Suv resurslarini boshqarish
I-BOB SUV RESURSLARINI BOSHQARISH ZARURIYATI
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
6SJkQAEGBC3nFYbfLmSw3ChZG07Hb5oCBb96fBVU
I-BOB SUV RESURSLARINI BOSHQARISH ZARURIYATI Hozirgi kunda suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish jarayonlarini boshqarish ehtiyoji jamiyat va mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik talablarini muvofiqlashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Iqtisodiy taraqqiyot, xuddi ijtimoiy talablarni o‗sishi kabi suv iste‘molini ortishiga olib keladi va bu esa o‗z navbatida asta sekinlik bilan tabiatning o‗zini ham, uning mahalliy, mintaqaviy va hatto global miqyoslarda suv iste‘molchisi va suvdan foydalanuvchi sifatidagi ehtiyojlarini hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Suv resurslarini boshqarishning mazkur uch strategiyasi o‗rtasidagi asoslangan muvozanatni topish butun jahon hamjamiyati oldida turgan maqsad va umumiy yondashuvdir. 1.1. Suv resurslarining ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ahamiyatlari Chuchuk suv zahiralari sayyoramizda bir tekisda joylashmagan. Masalan, Afrikada aholining 10% gina muntazam suv ta‘minotiga ega, Evropada esa bu ko‗rsatkich 95% dan ortadi. Dunyoda suv bilan bog‗liq muammolar keskinlashib borayotganligi va ko‗p qirraliligi bilan xarakterlanadi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki suv resurslari sayyora bo‗yicha o‗ta notekis tarqalgan va joylashgan. Bu masalada eng og‗ir holat Osiyoda kuzatiladi. Ma‘lumki Osiyo qit‘asida dunyo aholisining 50% dan ortig‗i hayot kechiradi, ammo mavjud suv resurslarining faqatgina 36% mazkur qitaga to‗g‗ri keladi. Toza ichimlik suvining keskin etishmovchiligi dunyoning 80 ta davlatida kuzatiladi. Mazkur holat tufayli dunyoning ko‗p davlatlarda suv etkazib berish xozirdanoq me‘yorlanmokda. Gidrologik klassifikatsiyaga muvofik, aholi jon boshiga yiliga 1000-1700 m Z yangilanib turuvchi suv resurslariga ega bo‗lgan davlatlar suv etishmovchiligi xolatida bo‗lsa, yiliga aholi jon boshiga 1000 m 3 dan kam yangilanib turuvchi suv resurslariga ega bo‗lgan davlatlar aholisi suv taqchilligi (defitsiti) xolatida kun kechiradi deb hisoblanadi. Ammo ta‘kidlab o‗tish lozimki, insoniyatning adaptatsiyaga (moslashish) nisbatan qobiliyatlari ulkandir: masalan Iordaniyaliklar, aholi jon boshiga yiliga bor-yo‗g‗i 176 m Z yangilanib turuvchi suv resurslariga ega bo‗lib xam kun kechirib kelmoqdalar. Aholini suv ta‘minoti va kanalizatsiya xizmati bilan ta‘minlash o‗ta dolzarb masala hisoblanadi: bugungi kunda dunyoda 1,1 mlrd. kishi toza chuchuk suvdan foydalanish imkoniga ega emas, Mazkur aholining 65% Osiyoga, 27% -Lotin Amerikasi va Karib havzasiga va 2% Evropaga to‗g‗ri keladi. 2 mlrd. kishi qoniqarsiz sanitariya sharoitlarida kun kechirmokda, ulardan 80% - Osiyoga, 13% - Afrikaga, 5% - Lotin Amerikasiga va Karib havzasiga, 2% - Evropaga to‗g‗ri keladi. Aholi sonining ortib borishi bilan xo‗jalik faoliyati ehtiyojlari uchun sarflanadigan suv hajmi ham ortib bormoqda (XX asrda suv iste‘moli xajmi 6 barobarga, yer shari aholisi esa 4 barobarga ortdi). Aholining yarmi (Evropa va Amerikada -70%) suv ta‘minoti va kanalizatsiya tizimlarini kurilishini yo‗lga qo‗yish uchun kerakli iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‗lgan, ammo buning o‗rniga chiqindilarni to‗plab va orttirib borayotgan katta va kichik shaxarlarda istiqomat qiladi. Suv ob‘ektlariga tashlanayotgan antropogen kelib chiqishga xos bo‗lgan ifloslantiruvchi moddalarning hajmi ortib bormoqda (xozirgi kunda dunyoning daryo va dengizlariga kuniga 6 mlrd. tonnadan ortiq chiqindi tashlanmokda). Rivojlanayotgan davlatlar aholisining 50% dan ortig‗i iste‘mol uchun suvni ifloslangan suv manbalaridan olishga majbur. BMT mutaxassislari fikriga ko‗ra agar bu tendensiya davom etsa, 20 yildan so‗ng aholi jon boshiga suv iste‘moli 1/3 ga kamayadi. Ichimlik suvining qoniqarsiz sifati millionlab insonlarning hayoti va sog‗ligiga, ularning farovonligiga real xavf soladi. Xar yili dunyoda suvning sifati qoniqarsizligi bois 500 mln. kishi kasal bo‗ladi va 10-18 mln. kishi hayotdan ko‗z yumadi. Suv energetik muammolarni xal etish uchun ham katta axamiyatga ega. Energetikada suvdan foydalanishning ikkita eng muxim yo‗nalishi mavjud: - gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish va; - suvdan issiqlik elektr stansiyalarida sovitish maqsadlarida foydalanish. 2011 yilda gidroelektr energiyasi, ishlab chikariladigan energiyaning umumiy xajmidan 19% ni tashkil etdi (soatiga 2710 Terravatt). Bundan tashqari bir qancha korxonalar umumiy miqdori 377 TVt/s energiyani ishlab chiqarish uchun rejalashtirish yoki qurilish bosqichida turibdi. Ammo barcha loyixalardan fakat uchdan bir qismigina, ya‘ni iqtisodiy va ekologik jihatdan amalga oshirilishining imkoni mavjud bo‗lganlarigina keyingi bosqichlarga yo‗llanma oladi. Bu katta tug‗onlarni barpo etishda mintaqalarning ekologik barqarorligiga nisbatan ortgan xavflarni anglab etishning o‗sishi bilan ham xarakterlanadi. Tugonlarning barpo etilishi va suv omborlarini qurish (elektr jnergiyasi ishlab chiqarish, irrigatsiyani rivojlantirish, sanoat korxonalari va maishiy sektorni suv bilan ta‘minlash, suv toshqinlarini boshqarish) iqtisodiy rivojlanishga albatta o‗z xissasini qo‗shdi. SHu bilan birga bu salbiy ijtimoiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. 40 dan 80 mln gacha odamni ko‗chirish, ko‗chirilganlarning ijtimoiy mavqei va turmush darajasining pasayishi, tabiiy atrof-muxit holatida tuzatib bo‗lmas okibatlariga olib kelganligi (suv omborining to‗ldirilishi natijasida yerlarning zax bosishi va sho‗rlanishi, shuningdek, oyoq etmagan tabiat maskanlari va hayvonot olamining yashash joylari va ko‗pgina boshqa maskanlarning yo‗qotilishi va boshqalar) shular jumlasidandir. Masalan so‗nggi davrlarda AQSHda asosan tabiatni muhofaza qilish maqsadida 500 yaqin o‗rta o‗lchamdagi to‗g‗onlar buzildi yoki konservatsiya qilindi. Bunday inshootlar amerikaliklar tomonidan XX asrda qurilgan 800 mingta to‗g‗on va suv omborlarining faqat bir qisminigina tashkil etishiga qaramay, boshlangan bu jarayon keng qo‗llanilayotgan texnologiyalarga nisbatan hushyorroq nazar tashlashga chorlaydi. Dunyoda umuman yirik tug‗onlarga bo‗lgan munosabatning o‗zgarayotganligiga qaramay, ba‘zi mintaqalarda gidrotexnik inshootlar qurish ishlari kengaymokda. Bu holat eng avvalo, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida yuz bermoqda. Kichik gidroenergetika rivoji juda muhimdir. Kichik qurilmalar (10 MVt gacha quvvatga ega bo‗lgan) qishloq joylarida va uzoq maskanlarda ayniqsa foydali hisoblanadi. Xitoyda 60 mingga yakin shunday qurilmalar ishlamoqda. 2010 yilda kichik gidroenergetika yordamida energiya ishlab chikarish Yaqin Sharqda 5, Avstraliya, Yaponiya va Yangi Zelandiyada 4,2, Markaziy va Sharqiy Evropada 3,5 va MDH davlatlarida 3 barobarga ortdi. Suv resurslarining asosiy iste‘molchisi qishloq xo‗jaligidir (eng avvalo, bu sug‗orma dehqonchilik). Dunyoda umumiy suv iste‘molining 70% qishloq xo‗jaligi, 22% sanoat va 8% maishiy extiyojlar hisobiga to‗g‗ri keladi. Yuqori daromad darajasiga ega bo‗lgan davlatlarda bu raqamlar mos ravishda 30:59:11 foizni, past va o‗rtacha daromad darajasiga ega davlatlarda esa 82:10:8 foizni tashkil etadi. Aholini oziq-ovkat bilan ta‘minlash dehqonchilik, chorvachilik, akvaekinlar va o‗rmon xo‗jaligi xisobiga amalga oshiriladi. Yerning boshqarilmaydigan tizimlari 500 mln dan ortik odamni boqa olmaydi. Shuning uchun dunyoda qishloq xo‗jaligi muntazam rivojlanmokda, bu esa aholi sonining xozirgi o‗sish darajasida juda muximdir. Suv resurslarnidan foydalanish jarayonida oqava suvlarini chiqarish ularning tabiiy shakllanishidan ancha tezrok yuz bermoqda (tiklanish jarayoni juda sekin boryapti - taxminan 1400 yil). Ma‘lumki, iste‘molga yarokli suvning 50% olib bo‗lingan. Ozik-ovkatni import qilishga faqat ba‘zi davlatlargina qodir. Agar bu ishni davlatlarning ko‗p qismi amalga oshirmoqchi bo‗lsa, jaxon bozorlari o‗sib ketgan talabni qondira olmasligi mumkin, chunki ozik-ovkat eksport qiluvchi davlatlar soni tez kamaymoqda. Qator daryo xavzalari bo‗yicha sug‗orma dehqonchilikning rivojlanishi natijasida o‗rtacha yillik suv olish, suv olishning ekologik mumkin bo‗lgan xajmlaridan ortib ketgan. Jumladan Kolorado daryosi AQSH va Meksika dalalarini sug‗orish uchun olinadigan suvlarning o‗sib ketganligi tufayli Kaliforniya bug‗oziga quyilmay qo‗ydi. Suv kamchil yillarda Sirdaryo va Amudaryo daryolari Orol dengiziga etib bormaydi. Ko‗llar soni juda tez kamaymokda. Xitoyda 543 ta ko‗l qurib qoldi, ulardagi suv miqdori tubigacha olindi. Yer osti suvlarining kamayishi, yer osti suvlari satxlarining pasayishi ko‗plab mintaqalarda jumladan, Xindiston, Liviya, Saudiya Arabistoni, AQSHda kuzatilgan. SHimoliy Xitoyda 100 mln dan ortiq kishi yashaydigan xududda yer osti suvlarining satxi 30 m dan ko‗proq pasaygan. Donli o‗simliklarning 10% yer osti suvlari xisobiga etishtirilishi ma‘lum. Agar suvdan foydalanish siyosatida o‗zgarish bo‗lmasa, xosilning mazkur ulushi ham bir kun yo‗qotilishi mumkin. Oziq-ovqat siyosati xalqaro instituti ma‘lumotlariga ko‗ra 2005 yildayok chuchuk suv etishmovchiligi bois, dunyoda kamida 130 mln tonna oziq-ovqat maxsulotlarini kam olina boshlandi. Hozirgi kunda 1,5 mlrd aholi ochlikdan zarar ko‗rmoqda. 2030 yilga borib sug‗orma yerlar maydoni 20% ga, iste‘mol qilinadigan suv hajmi 14 % ga ortishi kutilmokda. Janubiy Osiyo o‗zining 40% yangilanuvchi chuchuk suvini sugorma dehqonchilik uchun ishlatadi. Bu shunday darajaki, bunda qishloq xo‗jaligi va boshqa suv iste‘smolchilari o‗rtasida og‗ir raqobat vujudga keladi. Yakin Shark va Shimoliy Afrika qishloq xo‗jaligi extiyojlari uchun 58% suv resurslarini sarflaydi. O‗rmonlarning kesilishi (Yer yuzini 5-6 ming yil avval qoplab turgan o‗rmon maydonlarining 80% resurslari yo‗q qilingan), suv-botqoqlik yerlarining degradatsiyasi (50% ga yaqini saqlanib qolgan), daryo oqimining boshqarilishi (dunyoning eng katta daryolarining 60% oqimi gidrotexnik inshootlar tomonidan to‗xtatiladi) va boshqa omillar suvlarni tutib turishning tabiiy mexanizmi buzilishiga sabab bo‗ladi. Ko‗plab jonivorlar uchun yashash maskani xisoblangan suv va suv atrofi tizimlari va landshaftlarning degredatsiyasi tufayli xozirdanoq 24 % sut emizuvchilar turining, 12 % qushlarning va yaxshi o‗rganilgan baliqlarning 3 dan 1 kismi yukolib ketish arafasida turibdi. Chuchuk suvlarning bioxilma-xilligi (9000 dan 25000 turgacha) keskin kamaymokda. Ekotizimning buzilishi shuningdek, tabiiy halokatlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. so‗nggi 10 yil ichida dunyoda u yoki bu tarzda suv bilan bog‗liq bo‗lgan 2200 ta yirik va kichik xalokatlar yuz berdi (suv toshqini, qurg‗oqchilik, ko‗chki va ocharchilik). Bundan hammadan ham ko‗proq Osiyo va Afrika zarar ko‗rdi. Suv resurslari xolatiga iqlim o‗zgarishi xam tasir ko‗rsatadi. Ekstremal ob- xavo sharoitlari ko‗payishi tendensiyaga aylanib qoldi. Mutaxassislar bashoratlariga qaraganda bu dunyodagi suv taqchilligini 20 % dan ortadi. Halqaro daryo havzalarida suv resurslarini ulardan foydalanishning turli maqsadlari o‗rtasida taqsimoti muammosi bilan bir qatorda (irrigatsiyaning rivojlanishi, energiya ishlab chiqarish, kommunal xo‗jaligi va boshqalar) manfaatlarni muvofiklashtirish hamda boshqa daryo havzasi yoki yer osti suvlari manbalaridan foydalanadigan mamuriyat yoki davlatlar bilan xamkorlikni yo‗lga qo‗yish muammosi xam mavjud. BMT bashoratlariga ko‗ra 2050 yilga kelib planeta aholisi soni 8,9 mlrd kishiga etadi, suv takchilligidan 2 dan 7 mlrd gacha odam aziyat chekadi. Suv resurslarining taqsimoti atrofidagi baxslar iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar va xatto urushlarning sababi bo‗lishi mumkin. Xozirgi kunda xalkaro daryo xavzalari soni 261 ta va ularni 145 ta davlat o‗zaro bo‗lishmoqda. Masalan, Nil, Dunay, Tigr, Efrat, Gang, Amudaryo, Sirdaryo va Braxmapudra daryolari qachonlardir barchani etarli xajmlarda suv bilan taminlagan. Ammo aholi o‗sishi va iqtisodiyot rivojlanishi bilan daryolar havzalarining yuqori qismida joylashgan davlatlar tomonidan suv resurslaridan foydalanish rejimlarini o‗zgartirilishi daryolar havzalarining quyi qismi joylashgan hududlarning suv bilan ta‘minlanganlik sharoitini o‗zgartirishi mumkin. Evropa va Afrikada daryo havzalarining ko‗pchiligi ko‗p millatli xisoblanadi. Evropada 150 katta daryo va 50 ta ko‗l ikki va undan ortik davlatlar chegarasini kesib o‗tadi. Garbiy va Markaziy Evropada 100 dan ortiq yer osti transchegaraviy suvlar zahiralari topilgan. 31 % evropaliklar kelajakda kuchayishi kutilayotgan, nafaqat suv istemolchilari hatto davlatlar o‗rtasida xam ziddiyatlar tug‗diruvchi suv taqchilligi muammosiga xozirgi kundanoq duch kelmokdalar. Evropa davlatlari suv resurslarini barqaror boshqarishda xamkorlik va suv resurslaridan okilona foydalanishning muximligini yanada kuchlirok anglamokdalar. Bunga BMT ning transchegaraviy suv okimlari va xalkaro kullardan foydalanish va ularni muhofaza qilish to‗g‗risidagi Evropa iqtisodiy komissiyasi konvensiyasi yordam berdi. So‗nggi 50 yillikdagi jaxon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, daryo xavzasidan birgalikda foydalanishda ziddiyatli vaziyatlar 42 % xolatlarda vujudga kelgan, ammo rasman yuzaga kelgan, urush esa umuman elon kilinmagan. Daryo xavzalarida yuzaga keladigan baxslarning eng tipik ko‗rinishlariga quyidagilar kiradi: - davlatlarning mustakillikka erishishi, boshka suv istemolchilari manfaaatlarini etiborga olmay bir tomonlama suv xo‗jaligi loyixasini amalga oshirish; - boshqa sabablarga ko‗ra davlatlar o‗rtasida dushmanlik munosabatlari. Suvdan birgalikda foydalanish muammolari zaruriy qonuniy asoslarni qabul qilish va muvofiq boshqaruv tuzilmalarini barpo etish yo‗li bilan xal qilinadi (davlatlararo komissiyalar). O‗tgan 50 yil ichida dunyoda kemalar qatnoviga aloqasi bo‗lmagan transchegaraviy akvatoriyadan foydalanish to‗grisida 200 ta shartnoma imzolangan, ammo ularing ko‗pchiligi yana takomillashtirilishi zarur. Suv resurslarini barqaror boshqarish, tozalangan ichimlik suviga etishish imkoniyatlarini kengaytirish, boshlangich sanitar texnik uskunalar va gigienani yaxshilash imkoniyatlarini mukammallashtirish tadbirlari - bir necha mlrd insonlarning turmush darajasini yaxshilash, bolalar o‗limini kamaytirish, onalar sog‗ligini yaxshilash va suv orqali tarqaladigan kasalliklar sonini qisqartirish uchun etarli potensialga ega. Ayollarning suv resurslariga va uning nazoratidagi ishtirokini kengaytirish o‗z navbatida ozik ovkatning xavfsiz manbalariga yo‗lni kengaytiradi va bu narsa ularning o‗zlarining sog‗liklari va oilalarining sog‗liklari uchun foyda keltiradi. Suv ofatlari - qashshoqlik masshtablarini kamaytirish va taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish yo‗lida jiddiy to‗siq bo‗ladi (ularning orasida Ming yillik taraqqiyot maqsadlari). Ayniksa, yerlarning saxroga aylanishi va qurg‗oqchilik muammosi (ESQ) juda dolzarb. So‗nggi ma‘lumotlarga ko‗ra dunyo bo‗yicha 2 mlrd gektar yer maydoni (bu Xitoy hududidan ikki marta katta) jiddiy va qisman butunlay degradatsiyaga yuz tutgan. Dunyo miqyosida ESQ muammosi 1,5 mlrd kishidan ortiq degradatsiyaga uchragan xo‗dudlarda yashayotgan aholiga taalukli bo‗lib, bu narsa qashshoqlikka bog‗liqdir. Suv tanqisligi tufayli yuzaga kelgan ESQ muammosi ozik-ovkat xavfsizligi va rivojlanayotgan davlatlarda ayniksa dolzarb bo‗lgan to‗yib ovqatlanmaslik kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ekotizimlar qurg‗okchilik va suv toshqini kabi ekstremal sharoitlarni o‗z ichiga olgan xolda suv sifati va etarliligi asosini tashkil etadi. Ular barkaror taraqqiyot uchun zarur bo‗lgan qator afzalliklarni taminlaydi. Bu asosiy afzalliklarning ko‗pchiligi bevosita suvdan olinadi va xammasi suvdan resurs sifatida foydalanishda amalga oshiriladi. Ekotizimlardagi shu jumladan, ular ta‘minlab turgan hayotdagi o‗zgarishlar muvozanatning buzilishini ko‗rsatadi. Ta‘kidlash lozimki, ekotizimlar suv resurslarini istemol qilmaydilar ammo uni etkazadilar va regeneratsiya qiladilar. Ekotizimlardan suvni asossiz ravishda olinishi, ularning insonlarni kerakli ekologik xizmatlar bilan taminlash kobiliyatlarini pasaytiradi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling