tajriba orttirilganiga qaramay xozir ham deyarli xuddi shu shaklda olg‗a surilmokda. Keng mikyosli melioratsiyalar ko‗p muammolarni tug‗diradiki, ulardan biri tabiiy muxitni asrashning samarali va tejamkor qarorlari bilan mutanosiblikda yuqori xosil olish xisoblanadi. Qishloq xo‗jaligi ishlab chikarishini intensiflashishi munosabati bilan xozirgi kunda suvni ifloslanishdan saqlash masalasi eng dolzarb masalaga aylandi. Meliortativ tizimlarga chiqarilayotgan drenaj suvlari bilan birga tabiiy suvlarga zararli ta‘sir ko‗rsatuvchi biogen moddalar, pestitsidlar va boshqa kimyoviy birikmalar xam oqib chiqishini yoddan chiqarmaslik lozim. Gidrokimyoviy tadkikotlarning ko‗rsatishicha meliorativ tizimlar konstruksiyalari sizot suvlari, boshqaruv va o‗tkazish tarmoklari hamda suv qabul qilgichga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. Meliorativ tadbirlarning eng katta ta‘sirlari daryo oqimi o‗zgarishlarida kuzatiladi. Kuritish tizimlarining eksplutatsiyasining birinchi yillarida suv xavzasida ortiqcha suvlarning intensiv chiqarilishi xisobiga yillik oqimning bir muncha ko‗payishi kuzatiladi. Yoz-kuz chillasida oqimning melioratsiyadan keyingi o‗zgarishlarini taxlil qilish shuni ko‗rsatdiki, bu davrda sersuvlik ortadi. Keyinchalik u o‗zining boshlangich (meliorativ ishlar boshlangunga qadar bo‗lgan) bosqichdagi darajasigacha tushib qolishi mumkin. Yerlar quritilgandan keyin, ayniksa, birinchi yillarda daryo oqimida yer osti suvlari ta‘minotining xissasi ortishi kuzatiladi. Baxorgi toshqinlar oqimi kam, asosan kamayish tomon o‗zgaradi, chunki melioratsiyalanayotgan yerlarda u qarama-qarshi yo‗nalishlarda xarakatlanadigan ikkita asosiy omil ta‘siri ostida shakllanadi: yerigan qor suvlarining katta yo‗qotishlarini keltirib chiqaradigan aeratsiya zonasining xajmining kattalashishi, va sun‘iy gidrografik tarmoq rivojlanishi okibatida baxorgi suvlarning oqim tezligining ortishi. Hozirgi vaqtda kichik daryolarni boshqarish va rostlash munosabati bilan melioratorlarga ko‗p tanbexlar berilyapti. Aytish kerakki ekologik salbiy ta‘sirlarni qat‘iy tug‗rilanish jarayoni davlat etarli moddiy va energetik resurslariga ega bo‗lmagan davrda o‗tkazildi. Bundan tashqari mamlakat aholisini oziq ovqat bilan ta‘minlash muammosini xal etish zarur edi. Bu boskichda melioratsiyanig oddiy, arzon usullarini qo‗llash yo‗li bilan kuritilgan yerlarni tezlik bilan intensiv qishloq xujaligi aylanmasiga qo‗shish zaruriyati bor edi. Ko‗pincha meliorativ maqsadlarda ko‗p sonli suv omborlari, hovuzlar barpo etiladi. Bugungi kunda fanda xal etilmagan masalalarning eng asosiysi barcha tabiiy resurslardan okilona foydalanish va xalk xo‗jaligining barcha soxalari manfaatlarini xisobga olgan xolda xar bir konkret suv aylanmasi uchun melioratsiyaning yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan xajmini belgilash xisobladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling