10- mavzu. Tarmoqlararo balans
Reja:
Tarmoqlararo balans usulining ahamiyati, mazmuni va vazifalari
Tarmoqlararo hisobot balansining statistik modellari
Tarmoqlararo rejali balansining dinamik modellari
Tarmoqlararo balans usulining ahamiyati, mazmuni va vazifalari
Tarmoqlararo balans usuli asosiy iqtisodiyot-matematik usullardan biri bo’lib, alohida korxona darajasida ham, xalq xo’jaligini tarmog’i darajasida ham, butun xalq xo’jaligi darajasida ham mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlashni tahlil qilish, me’yorlash rejalashtirish hamda taxminlashtirish uchun keng qo’llaniladi va katta ahamiyatga ega.
Tarmoqlararo balansning bosh g’oyasi shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida har bir tarmoq, bir tomondan ishlab chiqaruvchi, ikkinchi tomondan esa iste’molchi tarzida qatnashadi.
Tarmoqlararo balans modeli ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro mahsulot yetkazib berish, aossiy ishlab chiqarish fondlarining hajmi va tarmoq strukturasini hamda xalq xo’jaligini mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi va shu kabilar haqidagi yagona axborot tizimidir. Bunday model barcha tarmoqlararo aloqalarni aniq hisobga olish asosida rejaning balans qilingan ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish va ularning mumkin bo’lgan ko’pgina variantlarni ko’rib chiqish muammosini hal qilish imkonini beradi.
Tarmoqlararo balans ijtimoiy ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan butun aloqalar zanjirini aniqlash muammosini yechish imkonini yaratadi. Analitik ahamiyatga ko’ra tarmoqlararo balans hisobot va rejali balanslarga bo’linadi.
Tarmoqlararo hisobot balanslari moddiy ishlab chiqarish va hisobot davrida tarkib topgan tarmoqlararo aloqalarning strukturasini kompleks tahlil qilish, shuningdek rejali tarmoqlararo balanslar uchun dastlabki axborotni tayyorlash uchun ishlab chiqiladi.
Tarmoqlararo rejali balans rejalashtirishning dastlabki va yakuniy bosqichlarida qo’llaniladi. Rejali balansdan xalq xo’jaligini rivojlantirishda moddiy ishlab chiqarishning eng ratsional strukturasini topish muammosini yechish maqsadida foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
O’z navbatida tarmoqlararo balans modellari vaqt omili bo’yicha statistik va dinamik modellarga bo’linadi. Rejalashtirish amaliyotida natura, qiymat va natura-qiymat balanslari ham qo’llaniladi.
Hozirgi paytda respublika, regional va yirik iqtisodiy rayonlar, hududiy ishlab chiqarish majmuilari bo’yicha tarmoqlararo balanslarni tuzish juda aktual masala hisoblanadi.
Tarmoqlararo hisobot balansining statistik modellari
Tarmoqlararo balans modeli asosini ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqsimlash balanslari tashkil etadi. Bu o’rinda shuni ta’kidlash kerakki, jami ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi tarmoqlararo ishlab chiqarishni joriy harajatlariga sarflansa, boshqa bir qismi ishlab chiqarish sferasiga qaytib tushmaydi, biroq iste’molga va jamg’armaga sarflanadi. Busiz esa kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tasavvur etib ham bo’lmaydi.
Aytaylik, jami ijtimoiy mahsulot aniq bir davr-vaqtda (1 yil, 5 yil, chorak, ya’ni bir ishlab chiqarish siklida) xalq xo’jaligining n-ta tarmog’ida ishlab chiqarilsin.
Faraz qilaylik XbX2,....Xn lar 1-chi, 2-chi,....n-chi tarmoqlardagi jami ishlab chiqarilgan mahsulotlarni hajmini bildirsin (natura ko’rinishida). Mos ravishda Xik- orqali i tarmoqning k-chi tarmoqga yuborishi kerak bo’lgan mahsulot miqdorini (hajmini) belgilaymiz.
Shuningdek Ui orqali i- tarmoqning ishlab chiqarish sferasiga kelib tushmaydigan, biroq iste’mol va jamg’armaga ketadigan mahsulot miqdorini belgilaymiz va uni, ya’ni Ui -ni i-chi tarmoqni oxirgi (yakuniy) mahsuloti deb ataymiz.
O’z navbatida yukorida aytilganlardan kelib chiqqan holda ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonini qo’yidagi jadval orqali ifodalash mumkin:
Ishlab
chiqa-
ruvchi
tarmoq
lar
|
Ishlab
chiqa-
rilgan
mahsu
-lot
hajmi
|
Iste’molchi tarmoqlar
|
Oxirgi
mahsu
-lot
|
|
|
1
|
2
|
|
k
|
|
n
|
|
1
|
X1
|
Xn
|
X12
|
|
X1k
|
|
X1n
|
U1
|
2
|
X2
|
X21
|
X22
|
|
X2k
|
|
X2n
|
U2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I
|
Xi
|
Xi1
|
Xi2
|
|
Xik
|
|
Xin
|
Ui
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
n
|
Xn
|
Xn1
|
Xn2
|
|
Xnk
|
|
Xnn
|
Un
|
Ushbu jadvalga xalq xo’jaligini tarmoqlararo balansining modeli yoki iqtisodiy haritasi deb aytish mumkin yoki ushbu tarmoqlararo balans jadvalini matematik tilda qo’yidagi tenglamalar sistemasi ko’rinishida ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |