Suv resurslarini boshqarish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana06.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1436322
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU

 
 
 
 
Orol dengizi havzasining suv resurslari (o‘rtacha yillik oqim km
3
/yil)
1.4-jadval 


Mamlakat
Daryo havzasi, km
3
Orol dengizi havzasi jami 
Sirdaryo Amudaryo
km
3

Qozog‗iston
2,516 
— 
2,516 
2,2 
Qirg‗iziston
27,542 
1,654 
29,196 
25,2 
Tojikiston
1,005 
58,732 
59,737 
51,5 
Turkmaniston
— 
1,405 
1,405 
1,2 
O‗zbekiston
5,562 
6,791 
12,353 
10,6 
Afgoniston va Eron
— 
10,814 
10,814 
9,3 
Orol 
dengizi 
havzasi 
bo‗yicha jami
36,625 
79,396 
116,021 
100 
Ikki daryo bo‗ylab joylashgan yirik va ko‗p sonli suv olish inshoatlari 
muntazam ravishda oqim xajmini va Orol dengiziga uning quyilishini qisqartiradi. 
Daryo oqimi kamaydi, kolgan suv resurslarining sifati esa drenaj tizimlariga 
yuvilib chiqadigan va daryo suvi bilan qo‗shilib ketadigan agroximikatlar 
qoldiqlari va sug‗oriladigan maaydonlardan chiqadigan sho‗rlangan va ifloslangan 
suvlarning chiqishi oqibatida keskin yomonlashdi. Tuzlar va agroximik 
qoldiqlardan iborat bo‗lgan qishloq xo‗jaligidan chiquvchi tarqalma (nuqtali 
bo‗lmagan) ifloslantiruvchi moddalardan tashkari sanoat va kommunal-ro‗zg‗or 
sohasidan chiqariladigan oqava suvlarning ta‘siri katta bo‗lmoqda. Daryo suvi 
sifatida salbiy tendensiyalar kuzatilmokda. Suvning minerallashuv darajasi daryo 
uzunligi bo‗ylab, ayniqsa daryoning o‗rta va quyi oqimlari xududlarida ortmokda. 
XX-asrning 60 yillari so‗ngida suvning minerallashganligi hatto quyi oqimda 
xududlarida ham 1,0 g/l dan ortmagan. Xozirgi vaktda suvning mineralashganligi 
daryoning yuqori oqimi hududlarida 0,3-0,5 g/l bo‗lgani holda, daryoning quyi 
oqimi xududlarida 1,7- 2,0 g/l gacha etmoqda. Suvning minerallashganlik darajasi 
bo‗yicha eng yukori ko‗rsatkichlar yuqori oqim hududlarida mart va aprel oylarida 
hamda quyi oqim hududlarida aprel oyining oxirida kuzatiladi. Bunda 
sug‗oriladigan maydonlardagi shur yuvish ishlari ta‘siri judda katta bo‗ladi.


Suvning minerallashganlik darajasidan (g/l) tashkari uning kimyoviy tarkibi 
xam daryo suvining sug‗orish uchun yaroqliligini belgilab beruvchi asosiy 
omillardan hisoblanadi. Ishqorlilikning rivojlanishi xavfini aniklash uchun mg/l
1/2 
da ifodalanadigan natriyni yutish omili qo‗llaniladi (NYUO). Mavjud ma‘lumotlari 
taxlili shuni ko‗rsatiki NYUO ko‗p gidropostlarda odatda 0,5-7 mg/l
1/2 
chegarasida 
o‗zgaradi. Bu ko‗rsatkichlar umuman suv sug‗orish uchun yarokli ekanini 
bildiradi. Aytish kerakki oxirgi bir necha yil ichida daryo suvining sifati okava 
suvlar chikarish qisqargani xisobiga bir oz stabillashdi. 
Mustakillik yillarida davlatlar o‗rtasida suv taksimotining qat‘iy limitlanishi 
amalga oshirildi va ekologik jihatlarga ko‗proq e‘tibor qaratildi. Bu suv sifatining 
biroz yaxshilanishiga olib keldi. Rasmdan ko‗rinib turibdiki, Amudaryoning quyi 
oqimi hududida suv minerallashishi bir muncha kamaygan. 
1.1-rasm. Amudaryo bo‗yicha suvning minerallashuvi o‗zgarishlari dinamikasi 
Markaziy Osiyoning tog‗li hududlarida va jarliklarida tabiiy xosil bo‗lgan 
ko‗llar ko‗p. Tog‗ ko‗llari turli genetik turlarga taaluklidir. Yirik ko‗llarning 
ko‗pchiligi kelib chiqishi tektonik bo‗lgan chukurliklarni egallagan. (Issk-Ko‗l, 
Cheter-Kel, Qorako‗l, Sarichelak va b.). Shunday ko‗llardan Pomirdagi Yashinko‗l 
va Sarez ko‗li mavjud. Ko‗p sonli ko‗llarning kelib chiqishi muzliklar bilan 
bog‗liq. Eng yirik ko‗llardan biri Sharqiy Pomirda 4125 metr balandlikda 
joylashgan Zorkul ko‗lidir. Bundan tashqari karstli ko‗llar xam mavjud. 


Ko‗llardagi suv odatda chuchuk yoki oqim sifatiga bog‗liq ravishda biroz sho‗r 
bo‗ladi. Ko‗llar tartibi ularni to‗laroq o‗rganish uchun tadkikotlarni talab etadi.
Pastliklardagi ko‗llarning ko‗pchiligi o‗z kelib chiqishiga ko‗ra arid iqlim 
sharoitlarida daryolarning erozion – akkumulyativ faoliyati bilan bog‗liqdir. 
Odatda ular kichik, qirg‗oqlari past, qamishlar o‗sib ketgan va ko‗pincha sho‗rxok 
tuproq va qum bilan o‗ralgan. Yog‗inlar etarli miqdorda bo‗lganda bu ko‗llarning 
ko‗pi oqayotgan suvning yaxlit liniyasiga aylanar edi, chunki ular xozirda qurib 
qolgan daryo o‗zanlariga yondoshgan. Pastlikdagi ko‗llar shur yoki chuchuk 
bo‗ladi. Tog‗li huddular va pastlikdagi ko‗llarning chuchuk suv zaxirasi 60 km
3
deb belgilangan. Oqmas tovoqsoylarga drenaj suvlari chikarilishi tufayli 
antropogen ko‗llar ko‗paydi. Ularning katta qismi kichik bunday turdagi 
ko‗llarning eng kattalari Sariqamish (Amudaryoning quyi okimida) Arnasoy 
(Sirdaryoning o‗rta oqimida). Chordaryo suv ombori (Uzbekiston va Kozogiston 
chegaralarida)dan pastda, ya‘ni Sirdaryo o‗zaninnig suv o‗tkazish qobiliyati 
pastligi tufayli ser suv yillarda yoki qishki mavsumda suvning ortikcha xajmlari 
Arnasoy kuliga chikarilgan. So‗nggi bir necha yil mobaynida bu tajriba Norin-
Sirdaryo gidroenergetik kaskadidan energetik suv chiqarishlar oqibatida qish 
davrida xam odatiy bo‗lib qolgan edi. Antropogen xosil bo‗lgan ko‗llardagi suv 
xajmi 40 km
3
deb baxolangan. Ammo bu suvdardan foydalanish uchun ularni 
tortib chikarish kerak. Bundan tashkari ko‗llardagi suv o‗uta minerallashgan. 
Kelajakda bu suvdan baliqchilik va bioxilma-xillini saklash maqsadlarida 
foydalanish mumkin.
O‗zbekiston Respublikasida qator avlodlar xarakati bilan xalq xo‗jaligining 
barcha soxalariga suv etkazib berishni ta‘minlash imkonini beruvchi kuchli suv 
xo‗jaligi tizimi yaratilgan va ishlamokda. Suv xo‗jaligi tizimi quyidagilarni o‗z 
ichiga oladi:
-ilmiy tadqiqot va oliy ta‘lim muassasalari; 
-loyixalash izlanish institutlari; 
-buyutmachi xizmati; 
-kurilish va maxsus montaj bo‗linmalari ; 
-sanoat va industriya; 
-avtotransport xizmati; 


-eksplatatsion blok. 
Barcha bloklarning har biri o‗zining belgilangan vazifasini bajaradi, va 
shunga qaramay respublika uchun zarur bo‗lgan quyidagi ikkita muhim vazifani 
bajaruvchi yaxlit suv xo‗jaligi kompleksini tashkil etadi: 
-suv resurslarini boshkarish; 
-sug‗oriladigan yerlarning meliorativ xolatini ta‘minlash. 
O‗zbekistonda suvni etkazib berish 4235 ta suv foydalanuvchilarga, shu 
jumladan 2739 ta qishloq xo‗jalik korxonalari va 1496 ta qishloq xo‗jaligiga oid 
bo‗lmagan (komunal xo‗jalik, energetika, va boshqa ob‘ektlar) korxonalar uchun 
amalga oshiriladi. Sug‗oriladigan yerlar meliorativ xolatini ta‘minlash bo‗yicha 
ishlar 4270 ga maydonda amalga oshiriladi. 
Etkazib beriladigan suv resurslarining umumiy xajmidan 87% qishloq 
xo‗jaligi, 3,8% energetika, 3% sanoat, 4,2% kommunal xo‗jalik va 2% boshqa 
maqsadlarga sarflanadi. 
Suv resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish va nazorat qilish faoliyati 
Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi markaziy apparati, respublika maxsus 
birlashmalari, qishloq va suv xo‗jaligining viloyat va tuman boshqarmalari, 
viloyatlararo va tumanlararo kanallar boshqarmalaridan tashkil topgan 
tarmoklangan davlat xizmati tomonidan amalgan oshirildi. Umuman bu vazifalar 
ma‘muriy – hududiy, havzaviy va tizimli tamoyillar bo‗yicha amalga oshiriladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling