Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv havzasining gidrotermik rejimi qaysi omillar ta’sirida shakllanadi 6. O‘ta sovugan suv qachon va nima sababdan paydo bo‘ladi
Sinov savollari:
1. Issiqlik va suv balansi qanday tuziladi? 2. Issiqlik koyeffitsenti qanday aniqlanadi? 3. Effektiv nurlanish nima? 4. Issiqlik oqimini qanday hisoblash mumkin? 5. Suv havzasining gidrotermik rejimi qaysi omillar ta’sirida shakllanadi? 6. O‘ta sovugan suv qachon va nima sababdan paydo bo‘ladi? 7. Suv oqimi tezligi muzlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatadimi? 8. Zajor bilan zatorning farqini tushuntiring. 9. Chuchuk va sho‘r suv havzalarida muzlash jarayonining farqi bormi? 1.9. SUV, QOR, MUZ VA TUPROQ YUZASIDAN BUG‘LANISH Ushbu mavzu tabiatdagi quyosh energiyasi ta’sirida vujudga kelayotgan suv aylanish xarakatining bug‘lanish qismining fizik moxiyatini yoritishga qaratilgan, shuningdek har xil yuzalardan bug‘lanishni miqdoriy baxolash usullari qisqacha ta’riflangan. Bug‘lanish-deb moddaning suyuq (suv) yoki qattiq (qor, muz) holatidan bug‘ga o‘tishiga aytiladi. Moddalarning qattiq holatidan suyuq holatiga o‘tmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bug‘ holatiga o‘tish jarayoniga vozgonka deb ataladi. Tuproq va o‘simliklar yuzasidan suvning bug‘lanishiga yalpi bug‘lanish, o‘simliklardan bug‘lanish esa – transpiratsiya deyiladi. Teskari jarayonni-ya’ni bug‘ni suvga aylanishiga- kondensatsiya deyiladi. Suv bug‘i atmosferada kondensatsiyalanib, bulutlarni va so‘ng yog‘in sochinni hosil qiladi. Bug‘lanish va atmosferadagi kondensatsiya jarayoni tufayli suvning aylanma harakati kuzatiladi. Aylanma harakatda ishtirok etuvchi namlikning miqdori 0,577 mln km 3 ga teng va uni bug‘latish uchun sarflanadigan energiya 14*10 2 kjga teng, ya’ni Er shariga keladigan quyosh radiatsiyasining 30 % ini tashkil etadi. Materiklarga yog‘adigan yog‘in miqdori P 0,103 mln km 3 ga teng bo‘lib, bug‘lanish miqdoridan ko‘p (E 0,063 mln km 3 ). Materiklardan bug‘lanib ulgurmagan suv hajmi 0,040 mln km 3 , yoki 266 mmga teng va namlikning bu qismi daryolarning oqimini hosil qilib, dengiz va okeanlarga quyiladi (U 0,040*10 6 km 3 ). Turli yuzalardagi (suv, qor, muz, tuproq) bug‘lanish 16 jarayoni ilmiy va amaliy jixatdan, suv zahiralari bilan bog‘liq bo‘lgan, xalq xo‘jalik masalalarining echishga qaratilganligi uchun ko‘pgina mutaxassisliklarni qiziqtiradi. Bug‘lanish haqidagi ma’lumotlar dengizlar, ko‘llar, suv omborlari, muzliklar, qor va tuproq qatlamlarining suv va issiqlik balanslarini tuzish uchun kerak bo‘ladi. Bug‘lanish nazariyasining rivojlanishda ingliz olim Dj. Dalton (1802 y.) va rossiyalik E.V.Shtelling (1882 y.) ilmiy ishlari asos bo‘ldi. Dalton birinchi bo‘lib bug‘lanish tezligi to‘yingan par bosimi va havodagi parning parsial bosimi bilan bog‘lanishini ifodalovchi miqdoriy qonunini kashf etadi. Bug‘lanishni hisoblash uchun Dalton tomonidan tavsiya etilgan va Shtelling bilan ifodaning takomillashtirilgan strukturasi hozirgi vaqtga qadar o‘zgartirilmagan holda qo‘llaniladi. Suvning bug‘lanishi haqidagi ilmning rivojlanishiga E.V.Oppokov, E.M.Oldekop, V.V. Shuleykin, V.K.Davidov, M.I.Budiko, B.D.Zaykov, M.P.Timofeev, A.R,Konstantinov, T.P.Kuzmin va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling